Mikroiqtisodiyot fanining predmeti, maqsadi va vazifalari mavzu: mikroiqtisodiyot fanining predmeti, maqsadi va vazifalari
Normativ va pozitiv mikroiqtisodiyot
Download 39.34 Kb.
|
Odilov mikroiqtisodiyot
1.2. Normativ va pozitiv mikroiqtisodiyot
Mikroiqtisodiyot fani firma va uy xo‘jaliklarining qarorlarini va ularning maxsus bozorlardagi o‘zaro aloqalarini, firma va uy xo‘jaliklarining iqtisodiy qaror qabul qilishi va ularning bozordagi o‘zaro aloqalarini, raqobat va ishchilar daromadi qanchalik ularning hatti-harakatlariga ta’sir qilishini ham o‘rganadi. Mikroiqtisodiyot fani makroiqtisodiyot bilan juda ham bog‘liqdir, chunki, butun dunyoda sodir bo‘layotgan iqtisodiy o‘zgarishlar o‘sha alohida individual sub’ektlarning iqtisodiy munosabatlari mahsulidir. Makroiqtisodiy o‘sishni mikrodarajadagi munosabatlarning uyg‘unlashuvisiz tasavvur qilish qiyin. Misol qilib olsak, makroiqtisodiyotchilar davlat miqyosida tovar va xizmatlardan olinadigan daromad solig‘ining ta’sirini o‘rganishlari uchun, ular har bir xo‘jalik yurituvchilarning tovar va xizmatlarni ayirboshlashga bo‘lgan salohiyatini bilishlari zarurdir. Mikroiqtisodiyot va makroiqtisodiyot bir biriga aloqador bo‘lib o‘xshab ketsa-da, ammo ikkisi alohida fandir. Chunki, ikkisi turli savollarga javob bo‘ladi, har bir fanning alohida usullari mavjud bo‘lib, ikkovi ham alohida fan sifatida bir biridan ajralgan holda o‘rganiladi. Mikroiqtisodiyot ayrim subyektlar faoliyati bilan bog‘liq. Bular jumlasiga iste’molchilar, ishchilar, kapital, yer egalari, firmalar, ya’ni aslida iqtisodiyot amal qilishida muhim o‘rin tutuvchi individ yoki xo‘jalik sub’ektlari kiradi. Mikroiqtisodiyot iqtisodiyotning quyi bosqichda qanday qilib va nima sababdan xatti-harakat amalga oshirilishini tushuntirib beradi. Masalan, iste’molchi nima uchun tovar sotib olishga jazm qildi; narx va daromad o‘zgarishi tovar tanlashga qanday ta’sir etdi; firma ishchilari sonini qanday rejalashtiradi, ular qayerda, qancha ishlashi lozimligini aniqlaydi, shu kabilarni mikroiqtisodiyot tushuntirib beradi. Mikroiqtisodiyotning yana boshqa bir muhim jihati tarmoqlarda, masalan, sanoat tarmoqlarida bozorlardan tashkil topgan eng yirik tuzilmalar hosil bo‘lishida iqtisodiyot subyektlarining o‘zaro munosabatlarini o‘rganishdir. Mikroiqtisodiyot shu narsani, masalan, amerika avtomobil sanoatining tarixiy rivojlanish mantiqini, avtomobil bozorida ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar qanday o‘zaro munosabatga kirishishlarini anglab olishga yordam beradi. Bu fan avtomobillarga narx qanday belgilanishini, avtomobil kompaniyalar yangi zavodlar qurilishiga qanday mablag‘larni investitsiya qilishlarini, yiliga qancha avtomobil ishlab chiqarilishini tushuntirib beradi. Mikroiqtisodiyot ayrim firmalar va iste’molchilar faoliyatini o‘rgangan holda sanoat tarmoqlari va bozorlar qanday faoliyat ko‘rsatishini, bularning faoliyatiga boshqa mamlakatlardagi iqtisodiy sharoit va hukumat siyosati qay yo‘sinda ta’sir etishini ochib beradi. Mikroiqtisodiy nazariyaning ikki ko‘rinishi o‘zaro farqlanadi: a) pozitiv mikroiqtisodiyot; b) normativ mikroiqtisodiyot. Pozitiv mikroiqtisodiyot real iqtisodiy hodisalarni va ularning aloqadorliklarini o‘rganadi. Pozitiv tahlil iqtisodiyotdagi hodisalarni tushuntirishni bildirsa, normativ tahlil bular qanday bo‘lishi kerak, degan savolga javob beradi. AQSH hukumati avtomobillar importiga kvota belgilaydi, deylik. Bunda mamlakatda chiqariladigan avtomobillarning narxi, ularning miqdori va sotilishida nima o‘zgaradi? Bu avtomobillardan foydalanuvchilar va avtomobil sanoatida ishlovchilarga qanday ta’sir etadi, degan savollar paydo bo‘ladi. Bu savollar pozitiv tahlil doirasiga kiradi. Mikroiqtisodiyotda pozitiv tahlil markaziy o‘rin egallaydi. Benzinga yangi hukumat darajasida soliq belgilash ko‘rib chiqilyapti, deb faraz qilaylik. Yangi soliq kiritilishi bilan benzin narxi o‘zgaradi, bu benzinni kam sarflaydigan avtomashinalarga bo‘lgan talabni, shuningdek bu mashinalardan kundalik hayotda foydalanilishi va boshqa narsalarni o‘zgartirib yuboradi. O‘z faoliyatini oqilona rejalashtirish uchun neft va avtomobilsozlik kompaniyalari davlat soliq siyosatining turli oqibatlari qanday bo‘lishini aniqlashlari kerak bo‘ladi. Bu ishni avtomobil uchun ehtiyot qismlar ishlab chiqaruvchilar, sayohat bilan shug‘ullanuvchi firmalar ham bajarishi kerak. Avtomobil kompaniyalari soliqning qabul qilingandan keyingi maksimal foydani, katta va kichik litrajli avtomobillar ishlab chiqarish hajmini aniqlashni, tejamli avtomobillarni ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan kapital qo‘yilmalar miqdorini belgilashni xohlaydilar. Normativ mikroiqtisodiyot esa qaysi sharoitlar yoki jihatlar maqbul yoki nomaqbul ekanligini belgilaydi, harakatning aniq yo‘nalishlarini taklif etadi. Normativ tahlil faqat iqtisodiy siyosatning sifatli tanloviga daxldor emas. U siyosatning aniq talqinlarini ishlab chiqishni ham qamrab oladi. Benzin solig‘i maqbul degan qarorga kelingach, uning miqdori haqidagi masala yuzaga keladi. Biz xarajatlar va daromadlar muvozanatini hisobga olib benzinga solinadigan soliq optimal miqdori qanday bo‘ladi, degan savolni beramiz. Normativ taxlil ko‘pincha baho berish xususidagi mulohazalar bilan to‘ldiriladi. Masalan, benzinga soliqni import qilinadigan neft uchun qo‘yilgan boj bilan taqqoslab shunday xulosaga kelish mumkin, garchi neft solig‘ini boshqarish yengil bo‘lsa-da, bu kam daromadli iste’molchilarga ancha ko‘proq ta’sir o‘tkazishi mumkin. Bunday vaqtda jamiyat ijtimoiy adolatni iqtisodiy samaradorlik bilan qiyoslab ko‘rishi zarur bo‘ladi. Baho berish xususidagi mulohazalar qo‘llanilgan paytda mikroiqtisodiy siyosatning eng yaxshi yo‘li nimadan iborat, degan savolga javob berishga qodir bo‘lmaydi. Ammo mikroiqtisodiyot omillarning o‘zaro ta’sirini ko‘rsata biladi va bu bilan bahsli munozara oydinlashishiga yordam beradi. Download 39.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling