Mikroiqtisodiyot makroiqtisodiyot
Respublika aholisining tabiiy harakatlanishi
Download 151.5 Kb.
|
Sheraliyev Bahtiyorjon Makroiqtisodiyoti (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- . Ishchi kuchi migratsiyasi
- Tasodifiy migratsiya
- Ishchi kuchi migratsiyasining ijtimoiy vazifasi
Respublika aholisining tabiiy harakatlanishi
Respublikada ishchi kuchi resurslarining ortacha yillik soni 2008 yilda 16,3 mln kishini tashkil qilgan, bu mamlakat aholisining 59,1 foiziga tengdir. Iqtisodiyotda band bolgan ishchi kuchi ortacha yillik soni 11.0 mln kishidan ortiq bolib, jami ishchi kuchi resurslari tarkibida 67,5 foizni tashkil qiladi. Aholining tabiiy harakatlanish, uni takror ishlab chiqarish xususiyati kupgina holatlar bilan mamlakatning industrial taraqqiyoti va urbanizatsiya darajasi, ijtimoiy shart-sharoitlar madaniyat va maishiy turmush ananalari, aniq tarixiy omillar bilan belgilanadi. Ular jumlasi demografiya omilini hisobga olgan holda uy-joy sharoitlarini yaxshilash, bolalarga nafaqalar berish, ularni bolalar muassasalari bilan taminlash, homiladorlik va bola tugilgandan keyingi tatillarni uzaytirish, oilani mustahkamlash, shuningdek, jamoada manaviy muhitni yaxshilash kiradi. Mamlakatdagi ishchi kuchi resurslari miqdoriga tabiiy osishdan tashqari ishchi kuchi migratsiyasi ham tasir qiladi. Ishchi kuchi migratsiyasi murakkab jarayon bolib, turli omillar tasir ostida (masalan, ish haqi darajasidagi ozgarishlar, ishsizlik va h.k) ishchi kuchining bir hududidan boshqa bir hududga kochib otishini bildiradi. Migratsiya ikki darajada, yani mamlakat ichida va xalqaro darajada roy bergan migratsiya ichki migratsiya deb ataladi, u quyidagi shakllarda bolishi mumkin: Tugal migratsiya - aholinig doimiy yashash joyini ozgartirish bilan bogliq migratsiya; Tebranuvchi migratsiya ishchi kuchining bir hududdan boshqa hududga muntazam davriy ravishda qaynab ishlashi bilan bogliq migratsiya; Mavsumiy migratsiya mavsumiy ish faoliyati bilan bogliq migratsiya; Tasodifiy migratsiya ishchi kuchining bazi hollarda boshqa hududlarga birib kelishi bilan bogliq migratsiya. Ishchi kuchi migratsiyasi shunchaki roy-bermay, uning negizada malum ijtimoiy-iqtisodiy vazifasi sifatida mamlakat boylab mehnat resurslari samarali ishchi kuchiga bolgan talab va taklif nisbatini muvofiqlashtirish hisoblanadi. Bu vazifaning amalga oshishi natijasida ishchi kuchidan foydalanish samaradorligi oshadi. Ishchi kuchi migratsiyasining ijtimoiy vazifasi - aholi turmush darajasini oshirish, inson omilining ijtimoiy hayotdagi roli va maqeini yanada yuksaltirishdan iborat. Aholini ish bilan tola band bolishni mutloq manoda tushunmalik ham kerak. Birinchidan, ishsizlikning malum darajasi iqtisodiyot uchun meyordagi hol xisoblanadi. Ikkinchidan, ish bilan tola band bolish mehnatga layotqatli barcha kishilar albatta umumlashgan (davlat va jamoa korxonalarida ) ishlab chiqarishag jalb etilishi zarurligini anglatmadi. Ularning bir qismi ozini oilada xizmat korsatishga, bolalar tarbiyasiga, shuningdek, xususiy korxonalar va shaxsiy yordamga xojalikda mehnat qilishag, yakka tartibdagi mehnat faoliyati bilan shugullanishning ajratadilar. Uchunchidan, ish bilan tula band bolish uning samaradorligi bilan, mehnat resurslaridan goyat oqilona foydalanish bilan kuchib olib borishlari maqsadga muvofiq boladi. Makroiqtisodiy nobarqarorlikni yuzaga kelish sabablaridan biri bu ishsizlik hisoblanadi. Ishsizlik bu mehnatga yaroqli aholini ish bilan band bolmaslik holatini aks ettiruvchi jarayon bolib, uning friktsion, strukturaviy, davriy korinishlari mavjud. Friktsion ishsizlik bu ihtiyoriy ishsizlik bolib, bir ishdan boshqa ishga otish, yashash joyini ozgartirish va boshqa shu kabi holatlar bilan bogliq. Ishsizlikning bu turi doimiydir. Strukturaviy ishsizlik majburiy ishsizlik turi bolib, ishlab chiqarish jarayonida kasbiy mahoratning mos kelmasligiga va boshqa shu kabi sabablarga kora ishchilarni qisqartirish hisobiga yuzaga keladi. Bu ishsizlik turi ham doimiydir. Friktsion va strukturaviy ishsizlik darajalari birgalikda ishsizlikning tabiiy darajasini ifodalaydi. Ishsizlikning tabiiy darajasi bu shunday holatki, unda ishsizlar soni bilan bosh ishchi orinlari bir-biriga mos keladi. Ishsizlikning toliq yoki tabiiy darajasi ishchi kuchi bozori muvozanatiga erishganda, yani ish izlovchilar soni bosh ish orinlari soniga teng bolganda vujudga keladi. Ishsizlikning tabiiy darajasi kandaydir darajada iqtisodiy jihatdan maqbul hisoblanadi. Chunki «friktsion» ishsizlarga mos keluvchi ish orinlarini topish, «tarkibiy» ishsizlarga ham yangi kasbni ozlashtirish yoki yangi yashash joyida ish topish uchun malum vaqt kerak boladi. «Ishsizlikning tabiiy darajasi» tushunchasi malum bir aniqliklar kiritishni talab qiladi. Birinchidan, bu tushuncha iqtisodiyot har doim ishsizlikni tabiiy darajasida amal qilishi va shu orqali ozining ishlab chiqarish imkoniyatini royobga chiqarishini bildirmaydi. Chunki, kopincha ishsizlik darajasi tabiiy darajadan ortiq, ayrim hollarda undan past ham bolishi mumkin. (Ish vaqtidan ortiqcha ishlash va orindoshlik ishlarida band bolish natijasida). Ikkinchidan, ishsizlikning tabiiy darajasi oz - ozicha doimiy miqdor hisoblanishi shart emas, u tartibdagi ozgarishlar (qonunlar va jamiyat urf - odatlaridagi ozgarishlar) oqibatida ozgarib turishi mumkin. Masalan, 60 - yillarda friktsion va tarkibiy ishsizlarning muqarrar darajasi ishchi kuchining 4% ni tashkil qildi deb hisoblangan. Boshqacha aytganda, ishchi kuchining 96% band bolganda toliq bandlilikga erishilishi tan olingan. Hozirgi davrda iqtisodchilar ishsizlikning tabiiy darajasi taxminan 5 - 6% ga teng deb hisoblaydilar. Davriy ishsizlik bu iqtisodiyotda pasayish bolayotgan davrda mavjud bolib, bunda ishchi kuchiga talab bolsada, ishlab chiqaruvchilar ularni ishga qabul qila olmaydilar va buning natijasida yaratilishi mumkin bolgan malum bir mahsulotdan voz kechiladi. Barcha ishsizlik korinishlarining darajalari birgalikda ishsizlikning haqiqiy darajasini ifodalaydi. Ishsizlik darajasi ishsizlarning ishchi kuchi tarkibidagi foizi sifatida hisoblanadi. Ishsizlar soni Ishsizlik darajasi = Ishchi kuchi Ishchi kuchiga ishlay oladigan va ishlashni hohlagan barcha kishilar kiradi. Ishchi kuchi - ishlovchilar va faol ish izlovchilardan iborat boladi. Boshqacha aytganda, band bolganlar va ishsizlar ishchi kuchini tashkil qiladi. Ishsizlarga ish bilan band bolmagan va faol ish izlayotgan hamda bu haqida tegishli xizmat muassasalariga (mehnat birjalariga) murojaat qilgan kishilar kiradi. Mehnat qilishga layoqatli bolib, ishlashni hohlamagan va ish izlashga harakat qilmaganlar ishsizlar tarkibiga kirmaydi. Ishsizlik darajasining oshishi natijasida iqtisodiyot potentsial YaIM hajmini ololmaydi. Shu sababli mamlakat miqyosida ishsizlikni uning tabiiy darajasida saqlash va tartibga solish iqtisodiy jihatdan katta ahamiyatga ega. Ishsizlikning haqiqiy darajasi uning tabiiy darajasidan qanchalik yuqori bolsa, YaIM uzilishi shuncha kop boladi. Shuning uchun ham potentsial hajmdagi YaIM haqiqiy YaIM dan katta boladi. Ishsizlik darajasi va YaIM uzilishi ortasidagi miqdoriy nisbatni ingliz iqtisodchisi Artur Ouken matematik holda isbotlab bergan. Shuning uchun bu qonun, Ouken qonuni deyiladi. Qonunning mohiyati shundan iboratki, agar haqiqiy ishsizlik darajasi ishsizlikning tabiiy darajasidan bir foizga oshib ketsa, milliy iqtisodiyot YaIMni ikki yarim foizga kam yaratadi. Ushbu nisbat ishsizlikning turli darajalaridagi mahsulot yo’qotishlari hajmini aniqlash imkonini beradi. Hozirgi kunda β koeffitsisnti deb atalgan bu koeffitsient miqdori 2,5 foizdan 3,5 foiz oraligida deb hisoblanadi. Ouken qonunini formulada quyidagicha tasvirlash mumkin: U U* = - 2.5 3 (U U*) U* Bu erda U real YaIM , U*- potentsial YaIM, U ishsizlikning haqiqiy darajasi, U* - ishsizlikning potentsial darajasi, -2,5 -3 koeffitsient Bozor munosabatlariga otish davrida davlatning ijtimoiy siyosati faqat odamlarning manfaatlarini ishonchli ravishda himoya qilishdangina iborat bolmasdan, balki mehnatga yaroqli aholining ish bilan bandligini taminlashni ham oz ichiga oladi. Ayniqsa, aholining osishi yuqori suratlar bilan borayotgan va oziga xos aholi tarkibiga ega bolgan bizning Respublikada ish bilan bandlik masalasi eng muhim muammolardan biri hisoblanadi. Bandlik darajasi quyidagicha aniqlanadi : 16 va undan katta yoshdagi band aholi soni Bandlik darajasi = 16 va undan katta yoshdagi aholi soni Aholining ish bilan bandligi muammosi kop qirrali bolib, u barcha odamlarga oz qobiliyatlarini ishga solish, oz ehtiyojlarini qondirish uchun dastlabki teng imkoniyatlarni taminlovchi davlat va bozor mexanizmini vujudga keltirish; ishchi kuchini unumli va samarali ish bilan band qilish; zarur hollarda ishchi kuchini iqtisodiyot tarmoqlari va sohalari ortasida qayta taqsimlash kabi masalalarni ham oz ichiga oladi. 2020yil davomida ish orinlarini tashkil etish va aholi bandligini taminlash boyicha mintaqaviy dasturlarning amalga oshirilishi natijasida qariyb 970 ming kishi ish bilan taminlandi. Bunda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni, xizmat korsatish va servis sohasini jadal rivojlantirishga alohida etibor qaratilib, ushbu sohalarda 480 mingdan ortiq, kasanachilikni kengaytirish hisobidan esa 210 mingdan ziyod yangi ish orinlari yaratildi. Download 151.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling