"Mikroiqtisodiyot"fanining mazmuni, maqsadlari va vazifalari. Iqtisodiy asos tushunchalari


Tadbirkorlik qobiliyati, boshqaruv qobiliyati, axborot


Download 406.24 Kb.
bet3/18
Sana19.06.2023
Hajmi406.24 Kb.
#1612355
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
mavzular

Tadbirkorlik qobiliyati, boshqaruv qobiliyati, axborot – biror obyekt to‘g‘risida va unda bo‘layotgan jarayonlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar.
2-Mavzu: Talab va taklif. Bozor muvozanati.
Bozor iqtisodiyotining obyektiv qonunlaridan biri talab va taklif qonunidir. Bu qonun yordamida bozor iqtisodiy mexanizmlar bilan boshqariladi. Bozordagi talab va taklifning nisbatiga qarab ishlab chiqarish sur’atlari va strukturasi tashkil topadi. Shuning uchun talab va taklif qonunini o‘rganmay turib, bozor iqtisodiyoti fanlarini o‘zlashtirib bo‘lmaydi.
Talab - pul bilan ta’minlangan ehtiyoj yoki iste’molchilarning ma’lum narxda ma’lum davrda sotib olishni hohlagan bunga imkoni bo‘lgan tovar va xizmatlar miqdori tushuniladi.
Talab - iste’molchining ma'lum bir vaqt davrida talab etilayotgan mahsulotni bozor narxidagi shkala bilan xarakterlanishidir. Talab o‘zgarishga baholi va bahosiz omillar ta’sir ko‘rsatadi. Baho omillari - talab hajmini o‘zgarishini belgilovchi egri chiziqdagi nuqtalarni ko‘rsatadi. Talab dinamikasining narxga nisbatan teskari bog'liqligi 3 ta sabab bilan tushuntiriladi: birinchidan, narxning pasayishi, iste’molchilar sonini ko‘paytiradi. Ikkinchidan narxning pasayishi iste’molchilarning sotib olish imkoniyatini oshiradi uchunchidan bozorlarning to‘lishini, har bir qo‘shimcha birlik mahsulotning foydaliligini kamaytirishga olib keladi, shuning uchun iste’molchilar iloji boricha ushbu tovarni pastroq narxda sotib olishga harakat qiladilar. Demak baholi omillar talab kattaligining o‘zgarishiga olib keladi va talab egri chizig'i ma’lum yo‘nalishda siljiydi.
Shu bilan birga talabga bahosiz omillar (iste’molchilar didi, daromadi, iste’molchilar soni va boshqalar) ta’sir ko‘rsatadi.
Bahosiz omillarning harakati talabning o‘zgarishiga olib keladi va talab egri chizig'ini, agar; o‘sayotgan bo‘lsa, o‘ngga; agar kamayayotgan bo‘lsa, chap tomonga siljitadi.
Taklif - biron bir mahsulotni ishlab chiqarish va bozorda sotish hajmidir. Taklif ham shkalalar yordamida xarakterlanadi. Unda ishlab chiqarish ma’lum davr mobaynida turli xil tovarlarni ishlab chiqarish va shu davrdagi baholarda Iste’molchilarga taklif qiladi. Taklif dinamikasiga ham baholi va bahosiz omillar ta’sir ko‘rsatadi.
Taklif hajmining bahoga nisbatan bog'liqligi taklif qonuni bilan ifodalanadi va taklif egri chizig'ida aks ettiriladi. Taklif va baho o‘rtasidagi o‘zaro bog'liqlikni ishlab chiqarish omillari unumdorligining pasayishi qonuni bilan tushuntirish mumkin. Narxning o‘zgarish taklif hajmini ham o‘zgartiradi.
Bahosiz omillarning ta’siri natijasida ham taklif o‘zgaradi. Bunda, agar taklif o‘sayotgan bo‘lsa, egri chiziq o‘ngga, agar kamayotgan bo‘lsa chapga siljiydi. Taklifga ta’sir qiluvchi bahosiz omillarga ishlab chiqarish resurslari narxi, ishlab chiqarish texnologiyasining o‘zgarishi, bozor strukturasi, davlatning soliq borasidagi siyosati kiradi.
Talab va taklif qonuniga ko‘ra, bozordagi talab va taklif faqat miqdoran emas, balki o‘zining tarkibi jihatdan. ularning koordinasiyasi baho mexanizmi va raqobat asosida yuzaga keladi.
Qoidaga asosan, bozor iqtisodiyotida talab omillari yoki taklif omillari amal qiladi, lekin talab va taklif omillarining birgalikdagi amal qilish hollari ham uchraydi. Ular o‘zaro tenglashganda baho muvozanatini keltirib chiqaradi. Kelib chiqadigan mahsulotni ortiqchaligi va taqchilligi bozor iqtisodiyotining samaradorligini pasaytiradi.

Download 406.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling