"Mikroiqtisodiyot"fanining mazmuni, maqsadlari va vazifalari. Iqtisodiy asos tushunchalari
O‘rindosh tovarlarni almashtirish samarasi
Download 406.24 Kb.
|
mavzular
- Bu sahifa navigatsiya:
- Almashtirish va daromad samarasi
- Iste’molchi tanlovi masalasi.
- Engel chiziqlari
O‘rindosh tovarlarni almashtirish samarasi – iste’molchining iste'mol majmuasiga kiruvchi ne’matlardan birining narxi o‘zgarishi natijasida iste'mol tarkibining o‘zgarishi.
Daromad samarasi – iste'mol majmuasiga kiruvchi ne’matlardan birining narxi o‘zgarishi natijasida hosil bo‘lgan real daromad hisobidan iste'mol tarkibini o‘zgarishi. Almashtirish va daromad samarasi (X1-X2) – almashtirish samarasi (X3-X2) – daromad samarasi (X3-X1) – umumiy samara (X3-X1) (X2 – X1) (X3 – X2) Iste’molchi tanlovi masalasi. Iste’molchining naflik funksiyasi 2 ta tovar uchun berilgan U(X1X2), daromadi R bo‘lsa va P1 va P2 – 1-2-tovar narxlari ma’lum bo‘lganda iste’molchi 1-2-tovardan shunday X1 va X2 miqdorda sotib olsinki, ular iste’molchining naflik funksiyasini maksimal qiymatga erishishini ta’minlasin. Engel chiziqlari – iste'mol qilingan tovarlar miqdorini iste’molchi daromadining o‘zgarishidan bog'liqligini ko‘rsatuvchi chiziq. Oliy kategoriyali tovar – daromad oshganda talab oshib ketadigan tovarlar. Normal tovarlar – daromad oshganda talab oshadigan tovarlar. Past kategoriyali tovarlar – daromad oshganda talab kamayadigan tovarlar 6-Mavzu. Ishlab chiqarish. Ishlab chiqarish korxona (firma) faoliyatining asosini tashkil etadi. Ishlab chiqarish jarayoni resurslarrvi tayyor mahsulotga aylantirish jarayoni sifatida ko‘riladi. Ishlab resurslari strukturasi va maksimal ishlab chiqarish hajmlari orasidagi bog'liqlik ishlab chiqarish funkiyasi bilan xarakterlanadi. Ishlab chiqarish funksiyasi grafikda izokvantalar kartasi orqali ifodalanadi. Izokvanta ma'lum ishlab chiqarish hajmini olish uchun ishlab chiqarish omillaridan sarflanishi kerak bo‘lgan turli kombinatsiyalarni ko‘rsatadi. Ishlab chiqarish omillariga misol qilib ikkita omii - mehnat va kapitalni olishimiz mumkin. Mahsulot ishlab chiqarish hajmi mehnat va kapital miqdoriga bog'liq. Shu bilan birga, ushbu omillarning o‘zaro bog'liqligi ishlab chiqarish texnologiyasi bilan ham bevosita bog'liq, chunki shunday ishlar mavjudki, ularning ayrimlariga mehnat, boshqalariga kapital sarfi ko‘p talab qilinadi. Demak, ma'lum miqdordagi mahsulot ishlab chiqarish uchun ikki omildan birini ko‘paytiramiz va ikkinchisini kamaytiramiz. Agar ikki omil - kapital va mehnat resursi bo‘lsa, ularni bittasini kamaytirish va ikkinchisini oshirish (yoki aksincha) asosida ular o‘rtasidagi optimal mutanosiblikni yuqorida aytib o‘tgan izokvantalar ifodalaydi. Mahsulot ishlab chiqarish uchun bevosita ta'sir etadigan omillar to‘g'risida fikr yuritar ekanmiz, ularning o‘rin almashtirish normasi to‘g'risida- ham fikr yuritishimiz lozim. Misol uchun, g‘alla etishtirishda ham mehnat, ham kapital sarfi bo‘lishi taqozo etiladi. Qaysi xo‘jalikda ishlab chiqarish ko‘proq mexanizatsiyalashtirilgan bo‘lsa, bu yerga kapital sarfi ko‘proq, aksincha bo‘lsa, qo‘l mehnati ko‘proq bo‘ladi. Bunday holda xo‘jalik rahbari uchun omillarni o‘rin almashtirish normasini buzilish zarurati vujudga keladi. , Mikroiqtisodiyotda izokvanta bilan birga izokosta tushunchasi ham ishlatiladi. Korxonalarda ma'lum bir hajmdagi umumiy harajatga kapital va mehnatning turli miqdordagi shartlari to‘g'ri kelishi mumkin. Grafik tarzda. korxona ma'lum umumiy harajatlariga to‘g'ri keluvchi kapital va mehnat miqdorlarini izokosta degan chiziq xarakterlavdi. Izokosta chizig'ida jovlashgan har bir nuqta, bir xil umumiy harajat qilish uchun ncchta kapital va nechta mehnat birligi talab qilinishini anglatadi. Xar bir izokosta o‘zidan quyida turgan izokostadan yuqoriroq harajatlarni, o‘zidan yuqorida turgan izokostadan kamroq harajatlarni namoyon etadi. Grafik tarzda, ma'lum bir hajmda mahsulot olish uchun kerakli harajatlarning minimal mivdorini aniqlash uchun biror hajmini ifodalaydigan izokvantani izokostalar grafigiga kiritiladi. Algebraik tarzda harajatlarni minimallashtirish quyidagi shart bajarilsa erishiladi: MCHM = KCHM Rm Rk bu yerda: MChM - mehnatning chegaraviy mahsuloti; KChM - kapitalning chegaraviv mahsuloti; Rm - mehnat bahosi; Rk - kapital bahosi. Iqtisodiyot nazariyasi va amaliyotida qisqa muddatli davr va uzoq muddatli davr tushunchalari mavjud. Qisqa muddatli davrda bo‘lmaganda bitta o‘zgarmas, uzoq muddatda esa omillar o‘zgaradi. Qisqa muddatli davrda ishlab chiqarish hajmini faqat mehnat omilini o‘zgartirish hisobigagina o‘zgartirish mumkin. Shuning uchun samaradorlikni oshirish uchun mehnat unumdorligini oshirish talab etiladi. Mehnat unumdorligi deganda, bir birlik mehnat sarfiga to‘g'ri keluvchi mahsulot hajmi tushuniladi. Chegaraviy mehnat unumdorligi yoki mehnatning chegaraviy mahsuloti bitta qo‘shimcha mehnat hisobiga olinadigan qo‘shimcha mahsulot hajmini bildiradi. Chegaraviy unumdorliklarning pasayib borish qonuni shuni ifoda etadiki, unga ko‘ra mehnatning chegaraviy unumdorliklari ma'lum mehnat birligicha oshib boradi, so‘ng esa oshishi sur’atlari pasaya boshlaydi va ma'lum nuqtada ishlab chiqarish hajmini shu darajadan oshiqqa o‘zgartirib bo‘lmaydi. Uzoq muddatli davrda esa firma ishlab chiqarish hajmini oshirish uchun barcha omillarni o‘zgartirishga harakat qiladi. Agar ishlab chiqarish hajmini o‘zgartirmasdan, resurslar nisbatini o‘zgartirish talab qilinsa bitta resursni oshirish uchun ikkinchi resursning ma'lum qismidan voz kechish kerak. Uzoq muddatli davrda shunday hollar ham bo‘ladiki, ishlab chiqarish omillari ideal tarzda bir birini almashtirish mumkin. Uzoq muddatli davrda firma optimal yolni tanlavdi, bu chiziq izokosta va izokvanta nuqtasidan o‘tadi. Korxonalarning iqtisodiy samaradorligini oshirish imkoniyatlari uzoq muddatli davrda qisqa muddatli davrdagidan kengroq bo‘ladi. Download 406.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling