Mikroiqtisodiyot va turizm
Download 31.16 Kb.
|
Документ Microsoft Office Word
- Bu sahifa navigatsiya:
- ТОШКЕНТ – 2023 REJA
ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ ORIENTAL УНИВЕРСИТЕТИ “MIKROIQTISODIYOT VA TURIZM” KOFEDRASI “MIKROIQTISODIYOT” FANIDAN MUSTAQIL ISH ISHLAB CHIQARISH NAZARYASI VA ISHLAB CHIQARUVCHINING MUVOZANAT SHARTLARI Mavzusida ЭССЕ Bajardi: 2-kurs 11-guruhi talabasi Pardaboyev Xurshid Qabul qildi:_________________ ТОШКЕНТ – 2023 REJA: Kirish Asosiy qism Ishlab chiqarish jarayoni va ishlab chiqarish funksiyasi. Ishlab chiqarish muvozanati va ishlab chiqarish xarajatlartini minimallashtirish. Ishlab chiqarishni rejalashtirish. Foydalanilgan adabiyotlar. KIRISH
oshadi. Mamlakatimizda ishlab chiqarishni rivojlantirish bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda. Buning asosi sifati mamlakatimiz Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi farmonida bu sohani rivojlantirish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlar belgilab olingan: milliy iqtisodiyotning mutanosibligi va barqarorligini ta’minlash, uning tarkibida sanoat, xizmat ko‘rsatish sohasi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik ulushini ko‘paytirish; ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan yangilash, ishlab chiqarish, transport-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilma loyihalarini amalga oshirishga qaratilgan faol investitsiya siyosatini olib borish; yuqori texnologiyali qayta ishlash tarmoqlarini, eng avvalo, mahalliy xomashyo resurslarini chuqur qayta ishlash asosida yuqori qo‘shimcha qiymatli tayyor mahsulot ishlab chiqarishni jadal rivojlantirishga qaratilgan sifat jihatidan yangi bosqichga o‘tkazish orqali sanoatni yanada modernizatsiya va diversifikatsiya qilish; iqtisodiyot tarmoqlari uchun samarali raqobatbardosh muhitni shakllantirish hamda mahsulot va xizmatlar bozorida monopoliyani bosqichma-bosqich kamaytirish; prinsipial jihatdan yangi mahsulot va texnologiya turlarini o‘zlashtirish, shu asosda ichki va tashqi bozorlarda milliy tovarlarning raqobatbardoshligini ta’minlash; ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni rag‘batlantirish siyosatini davom ettirish hamda, eng avvalo, iste’mol tovarlar va butlovchi buyumlar importining o‘rnini bosish, tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasini kengaytirish Yuqoridan ko‘rinib turibdi-ki, ishlab chiqarish hozirgi kunda mamlakatimiz iqtisodiyotida juda muhim soha hisoblanadi. Bundan tashqari, mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning 2019-yil uchun mo‘ljallangan eng muhim ustuvor vazifalar haqidagi Oliy Majlisga murojaatnomasida ham joriy yil uchun mamlakatimiz iqtisodiyotida bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar ko‘rsatilib o‘tilgan: ochiq iqtisodiyot, sog‘lom raqobat, ishbilarmonlik va investitsiya muhitini tubdan yaxshilash uchun zarur sharoitlarni yaratish; iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, xususiy sektorni jadal rivojlantirish orqali yangi ish o‘rinlarini ko‘paytirish; iqtisodiyotni modernizatsiya va diversifikatsiya qilish, mehnat unumdorligini oshirish orqali yuqori iqtisodiy o‘sishni ta'minlash; “yashirin” iqtisodiyotga qarshi kurashish, uning hajmini keskin qisqartirish; valyutani erkinlashtirish siyosatini izchil davom ettirish, barqaror monetar siyosatni amalga oshirish; iqtisodiyotni rivojlantirishga doir strategik vazifalarni ro‘yobga chiqarishga qodir malakali kadrlarni tayyorlash Ishlab chiqarish nazariyasi o‘rganish juda muhim hisoblandi. Chunki ishlab chiqarish xarajatlarinji minimallashtirish hamda ishlab chiqaruvchi muvozanatini tashkil etish ishlab chiqarish nazariyasi asosida amalga oshiriladi. Ishlab chiqarish jarayoni va ishlab chiqarish funksiyasi Ishlab chiqarish - korxonalarining asosiy faoliyati turi bo’lib, bu jarayon cheklangan resurslardan foydalangan holda amalga oshiriladi. Ishlab chiqariladigan mahsulot miqdori, ushbu tovarlarni ishlab chiqarish uchun sarflanadigan resurslar hajmidan va ishlab chiqarishda foydalanilayotgan texnologiyaning holati va darajasiga bog’liqdir. Ishlab chiqarish - bu kerakli mahsulotlarni tayyorlash uchun ishchi kuchidan, uskuna va texnologiyadan, tabiiy resurslardan hamda materiallardan ma’lum miqdordagi kombinatsiyada foydalanish jarayonidir. Masalan, o’z ustaxonasiga ega bo’lgan shaxs stol ishlab chiqarish uchun ishchi kuchidan, xom ashyo sifatida taxta, temir, arra va boshqa uskunalarga sarflangan kapitaldan foydalanadi. Ishlab chiqarish jarayoni - bu kishilarni o’zlarining iste’moli uchun zarur bo’lgan moddiy va ma’naviy ne’matlarni yaratishga qaratilgan maqsadga muvofiq faoliyatidir. Moddiy va ma’naviy ne’matlar yaratish, turli xizmatlar ko’rsatish jarayoni kishilar iqtisodiy faoliyatining asosiy tomonidir. Ma’lumki, har qanday ishlab chiqarish, birinchi navbatda, mehnat jarayonidir yoki boshqacha qilib aytganda, tabiatdagi bor narsalarning ko’rinishini o’zining iste’moli uchun muvofiq holga keltirish uchun qilingan mehnat faoliyatidan iboratdir. Ana shu mehnat jarayonida kishilar, eng avvalo, tabiat bilan, uning kuchlari va ashyolari bilan hamda bir-birlari bilan o’zaro ma’lum munosabatda bo’ladilar. Ishlab chiqarish jarayonida bo’ladigan bu munosabatlarning shakllari va xususiyatlarini o’rganish hamda ularni bilgan holda ishlab chiqarishni ongli tashkil etish oliy maqsadga, ya’ni cheklangan iqtisodiy resurslardan unumli foydalanilgan holda kishilarning o’sib boruvchi ehtiyojlarini qondirish maqsadiga erishishning birdan-bir yo’lidir. Moddiy ne’matlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko’rsatishning ichki qonuniyatlari va uning rivojlanish xususiyatlari ko’pgina iqtisodchi olimlar tomonidan ko’rsatib berilgan. Ishlab chiqarish funksiyasi. Sarflanadigan ishlab chiqarish omillari miqdori bilan, ushbu omillardan foydalangan holda maksimal ishlab chiqariladigan mahsulot miqdori o’rtasidagi bog’liqlikni ishlab chiqarish funksiyasi orqali ifodalash mumkin. Ishlab chiqarish funksiyasi foydalaniladigan har bir ishlab chiqarish omillari sarfi majmuasidan maksimal Q miqdorda mahsulot ishlab chiqarishni ko’rsatadi. Agar omillar majmuasi sarfi kapital, mehnat va materiallardan iborat bo’lsa, ishlab chiqarish funksiyasi quyidagi ko’rinishda bo’lishi mumkin: Q ƒ(K,L,M) (1) bu erda Q- berilgan texnologiyada maksimal ishlab chiqariladigan mahsulot miqdori; K - kapital; L - mehnat; M - materiallar. Agar ishlab chiqarish funksiyasi ikkita, K (kapital) va L (mehnat) omillariga bog’liq bo’lsa, ishlab chiqarish funksiyasi quyidagicha yoziladi: Q=ƒ(K,L) (2) Ushbu funktsiyada mahsulot ishlab chiqarish hajmi ikkita ishlab chiqarish omiliga bog’liq - kapital va mehnatga. Masalan, ishlab chiqarish funksiyasi yordamida non ishlab chiqarish kombinatida mehnat resurslaridan va kapitaldan foydalangan holda qancha non mahsulotini ishlab chiqarish mumkinligini ifodalash mumkin, yoki qishloq xo’jalik korxonasining berilgan mehnat resurslaridan va texnikadan (ishchilarning fond bilan qurollanganlik darajasida) foydalangan holda ma’lum vaqt oralig’ida qancha mahsulot ishlab chiqarishini ifodalash mumkin. Mahsulot ishlab chiqarish ko’proq qo’l mehnatiga asoslangan bo’lsa (masalan, nonni qo’l mehnati asosida ishlab chiqarilsa), u holda ishlab chiqarish \funksiyasini faqat sarflangan mehnatga bog’liq ravishda yozish mumkin: .Q=ƒ(L) Agar mahsulot ishlab chiqarishda ko’proq kapital ishtirok etsa, ya’ni mahsulot ishlab chiqarish yuqori kapital sig’imiga ega bo’lsa, ishlab chiqarish funksiyasini Q=F(K) ko’rinishida yozish mumkin. Download 31.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling