4. Sof monopoliya va raqobatlashgan bozorning o’xshash jihatlarini ko’rsating:
a)har xil tovarlarni ishlab chiqarishadi;
b) bozorda haridorlar ko’pchilikni tashkil etadi;
v) har qaysi firma gorizontal talabga duch kelishadi;
g)bir xil turdagi tovarlarni ishlab chiqarishadi;
d) to’g’ri javob yo’q.
5. Qaysi bozorda chekli daromad bozor narxiga teng bo’ladi?
a)raqobatlashgan monopoliyada;
b) sof monopoliyada;
v) oligopoliyada;
g)raqobatlashgan bozorda;
d) to’g’ri javob yo’q.
6. Oligopoliya nazariyasini yaratgan birinchi iqtisodchi olimni ko’rsating:
a)Edvard CHemberlin;
b) Ogyusten Kurno;
v) Djon Robinson;
g)Karl Marks;
d) to’g’ri javob yo’q.
7. Oligopoliya bu:
a) bir xil turdagi mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi katta hajmdagi raqobatlashuvchi firmalar yig’indisidir;
b) unchalik ko’p bo’lmagan raqobatlashuvchi firmalardir;
v) faqat bitta yirik firma;
g) faqat bitta yirik haridordir;
d) to’g’ri javob yo’q.
8. Monopolistning umumiy xarajatlar funktsiyasi: TC=100+3S, bu yerda, S – bir oyda ishlab chiqarilayotgan mahsulot hajmi; monopolist ishlab chiqarayotgan mahsulotiga bo’lgan talab: P=200-S, bu yerda, P-mahsulotning narxi. Agar monopolist oyida 20 birlik mahsulot ishlab chiqaradigan bo’lsa, umumiy daromad miqdorini aniqlang.
a) 4000 dollar;
b) 3600 dollar;
v) 400 dollar;
g) 180 dollar;
d) to’g’ri javob yo’q.
9. Foydani maksimallashtirishga harakat qilayotgan monopolist o’z mahsulotining narxini pasaytiradi, agar:
a) o’rtacha xarajatlar tushib borsa;
b) reklama xarajatlari ko’payib ketsa;
v) chekli daromad chekli xarajatdan katta bo’lsa;
g) chekli daromad chekli xarajatga teng bo’lsa;.
d) to’g’ri javob yo’q.
10. Qaysi hollarda monopolist foydani maksimallashtirishga erishishi mumkin?
a) chekli xarajatlar mahsulotning narxiga teng bo’lganda;
b) chekli xarajat umumiy xarajatga teng bo’lganda;
v) chekli daromad chekli xarajatga teng bo’lganda;
g) chekli daromad umumiy xarajatga teng bo’lganda;
d) to’g’ri javob yo’q.
Do'stlaringiz bilan baham: |