"Mikroiqtisodiyot"fanining mazmuni, maqsadlari va vazifalari. Iqtisodiy asos tushunchalari


-Mavzu: Foydasini maksimallashtirish va raqobatli taklif


Download 406.24 Kb.
bet11/18
Sana19.06.2023
Hajmi406.24 Kb.
#1612355
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18
Bog'liq
mavzular

8-Mavzu: Foydasini maksimallashtirish va raqobatli taklif
Ma'lumki, ishlab chiqaruvchilar turli bozor sharoitlarida faoliyat ko‘rsatishi mumkin. Bulardan, ideal bozor bo‘lib, sof raqobat hisoblanadi.
Ushbu bozorda ishlab chiqaruvchilar va Iste’molchilar juda ko‘p bo‘lib, ularning har biri mahsulot bahosiga ta'sir ko‘rsata olmaydi. Chunki ishlab chiqaruvchining bozordagi ulushi nihoyatda kichik bo‘ladi. Sof raqobatda bir xil mahsulot ishlab chiqaruvchi firmalar qatnashadi, yangidan tashkil topgan firmalar hech qarshiliksiz, osonlikcha tarmoqqa kirib kelishi va faoliyat ko‘rsatayotganlari tarmoqda qolishi mumkin. Sof raqobat bozoridagi biror ilg'or firmaning ishlab chiqarish hajmi oshsa, bu ishlab chiqarishning umumiy darajasiga samarali ta'sir etmaydi va tovarning bozor bahosiga ham ta'sir ko‘rsata olmaydi.
Foydani oshirish ishlab chiqarish harajatlari bilan bir qatorda mahsulotni sotishdan olinadigan daromadga ham bog'liqdir. Agar yalpi daromad jami mahsulotni sotishdan keladigan daromad bo‘lsa. O‘rtacha daromad bitta mahsulotni sotishdan olinadigan daromaddir. Chegaraviy daromad esa bitta qo‘shimcha mahsulot sotishdan olinadigan qo‘shimcha daromaddir. Sof raqobat sharoitida baholar uzoq muddat o‘zgarmasliklari sababli o‘rtacha daromad ham, chegaraviy daromad ham, mahsulotning bahosiga teng bo‘ladi. R = O‘D + ChD. (AK + MK)
Raqobatli bozorda har bir alohida olingan firma yoki korxona bozor bahosiga ta'sir eta olmaganligi uchun o‘rtacha daromad (AK) va chegaraviy daromad (MK) bab-barobar bo‘lib, talab o‘rtacha va chegaraviy daromad egri chizig'i gorizontal holda bo‘ladi. Umumiy daromad (TK) qanchalik ko‘p miqdorda mahsulot sotilgan sari, oshib boradi.
Sof raqobat sharoitida islab chiqarish va sotish hajmi natural ifodada ishlab chiqarilgan mahsulot hajmining o‘zgarmas narxda bo‘lgan ko‘paytmasi orqali topiladi. Korxona oldida turgan muammo shundan iboratki, mahsulot ishlab chiqarishning qaysi hajmida u oladigan foyda maksimallashadi. Bunday sharoitda korxona shunday ishlab chiqarish hajmini tanlaydiki, chegaraviy daromad chegaraviy xarajatga teng bo‘ladi.
Agar qisqa muddatli davrda mahsulotni ishlab chiqarishga ketgan o‘rtacha xarajatlardan, mahsulot bahosi yuqori bo‘lsa korxona foyda oladi. Agar baho o‘rtacha xarajatlarga teng bo‘lsa, korxona nol iqtisodiy foyda oladi, ya'ni xarajatlarni qoplaydi, lekin foyda olmaydi.
Agar bozor bahosi o‘rtacha xarajatlardan past bo‘lsa firma zarar ko‘radi. Agarda tovar bahosi o‘rtacha o‘zgaruvchan xarajatlarning minimal darajasidan ham past bo‘lsa, ishlab chiqarish vaqtincha to‘xtatiladi.
Qisqa muddatli davrda, foydani maksimallashtirishga qaratilgan raqobatdosh firmalarning taklif egri chizig'i, o‘rtacha o‘zgaruvchan xarajatlarning minimum nuqtasidan yuqorida joylashgan chegaralangan xarajatlar egri chizig'i bilan ustma-ust tushadi.
Qisqa muddatli davrda korxona maksimal foyda olish uchun ishlab chiqarishni qanday hajmini belgilash, uzoq muddatli davrda esa nafaqat ishlab chiqarish hajmini xatto bozorda qolish yoki qolmasligini belgilaydi. Shuning uchun mikroiqtisodiyotda bu masalaga alohida e’tibor beriladi. Chunki, korxona yashashi va ravnaqi uchun uzoq muddatga foydani maksimallashtirishi zarur.
Qisqa muddatli vaqt davomida har bir korxona doimiy kapital hajmi berilgan va o‘zgarmas bo‘lgani uchun foydani maksimallashtirish imkoniyatini beradigan o‘zgaruvchi ishlab chiqarish omillari (mehnat va materiallar) hajmini tanlab olishi kerak bo‘ladi. Korxona sof raqobat bozorida qatnashayotganligi va bozorga chiqarayotgan mahsulotning hajmi qanday borishidan qat’iy nazar, bozor bahosiga ta'sir qila olmasligi uchun bu mahsulotni bozor alohida sotadi. Bunda talab chizig'i gorizontal xolda bo‘ladi.
Demak, sof raqobat sharoitida firmalar va boshqa korxonalar o‘rtasida resurslar taqsimoti chegaraviy xarajatlar chegaraviy daromadga teng bo‘lgandagina foyda samarali bo‘ladi.


Download 406.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling