5. Monopolist mahsulotiga talab funktsiyasi SD=3000-3P ko’rinishida berilgan. Bu yerda S-yillik ishlab chiqarish hajmi, ming tonna, P-1 tonna mahsulot narxi, dollarda. Atrof muhitni ifloslanishi uchun to’lanadigan xarajatlardan tashqari umumiy xarajat TC=S2-20S+30000 ming dollar bo’lsa:
a) atrof muhit uchun xarajatlar hisobga olinmagan holda, monopolistning maksimal foydasi aniqlansin.
b) atrof muhitni ifloslanishi uchun to’lov 0.4S2 ko’rinishida bo’lsa, maksimal foyda hajmi qanday o’zgaradi?
v) atrof muhitni ifloslanishi uchun to’lov KS2 ko’rinishida bo’lsa, K ning qanday qiymatlarida monopolist zarar bilan ishlaydi?
6. B tovarga bo’lgan talab mazkur formula ko’rinishida berilgan:
SD=600-20P
taklif hajmi esa,
SS=25P-300
Bu yerda S-yillik mahsulot hajmi, ming donada, P-narx ming so’mda. B tovarni sotish, harid qilish, ishlab chiqarish va undan foydalanishda ishtirok etmagan uchinchi shaxsning xarajatlari bir birlik tovar uchun 10 pul birlikni tashkil etadi.
a) B tovarga bo’lgan muvozanat narx va muvozanat hajm aniqlansin.
b) aytaylik ishlab chiqaruvchilar tomonidan uchinchi shaxslarga zarar 4.5 pul birligi hisobida qoplab berildi. SHundan keyingi B tovarga bo’lgan yangi muvozanat narx va yangi muvozanat hajm topilsin.
7. Kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqaradigan zavodning musbat tashqi samarasi funktsiyasi atrof muhitni ifloslantirish uchun to’lovlardan tashqari TSB=200S-5S2 ko’rinishga ega. Atrof muhit uchun va boshqa bir qancha xarajatlar TPC=20S+S2 ga teng. Zavodning tabiat va jamiyatga keltiradigan yalpi zarari funktsiyasi TEC=10S+1.5S2 ko’rinishida berilgan bo’lsa:
a) narx va mahsulot hajmi topilsin;
b) manfiy tashqi samaradan yalpi yo’qotish topilsin;
v) bir birlik mahsulotga muvozanatlashtiruvchi soliq stavkasi aniqlansin.
Do'stlaringiz bilan baham: |