7. Raqobatlashgan bozordan monopolist bozorning qanday farqi bor? Raqobatlashgan bozorda narx chekli xarajatga teng bo`lishi, maksimal foyda olishning zaruriy sharti edi. Monopol bozorda narx chekli xarajatdan yuqori belgilanadi
Monopollashgan bozor - ozchilik sotuvchilar va haridorlar hukmron, raqobat cheklangan yoki mavjud boʻlmagan bozor. Uning monopol raqobatli, oligopolistik, sof monopoliya bozori turlari bor. Monopol raqobatli bozorda firmalar koʻp boʻlganidan ulardan har birining tovarlar sotishdagi hissasi kichik boʻladi, natijada ular bozorni cheklangan holda nazorat qiladilar.
Yana bir farqi mоnоpоl raqоbatlashgan bоzоrdagi mahsulоt tabaqalashgan, ya′ni bir хil ehtiyojni qоndiruvchi tоvarni хar bir firma o`ziga хоs ravishda ishlab chiqarib sоtadi va uning mahsulоti bоshqa firmalarning mahsulоtidan sifati, bеzagi, tarkibi va sоtuv markasi оbro`yi bilan farq qilishi mumkin.
8. Mukаmmаl rаqоbаtlаshgаn bоzоrlarga misol keltirib, izohlang?
Mukammal raqobatlashgan bozorda - bozor sub`еktlar tovar narxiga tasir qila olmaydi; firmalarni bozorga kirish va chiqishi erkinligi; sotuvchilar birgalikda xarakat qilmaydi; bozor tugrisidagi barcha axborotlar bilan bozor sub`еktlari tanish.
9. Oligapoliya bozorining xususiyatlari nimalardan iborat?
Oligopoliya – tarmoqdagi bir necha yirik ishlab chiqaruvchi yoki
sotuvchining narx va ishlab chiqarish hajmini belgilashdagi
hukmronlik holati hisoblanadi (o’zaro kelishgan holda)
Oligopol bozorning asosiy xususiyatlaridan biri bu biror bir firma faoliyatidagi ozgarish,
albatta boshqa xuddi shunday tovar ishlab chiqarayotgan firmaga ta‘sir otkazishidadir. Ikkinchi firma raqobat sinib qolmaslik uchun birinchi firma ozgarishiga javoban albatta biror ozgarish qilishi
kerak. Bu ozgarish narxda, sotuv xajmida, bozordagi ulushida,investision va innovasion faoliyatda, xarajatlarni qisqatirish strategiyasida yoki sotishdan keyingi xizmat korsatishni yaxshilab borishda namoyon bolishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |