17. Quyidagi mahsulotlardan qaysi biri ishlab chiqaruvchilarning kartel tuzilmasida ishlab chiqilmagan:
a) neft;
b) banan;
v) qand;
g) bug’doy;
d) kofe.
18. Uzoq muddatli davrda:
a) mukammal raqobat sharoitida firmalar nol iqtisodiy foyda oladilar;
b) bozorga kirishda katta to’siqlar mavjud, faoliyat ko’rsatayotgan firmalar musbat iqtisodiy foyda oladilar;
v) mukammal bo’lmagan bozordagi monopolistlar va oligapolistlar iqtisodiy foyda oladilar;
g) hammasi to’g’ri;
d) birortasi ham to’g’ri emas.
XI BOB. NARXLARNI MUVOFIQLASHTIRISH VA MONOPOLIYaGA QARSHI QONUN
Asosiy tushunchalar
Monopolist narxni chekli xarajatdan yuqori qilib belgilaydi, ya’ni Natijada resurslarning taqsimlanishi samarali bo’lmaydi. Monopol narxning o’rnatilishi jamiyatda yo’qotishlarga olib keladi. Narx qanchalik yuqori bo’lsa, jamiyatning yo’qotishi ham shunchalik ko’p bo’ladi. SHuning uchun ham bozor iqtisodiyoti rivojlangan davlatlarda monopoliyaga qarshi qonunlar ishlab chiqilgan.
Monopol hokimiyatga ega bo’lgan firmalarning narxni belgilash strategiyasining asosini iste’molchi ortiqchaligini egallash orqali qo’shimcha foyda olish usullari tashkil qiladi.
Narxlar diversifikatsiya (narxlarni iste’molchilarning imkoniyatlariga qarab har xil darajalarda belgilash) uch xil bo’lishi mumkin: iste’molchi daromadiga ko’ra, iste’mol hajmiga va tovarlar turiga ko’ra.
Iste’molchilar daromadiga ko’ra narxlarni belgilashning ideal varianti har bir haridorning imkoniyatidan kelib chiqib, u sotib oladigan har bir tovarga maksimal narx belgilashdir. Ushbu maksimal narxni haridorning rezerv narxi deb qaraladi. Har bir haridor uchun rezerv narx belgilashga iste’molchilarning daromadiga ko’ra narxlarni ideal diversifikatsiyayalash deyiladi.
Tovarlar kategoriyasiga qarab ularga narx belgilashni ko’rib chiqishda quyidagi ikkita shart bajarilishi zarurdir.
Birinchi shartga ko’ra ishlab chiqarish hajmidan qat’iy nazar, umumiy hajmdagi tovarni haridorlar guruhlariga shunday taqsimlash kerakki, har bir birlik tovarni sotishdan olinadigan chekli daromad ning qiymati bir xil bo’lsin.
Ikkinchi shart - har bir nav bo’yicha ishlab chiqariladigan mahsulot hajmi foydani maksimallashtiradigan hajmga teng bo’lsin.
Monopoliyaga qarshi qonun firmalarda jamiyat uchun xavfli bo’lgan monopolistik hokimiyatni to’planishini cheklashga qaratilgan. Qaysi firma bozor narxiga ko’proq ta’sir qila olsa, u ko’proq monopolistik hokimiyatga ega bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |