Mikroiqtisodiyot va makroiqtisodiyot


- chizma, Iste`mol grafigi


Download 272.01 Kb.
bet5/14
Sana27.02.2023
Hajmi272.01 Kb.
#1234395
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Shohjahon kurs ishi

1.3 - chizma, Iste`mol grafigi
Chizmadan ko’rinib turibdiki, odamlar joriy yilda hech qanday daromadga ega bo’lishmasa ham, iste’mol qilishdan butunlay to’xtamaydilar, balki ular o’zlarining o’tgan yillardagi jamg’armalari yoki qarz hisobiga yashashadi. Ixtiyordagi daromad va haqiqiy iste’mol o’rtasidagi algebraik bog’liqlikni C = a + b*Yd ko’rinishidagi chiziqli tenglama ifodalaydi. Bunda a – ixtiyoridagi daromaddan qat’iy nazar avtonom iste’mol, b – chiziqning og’ishi. Chiziqning og’ishi iste’mol hajmini o’zgarishi (vertikal o’zgarish) va ixtiyordagi daromad miqdorini o’zgarishi (gorizontal o’zgarishi) nisbatlari sifatida aniqlanadi.
Berilgan ma`lumotlardan foydalanib endi jamg`arma funksiyasini chizamiz.



1.4-chizma. Jamg`arma funksiyasi

Jamg’arish grafigi ixtiyordagi daromad bilan jamg’arish o’rtasidagi bog’liqlikni ifodalaydi. Vertikal o’qdagi har bir nuqta jamg’arma miqdorini bildiradi va ixtiyordagi daromad bilan unga muvofiq keladigan iste’mol hajmi o’rtasidagi farq sifatida aniqlanadi (S= Yd - C). Boshlang’ich daromad darajasida jamg’arish nolga (0) teng bo’lgan holda ixtiyordagi daromad hajmi o’sib borishi bilan uning miqdori ham oshib boradi. Jamg’arish grafigi iste’mol grafigiga o’xshab algebraik ifodaga ega: S=-a+(1-b) Yd, bunda a – ixtiyordagi daromad darajasi uning boshlang’ich miqdoridan past bo’lgandagi qarz hajmi, (1-b) – og’ish burchagi bo’lib, jamg’arishni o’zgarishini (vertikal o’zgarish) daromadning o’zgarishiga (gorizontal o’zgarish) bo’lgan nisbati sifatida aniqlanadi. Demak, yuqoridagilardan xulosa qiladigan bo`lsak, C = a + b*Yd , bu yerda a – avtonom xarajatlar, Yd – tasarrufdagi daromad( Yd = Y – T) T – soliqlar, b – iste`mol hajmining tasarrufdagi daromadga bog`liqligini ifodalovchi koeffitsent, boshqacha aytganda iste`molga chegaralangan moyillik.



Iste`mol hajmi avtonom iste`molga, tasarrufdagi daromad hajmiga va iste`mol hajmining tasarrufdagi daromad o`zgarishiga ta`sirchanligiga bog`liq.
Jamg`arish grafigini ham iste`mol grafigiga o`xshab algebraik ifodalash mumkin, ya`ni jamg`arish funksiyasi quydagi ko`rinishga ega:



Uy xo`jaliklari daromadlari
S = -a + (1-b)*Yd

Uy xo`jaliklarida to`plangan mulk

Iste`mol va jamg`arishga ta`sir etuvchi boshqa omillar


Baholar darajasi



Iqtisodiy kutish



Iste`molchilar qarzi



Soliqqa tortish hajmi



Download 272.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling