Mikroiqtisodiyot: amaliy mashg`ulot ishlanmasi I
Bozor iqtisodiyotining soddalashtirilgan modeli
Download 0.61 Mb.
|
Mikroiqtisodiyot amaliy mashg`ulot ishlanmasi I
- Bu sahifa navigatsiya:
- TC(A)=200+4×S+0.125S 2
Bozor iqtisodiyotining soddalashtirilgan modeli.
Jamiyatning iqtisodiy sub’ektlari (uy xo’jaliklari, firmalar, davlat korxonalari) resurs egalari (er, mehnat, foydali qazilmalar, investitsion kapital) sifatida harakatlanadilar. Resurslar bozori orqali ular firmalar uchun ishlab chiqarish vositalarini yetkazib beradilar. Resurslar bozorida ishlab chiqaruvchilar talab qiluvchilar bo’lib, sotib olgan ishlab chiqarish resurslari uchun haq to’lashadilar. Ushbu to’lovlar firmalar uchun xarajatlar tarkibini tashkil etsa, taklif qiluvchilar uchun esa ish haqi, renta, foiz, dividend va boshqa turdagi daromadlar bo’lib hisoblanadi. Ishlab chiqaruvchilar tomonidan harid qilingan resurslar o’z navbatida tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish uchun xizmat qiladi. Ularning say harakatlari evaziga yaratilgan mahsulotlar tovar va xizmatlar bozorida taklif etiladi va talab qiluvchilar sifatida iste’molchilar namoyon bo’ladi. Tovar va xizmatlarni sotib olish uchun qilingan sarf xarajatlar ishlab chiqaruvchilarning daromadiga aylanadi. ---chizmadan ko’rinib turibdiki, bozor tizimining tayanchi bo’lib ishlab chiqaruvchilarning sotish va sotib olish to’g’risida mustaqil qaror qabul qilishlari, bozorni erkin tanlashlari va shaxsiy manfaatlarini ko’zlagan holda boshqalarga, ya’ni Jamiyatga foyda keltirayotganliklari bozor tizimining afzalliklaridan hisoblanadi. Ammo bozor mexanizmi –Jamiyatning iqtisodiy masalalarini echishning va boshqarishning yagona usuli emas. 1. Raqobatlashgan bozorda 270 ta firma faoliyat ko’rsatmoqda. Ular 2 guruhga mansub: 1- guruh, ya’ni A guruhda 150 ta firma bo’lib, har birining umumiy xarajatlar funktsiyasi quyidagicha berilgan: TC(A)=200+4×S+0.125S2 2-guruh, ya’ni B guruhdagilar 120 ta bo’lib, har bir firmaning umumiy xarajatlari funktsiyasi esa: TC(B)=400+S+0.25×S2 a) Umumiy taklif funktsiya sini toping. b) Agar bozor talabi SD=1860-60×P bo’lsa, bozorning muvozanat parametrlari aniqlansin. v) A guruhdagi va B guruhdagi firmalarning har biri bozorga qancha mahsulot taklif etadi? Echimi: a)Umumiy taklif funktsiyasini SS deb belgilab olamiz: SS=150×SA(P)+120×SB(P) bo’ladi. (1) Raqobatlashgan bozorning muvozanat holati shartiga ko’ra P=MC ta’minlanishi kerak. A guruh firmalari uchun MCA ni topish uchun TC(A) dan hosila olamiz: MCA=4+0.25SA=P bo’ladi. (2) Xuddi shunday MCB ni aniqlasak MCB=1+0.5SB=P bo’ladi. (3) (2)va (3) lardan SA va SB ni topamiz: SA=4P-16 vaSB=2P-2 (4) Endi (4) ni (1) ga keltirib qo’ysak, SS =150×(4P-16)+120×(2P- 2)=840P-2640 bo’ladi. b) bozorning muvozanat parametrlarini topish uchun talab va taklif funktsiyalarini tenglashtiramiz: 840P-2640=1860-60P 900P=4500 P=5 Bundan SS=SD=840×5-2640=1560 ga teng. c) A guruh firmalarining har biri SA=4P-16=20-16=4 B guruh firmalarining har biri SB=2P-2=8 Javob: a) bozorning umumiy taklif funktsiyasi SS=840P-2640 b) muvozanat narx 5 birlik, muvozanat hajm esa 1560 birlikka teng. c) A guruhdagi har bir firma 4 birlik, B guruhdagi har bir firma 8 birlik mahsulot ishlab chiqaradi. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling