Mikroiqtisodiyot va makroiqtisodiyot


Download 272.01 Kb.
bet8/14
Sana27.02.2023
Hajmi272.01 Kb.
#1234395
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
Bog'liq
Shohjahon kurs ishi

MPC + MPS = 100% yoki 1

MPC va MPS juda barqaror makroiqtisodiy ko`rsatkichlar bo`lib, juda sekin o`zgaradi.





Iste`mol va jamg`arma funksiyalarining egri chiziqlari (2.1 va 2.2 – chizmalar ).
3. Investitsiyalarning mohiyati, grafigi va funksiyasi
YaIMning yana bir asosiy komponenti bo‘lgan investitsiyalarga to‘xtalib o‘tamiz. Investitsiyalar yoki kapital qo‘yilmalar – bu, hali buyumlashmagan, lekin ishlab chiqarish vositalariga qo‘yilgan kapitaldir. O‘zining moliyaviy shakliga ko‘ra, ular foyda olish maqsadida xo‘jalik faoliyatiga qo‘yilgan aktivlar hisoblansa, iqtisodiy mohiyatiga ko‘ra investitsiyalar yangi korxonalar qurish, uzoq muddat xizmat ko‘rsatuvchi mashina va asbob-uskunalarni yakuniy sotib olishga hamda shu bilan bog‘liq bo‘lgan aylanma kapitalning o‘zgarishiga ketgan xarajatlardir. Shuningdek investitsilar tarkibiga uy-joy qurilishiga ketgan xarajatlar ham kiritiladi. Bundan tashqari investitsiyaga quydagicha ham ta`rif berishimiz mumkin: Investitsiyalar – asosiy va aylanma kapitalni qayta tiklash va ko’paytirishga, ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirishga qilingan sarflarning pul shaklidagi ko’rinishidir. U pul mablag’lari, bank kreditlari, aktsiya va boshqa qimmatli qog’ozlar ko’rinishida amalga oshiriladi. Pul mablag’lari ko’rinishidagi investitsiya nominal investitsiya, ana shu pul mablag’lariga sotib olish mumkin bo’lgan investitsion resurslar real investitsiya deyiladi.
Aholi jon boshiga asosiy kapitalga o'zlashtirilgan investitsiyalar

Investitsiyalarning turli guruhlash ajratishimiz mumkin. Makroiqtisodiy tahlilda eng ko‘p duch kelinadigan guruhlashda investitsiyalar investitsiyalash obyektiga ko‘ra uch turga bo‘linadi.


Tovar-moddiy zahiralariga investitsiya

Uy-joy qurilishiga investitsiya



  • Ishlab chiqarish investitsiyalari(korxonalarning asosiy fondlariga investitsiyalar) bu korxonalar tomonidan o’z ishlab chiqarish faoliyatlarida foydalanish uchun sotib olinadigan binolar, inshoatlar va asbob- uskunalardir.

  • Uy-joy qurilishi uchun investitsiyalar o’z ichiga ularda o’zlari yashashlari uchun uylarni sotib olishga xarajatlarni, shuningdek keyinchalik ijaraga berish uchun uy egalari tomonidan sotib olinayotgan uylarga xarajatlarni o’z ichiga oladi.

  • Zahiralarga investitsiyalar saqlash uchun firmalar tomonidan qoldirilgan tovarlarnio’z ichiga oladi. Bu tovarlar tarkibiga hom ashyo va materiallar, tugallanmagan ishlab chiqarish va tayyor buyumlar ham kiradi.

Investitsiyalarning manbalaridan biri bo’lib aholi keng qatlamlarining jamg’armalari hisoblanadi. Shuni ta’kidlash lozimki, amalda jamg’arma egasi va investor bir shaxsda namoyon bo’lishi va bo’lmasligi ham mumkin. Odatda, jamg’arma jamiyatdagi ko’pchilik subyektlar tomonidan amalga oshirilib, ulardan investitsiya sifatida foydalanish esa butunlay boshqa sub’ektlar tomonidan amalga oshirilishi mumkin. Shuningdek, iqtisodiyotda faoliyat yurituvchi sanoat, qishloq xo’jalik va boshqa korxonalar jamg’armasi ham investitsiya manbai bo’lib hisoblanadi. Bu o’rinda «jamg’aruvchi» va «investor» bir sub’ektda mujassamlashadi.

Download 272.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling