Chiqindilarning optimal darajasini aniqlash.
MSC chizigi atrof-muhitni ifloslantiradigan chiqindilarning foiz bo‘yicha kamayib borishi natijasida ijtimoiy chekli xarajatlarni oshib borishini ifodalaydi. Shuning uchun ham chiqindilarni har bir qo‘shimcha foiz kamaytirilishi yanada ko‘proq xarajat bilan boglik. Zararli chiqindilarni atrof-muhitga chiqarilishini kamaytirishning uchta varianti mavjud: zararli chiqindilarni atrof-muhitga chiqarilishda norma va standartlarni o‘rnatilishi; chiqindilar uchun to‘lov o‘rnatish; chiqindilarni vaqtincha chiqarish uchun ruxsatnoma sotish.
Do'stlaringiz bilan baham: |