184.Mehnat bozoriga kasaba uyushmasi qanday ta′sir ko`rsatadi va uning oqibatlarini izohlang.
Kasaba uyushmasi- bu ishchilar uyushmasi bo`lib, u o`zining a`zolari nomidan va ko`rsatmasiga ko`ra tadbirkorlar bilan muzokara olib borish huquqiga ega tashkilot.
Amalda kasaba uyushmalarini monopolist deb qarash mumkin. Ular ishchilarga o`z ta′sirini o`tkazib, mehnat taklifini qisqartirib, ish haqini oshirishga harakat qiladilar. Faraz qilaylik, kasaba uyushmalari sof monopolist.
Raqobatlashgan mehnat bozorida muvozanat E nuqtada o`rnatiladi
vaLe ishchi ish bilan ta`minlanib,We ish haqi oladi. Mehnat bozorida
kasaba uyushmasi monopol hokimiyatga ega bo`lganligi uchun, u band
bo`lgan ishchilar soniniLe danLM ga qisqartirib, ish haqini We dan WM ga oshirishimumkin.
185. Lorens egri chizig`i yordamida daromadlar taqsimlanishi qanday tahlil qilinadi?
Lorens chizig`i - biror bir ko`rsatkichni taqsimlanish darajasini ifodalovchi egri chiziq. Bu amerikalik olim Maks Otto Lorens (1876-1944) tomonidan aholi daromadlarining taqsimlanishini narxlash uchun ishlab chiqilgan. Aholidan daromad solig`i olinib, ularga transfert berilgandan keyin Lorens chizig`ining botiqligi kamayadi.
186. Kapital bozori va uning asosiy ko`rsatkichlari nimalardan iborat?
Kapital bozori, fond bozor i — boʻsh turgan pul mablagʻlarini toʻplash, ularni ssuda kapitaliga aylantirish, soʻngra uni i.ch. jarayonlari ishtirokchilari (banklar, korxonalar, firmalar, shuningdek, mamlakat aholisi) oʻrtasida taqsimlash munosabatlari; qimmatli qogʻozlar, korxonalarning aksiyalari hamda davlat obligatsiyalari bilan oldisotdi operatsiyalari olib boriladi. Pul kapitalining qayta taqsimlanishida ishtirok etadigan banklar, fond birjalari va b. moliya-kredit muassasalari majmuini oʻz ichiga oladi. K.b. pul bozori bilan birga iqtisodiyotning tarmoqlari va hukumat uchun tashqi kapital manbai hisoblanadi, ssuda kapitaliga talab va taklifni shakllantiradi.
K.b. kompaniyalar va davlatning qisqa muddatli qimmatli qogʻozlari bilan ham shugʻullanadi. K.b. qimmatli qogʻozlarni sotuvchilar va sotib oluvchilar, ixtisoslashgan fond brokerlari, savdo va tijorat banklari, markaziy bank, pensiya fondi, sugʻurta kompaniyalari, investitsiya kompaniyalari, sanoat korxonalari, xorijiy investorlar, korxonalar, tashkilotlar ishtirok etadilarю
Kapital - bu uzoq muddatli oraliqda ishlatiladigan ishlab chiqarish resursi bo`lib, uning yordamida uzoq vaqt davomida mahsulot ishlab chiqariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |