Mikroiqtisodiyot: amaliy mashg`ulot ishlanmasi I


Yerga talab quyidagi funktsiya orqali berilgan


Download 0.61 Mb.
bet112/117
Sana23.11.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1795095
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   117
Bog'liq
Mikroiqtisodiyot amaliy mashg`ulot ishlanmasi I

11. Yerga talab quyidagi funktsiya orqali berilgan:
S=2400-8×R
Bu yerda S-foydalaniladigan yer maydoni; R-renta foizi (bir gektariga ming so’m).
Agar yer hajmi 400 gektar bo’lsa va bank foiz stavkasi 125% va davlat maksimal rentani bir gektariga 200 000 so’m qilib belgilasa, ushbu siyosat natijasida yer egasining sof iqtisodiy yo’qotishi qanchaga teng?
a) 20 mln so’m;
b) 25 mln so’m;
v) 30 mln so’m;
g) 40 mln so’m;
d) To’g’ri javob yo’q.
12.  Agar renta 40 ming so’m, ssudaning bozor foiz stavkasi 8 foiz bo’lsa, yerning narxi qaysi bandda to’g’ri keltirilgan?
a) 800 ming so’m;
b) 900 ming so’m;
v) 700 ming so’m;
g) 500 ming so’m;
d) 600 ming so’m.
13.  Quyidagi fikrlardan qaysi biri to’g’ri keltirilgan?
a) sof investitsiya – yalpi investitsiyadan qoplash uchun sarflanadigan mablag’ni ajratgandan keyingi qolgan qismi;
b) absolyut renta – bu barcha yer egalari tomonidan yerning sifatiga bog’liq bo’lmagan holda olinadigan rentadir;
v) diskontirlash – xarajat va daromadlarni bir xil boshlang’ich vaqtga keltirish hisob-kitoblari;
g) barcha javoblar to’g’ri;
d) to’g’ri javob yo’q.
14.  Siz 2 yildan keyin 10 mln so’m pul olishingiz uchun bankga 10 % li stavkada qancha pul qo’yishingiz kerak?
a) 8.52 mln;
b) 8.44 mln;
v) 8.26 mln;
g) 8.16 mln;
d) to’g’ri javob yo’q.
15.  Nominal foiz stavkasi 50% ni inflyatsiya darajasi 80 % ni tashkil etsa, real foiz stavkasi aniqlansin.
a) 10.2%;
b) 11.0%;
v) 25.4%;
g) 11.8%;
d) 12.9%.
XIV BOB. UMUMIY MUVOZANATLIK
Asosiy tushunchalar
Qisman muvozanatlik - bu alohida bitta tovar bozorida shakllanadigan muvozanatlik.
Umumiy muvozanat - bu barcha bozorlarning o’zaro ta’siri natijasida shakllanadigan muvozanatlik bo’lib, biror bozordagi talab va taklifning o’zgarishi boshqa bozorlardagi muvozanatlikka va mahsulot sotish hajmiga ta’sir qiladi.
Biror bozordagi qisman muvozanatlikning o’zgarishi boshqa bozorlardagi holatni o’zgartirsa va bu o’zgarish qaytib birinchi o’zgargan bozordagi holatga ta’sir qilsa, bunday ta’sirga teskari aloqa samarasi deyiladi.
Umumiy muvozanatlikda biror bozordagi taklifning kamayishiga mos holda narxning oshishi to’ldiruvchi tovar bozorida talabni kamayishiga, o’rnini bosuvchi tovar bozorida esa talabni o’sishiga olib keladi.
SHartnomalar chizig’i – 2 iste’molchi o’rtasida ikkita ne’matning samarali taqsimlanish variantlarini ifodalovchi chiziq.
Pareto optimum (Pareto samaradorlik) – ne’matlarni shunday taqsimlanishiki bunda biror kishining turmush farovonligini pasaytirmasdan boshqa kishining turmush farovonligini oshirib bo’lmaydi.
Ishlab chiqarish shartnomalari chizig’i – resurslarni Pareto samarali joylashtirish chizig’i bo’lib, bunda quyidagi shart bajariladi:
A – tovar; V – tovar; L – mehnat; K – kapital.
Kapitalni mehnat bilan chekli texnologik almashtirish normasi ikkala ishlab chiqariladigan A va V tovarlar uchun bir xil bo’lib, ular mehnat narxini kapital narxi nisbatiga teng.
Koldora-Xiks mezoni – turmush farovonligi mezoni bo’lib, unga ko’ra yutganlar o’z yutug’ini boy berganlarning yo’qotishidan yuqori deb narxlasa.
Kvazioptimum – Pareto-samarali hajmida tovar ishlab chiqarish mumkin bo’lmaganda ishlab chiqarish mumkin bo’lgan variantlardan eng yaxshisini tanlash (optimalga yaqin).

1. Ishlab chiqarishda umumiy muvozanatlilik modelini qaraymiz. Ikkita firma mehnatdan L va kapitaldan K foydalanadi. Ular A va B tovarlarni ishlab chiqaradi. Birinchi firmaning ishlab chiqarish funktsiyasi SA=LA×KA. Ikkinchi firmaning ishlab chiqarish funktsiyasi SB=LB×KB. Resurslarning umumiy miqdori quyidagicha LUmum=20; KUmum=40


1) Edjuort qutisidagi Pareto-optimal nuqtalar to’plami topilsin;
2) Ishlab chiqarish imkoniyatlari chizig’i tenglamasi yaratilsin.
Echimi:
1) Pareto-optimal echimi nuqtalari shartnoma chizig’ini beradi. SHunda quyidagi shart bajarilishi kerak MRTSA=MRTSB. Demak, yoki SA=2 LA bu shartnoma chizig’i.
2) Pareto-optimal echimlar uchun yozish mumkin:
Bularni ishlab chiqarish funktsiyasiga qo’yamiz:
bundan,
;
Javob: Jami bo’lib 20 birlik mehnat buni (2) ga qo’yib ishlab chiqarish imkoniyatlari chizig’ini aniqlaymiz: yoki
Mustaqil ishlash uchun masala va topshiriqlar
1. Ishlab chiqarishda umumiy muvozanatlilik modelini qaraymiz. Ikkita firma mehnatdan L va kapitaldan K foydalanadi. Ular A va B tovarlarni ishlab chiqaradilar. Birinchi firmaning ishlab chiqarish funktsiyasi SA=LA×KA. Ikkinchi firmaning ishlab chiqarish funktsiyasi SB=LB×KB. Resurslarning umumiy miqdori quyidagicha: LUmum=20; KUmum=50.
Aniqlansin:
1) Edjuort qutisidagi Pareto-optimal nuqtalar to’plami;
2) Ishlab chiqarish imkoniyatlari chizig’i formulasi.
2. Soch bo’yog’iga bo’lgan bozor talabi funktsiyasi SDB=500/(2PSH+PB) ko’rinishida, bu yerda PB, PSH – soch bo’yog’i va shampun narxlari.
Soch bo’yog’iga taklif funktsiyasi esa SSB=4PB ko’rinishida. Bizga ma’lumki shampunga talab va taklif funktsiyalari quyidagicha: SDSH= 100-9PSH    va SSSH=11P+40.
a) bozorning muvozanat parametrlari aniqlansin.
b) agar shampun taklifi 20 birlikka oshsa, bozorning muvozanat parametrlari qanday o’zgaradi?
3. A va B iste’molchining naflik funktsiyalari quyidagicha berilgan: UA(XA,Ya)=XA2×Ya va UB(XB,YB)=XB2×YB bu yerda X, Y – tovarlar soni. Ikkalasi birgalikda X tovardan 40 birlik Y tovardan 60 birlikdan olishi mumkin. SHartnoma egri chizig’i chizilsin.
4. Robinson va Jumavoyning umumiy naflik funktsiya lri quyidagicha berilgan: UR(F,C)=F×C va UJ(F,C)=F+lnC bu yerda F,C – baliq va kokoslar hajmi. Jami 10 ta baliq va 10 ta kokos majud bo’lsa, shartnoma egri chizig’i aks ettirilsin.
5. Quyidagi jadvalda shaxslarning qandaydir x tovarni is’temol qilishlari natijasida olishlari mumkin bo’lgan naflik funktsiyalari keltirilgan:



SHaxslar

Naflik funktsiyalari

1

Qo’chqorov J.

U=2x+5

2

Qalandarov Q.

U=x2

3

Boltayev U.

U=x0.5

4

Zoyirov O.

U=x2+x

5

Ro’ziyev H.

U=0.5x

Jadval ma’lumotlaridan foydalanib umumiy ijtimoiy farovonlik topilsin.

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling