20. Bozordagi taklif funktsiyasi A tovar uchun SS=4P-2000 ga teng. Avval bu bozordagi talab hajmi S=19000-2P ko’rinishida edi. So’ngra esa reklama tufayli 11000-2P ga ortdi. Bozorning oldingi va hozirgi muvozanat parametrlarini toping.
Testlar
1. Bozor talabiga quyidagi omillardan qaysi biri ta’sir etmaydi?
a) istemolchilarning daromadi;
b) o’rnini to’ldiruvchi tovarlar narxi;
v) to’ldiruvchi tovarlar narxi;
g) istemolchilar soni;
d) sotuvchilar soni.
2. Qaysi omil talab egri chizig’iga tasir etmaydi?
a) istemolchilar didi va afzal ko’rishi;
b) milliy daromadning hajmi yoki qayta taqsimlanishi;
v) tovarlar narxi;
g) istemolchilar soni va yoshi;
d) tovarlar sifati.
3. Agar bozor narxi muvozanat narxdan past bo’lsa:
a) ortiqcha taklif paydo bo’ladi;
b) defitsit paydo bo’ladi;
v) istemolchilar bozori paydo bo’ladi;
g) resurslar narxi kamayadi;
d) sotuvchilar kamayadi.
4. Olmaga bo’lgan talab chizig’ining chap tomonga siljishiga quyidagilar sabab bo’ladi:
a) nok narxini kamayishi;
b) olma narxini kamayishi;
v) olma narxini ko’tarilishi;
g) olmani yetishtirish xarajatlarini ortishi;
d) to’g’ri javob keltirilmagan.
5. CHayqovchilar faoliyati:
a) qonuniy tadbirkorlik xatarini kuchaytiradi;
b) narxlar barqarorligini kuchaytiradi;
v) iqtisodiy noqulayliklar paydo qiladi;
g) doimo foyda keltiradi;
d) hammasi to’g’ri.
6. Talab va taklif qonuniga muvofiq, talabning ko’payishi:
a) muvozanat narxni ham, muvozanat miqdorni ham kamaytiradi;
b) muvozanat narxni oshiradi, muvozanat miqdorni esa kamaytiradi;
v) muvozanat narxni kamaytiradi;
g) hammasi to’g’ri;
d) to’g’ri javob keltirilmagan.
7. Tovarning muvozanat narxi bu-
a) ortiqcha talabni paydo qiladigan narxdan yuqori narx;
b) ortiqcha talab ham, ortiqcha taklif ham bo’lmaydigan narx;
v) ortiqcha taklifni paydo qiladigan narxdan yuqori narx;
g) hammasi to’g’ri;
d) to’g’ri javob keltirilmagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |