Bozor - bu sotuvchilar va haridorlar o‘rtasidagi mahsulot sotish va sotib olish bo‘yicha erkin munosabatlar tizimidir.
Ehtiyoj – insonni, korxonani faoliyat ko‘rsatishi va rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan barcha narsalar. Ehtiyoj – bu insonlarni iqtisodiy faoliyat bilan shuullanishiga undaydigan ichki kuch.
Iqtisodiy ne’mat – ehtiyojni qondirish vositasi. Ne’matlar cheklangan va cheklanmagan bo‘lishi mumkin. Cheklangan ne’matlarga tovarlar, xizmatlar va resurslar kiradi (avtomobil, kiyim-kechak, non, paxta tolasi va boshqalar). Cheklangan ne’matlar iqtisodiy ne’matlarni tashkil qiladi. Cheklanmagan ne’matlarga misol tariqasida havo va suv kirishi mumkin.
Ne’matlar noyobligi deganda - iqtisodiy sub’yektlardagi mavjud ne’matlar zahirasining shu ne’matlarga ehtiyoj sezgan haridorlarning talablarini yetarli darajada qondira olmasligi tushuniladi.
Bir-birini ornini bosuvchi ne’matlar - bu bir xil ehtiyojni qondiruvchi ne’matlardir. Masalan, shaxsning go‘sht mahsulotiga bo‘lgan ehtiyojini mol go‘shti, qo‘y go‘shti yoki parranda go‘shti bilan qondirish mumkin. Odatda, bir-birini bosuvchi tovarlardan biri narxining oshishi, boshqasiga bo‘lgan talabning oshishiga olib keladi.
O‘zaro bir – birini toldiruvchi ne’matlar – bu shaxsni yoki ishlab chiqarish ehtiyojini kopmlektlarda qondiradigan ne’matlar. Toldiruvchi ne’matlardan biriga talab oshsa, qolganlariga ham talab oshadi.
Ne’matlar noyobligi - bu biror tovar yoki resurs hajmining ma’lum vaqt oralig‘ida chegaralanganligidir.
Naflilik – iqtisodiy ne’matlar orqali shaxs ehtiyojini qondirish darajasi. Ne’mat inson ehtiyojini qancha tolaroq qondirsa uning nafligi shuncha yuqori boladi.
Iqtisodiy resurslar – ishlab chiqarishda foydalaniladigan omillar yoki ishlab chiqarish omillaridir.
Ishlab chiqarish omillari cheklangan bo‘lib, ularga mehnat, kapital, materiallar (xomashyo, butlovchi qismlar, elektr energiya, gaz, suv va hokazo), yer resursi kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |