Mikroiqtisodiyoti
Sanoat korxonalarida resurs tejamkorligiga ta’sir etuvchi omillar
Download 300.45 Kb.
|
resurs tejamkorligini taminlashning asosiy yonalishlari
2. Sanoat korxonalarida resurs tejamkorligiga ta’sir etuvchi omillarBozor munosabatlari tizimida «Uychi paxta tolasi» OTAJida xomashyoni qayta ishlash samaradorligi qator omillarga bog’liq. Avvalambor, buning uchun paxta xomashyosi mikdori talab qilinadi. SHu bilan birga ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlarning ahamiyati ham katta. CHunonchi, transport va boshqa infrastruktura tarmoqlari yanada kuchliroq ta’sir ko’rsatadi. Hozirgi vaqtda paxta bo’yicha davlat buyurtmasi 30 foizgacha kamaytirilgan bo’lib, paxta xom ashyosini tayyorlash, uni qayta ishlab tolasini sotish markazlashtirilgan holda «Uychi paxta tolasi» OTAJ orqali amalga oshirilmoqda. Uychi tumanida paxta xom ashyosi bo’yicha davlat buyurtmasini bajargan xo’jaliklar ixtiyorida hosilning 70 foizi qoladi. Biroq paxta yetishtiruvchilar bu paxtani o’zlari erkin sota olmaydilar, uning xaridori «Uychi paxta tolasi» OTAJdir. Paxta xom ashyosini yetishtirish rejasini bajargan xo’jalik sub’ektlariga korxona narxlarida yog’, sheluxa va kunjara sotilmoqda. Agar xo’jalik paxta xom ashyosini yetishtirish rejasini bajarmasa, bu imtiyozdan mahrum bo’ladi, davlat buyurtmasidan ortiqcha paxta tolasini (davlat buyurtmalari narxidan yuqoriroq narxlarda) xo’jaliklar «Uychi paxta tolasi» OTAJga sotmoqdalar. Buning sababi Respublikada paxta davlat monopoliyasi bo’lib, uning erkin bozori mavjud emas. SHu bois xo’jaliklar o’zlari yetishtirgan paxta xom ashyosini erkin sota olmayaptilar. Hozirgi paytda, paxta yetishtiruvchilar ishchilar bilan natura (yog’, sheluxa va kunjara kabi mahsulotlar)da hisob-kitob qilmoqdalar. Paxta yetishtiruvchilarning boshqa ilojlari ham yo’q, chunki ular ham o’zlari yetishtirgan paxta xom ashyosi mahsulotlari bo’lgan yog’, sheluxa va kunjarani korxonalardan sotib olmoqdalar. Keyin esa o’z ehtiyojlaridan ortiqchasini ishchilarga ish haqi sifatida bo’lib bermoqdalar yoki sotmoqdalar. Albatta paxtachilikda rentabellik pasayishiga hosildorlikning kamayishi ham o’z ta’sirini ko’rsatgan. O’z navbatida paxta hosildorligining pasayishiga davlat tomonidan belgilangan paxta tayyorlash narxlarining pastligi ham salbiy ta’sir ko’rsatmoqda. Bundan tashqari paxta tayyorlov tizimi ham paxta xom ashyosi yetishtiruvchilarini qiziqtira olmayapti. Shu bois paxta xom ashyosini kayta ishlash tizimini ichki bozorini erkinlashtirish asosida takomillashtirish zarur. CHunki paxta yetishtiruvchlar o’zlari yetishtirgan paxta xom ashyosi mahsuloti bo’lgan sheluxa, kunjara, yog’ va chigitni qayta ishlash korxonaidan sotib olmoqdalar. Aslida agar qishloq xo’jaligi korxonalariga shu mahsulotlar kerak bo’lsa, ular yog’ korxonalariga chigitni qayta ishlash xarajatlari (hamda ularning foydalari)ni to’lashlari kerak, xolos. Ya’ni yog’ korxonalariga yog’ (sheluxa, kunjara) narxidan chigitning narxini chegirib tashlagan holda hisob-kitob qilishlari lozim. SHunday qilib, qishloq xo’jaligi davlat buyurtmasidan ortiqcha paxta xom ashyosini ularning paxta yetishtirish rejasini bajarishlari (yoki bajarmasliklari)dan qat’i nazar o’zlari mustaqil qayta ishlab, tola hamda chigitini sotishlarini yo’lga qo’yish maqsadga muvofiqdir. Unda paxta yetishtiruvchilar qolgan paxta xom ashyosini qayta ishlash xarajatlarini paxta tozalash va chigitni qayta ishlash korxonalariga to’lib, qayta ishlangan mahsulotlarni ularning egasi sifatida tasarruf etishlari mumkin. Bu esa paxta xomashyosini kayta ishlashda quyidagi imkoniyat va qulayliklar yaratadi: Hozirgi paxta tayyorlash tizimiga xos bo’lgan paxta yetishtiruvchilarning o’zlari yetishtirgan mahsulotlar chiqindisi: sheluxa va kunjara uchun fondlarga tobeligi tugatiladi. Paxta yetkazib beruvchilarning yog’, sheluxa va kunjaraga ega bo’lish xarajatlarini kamaytiradi va olishni ixchamlashtiradi. CHunki mazkur mahsulotlar shartnomalar asosida yetkazib beriladi. Paxta tolasini qayta ishlaydigan sanoat korxonalari xom-ashyoni tanlash va uni o’zlariga qulay bo’lgan joydan sotib olish imkoniyatiga ega bo’lishadi. Paxta tolasining markazlashgan taqsimoti tugatiladi. Bularning hammasi mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan paxta mahsulotlari sifatining oshishi va narxlari (transport xarajatlari kamayishi hisobidan) pasayishiga asos soladi. Paxta yetishtiruvchilarning moddiy manfaatdorligini oshiradi, chunki paxta tolasi narxining birjadagi talab va taklif asosida shakllanishi uning sotishdan keladigan foyda boshqa sohalarga oqib ketishini kamaytiradi. Paxta yetishtiruvchi va qayta ishlovchi korxonalararo integratsiyalashuvni kuchaytirishi mumkin va boshqalar. Albatta, mazkur imkoniyatlar amaliy samara berishi shartnoma munosabatlarini rivojlanishi bilan ham ko’p jixatdan bog’liq. CHunki bozor iqtisodiyoti sharoitida shartnomalarni tuzish va ularning bajarilishini ta’minlash markaziy o’rinlarni egallaydi. SHuning uchun paxta ichki bozorining erkinlashtiruv jarayonida hozirgi har yil yangidan tuziladigan shartnomalar tartibidan voz kechib ko’p yillik shartnoma tuzish tartibini joriy etish lozim. SHartnomadagi davlat buyurtmasi bo’lgan 30 foiz mahsulotga tayyorlov narxini belgilashdan mintaqadagi ishlab chiqarish sharoit va oxirgi yillarda paxta (yoki g’alla) uchun shakllangan tannarxni tahlil qilgan holda kengaytirilgan ishlab chiqarishni ta’minlay oladigan darajada diversion narx belgilash lozim. Ya’ni davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan mahsulotning narxini belgilashda har bir hudud yoki mintaqaning iqtisodiy-tabiiy holatlarini inobatga olish zarur. Albatta, mazkur narxlarni belgilashda bozor konьyunkturasi baza sifatida qabul qilinishi lozim. Mazkur tartibda davlat ehtiyojlari uchun tayyorlanadigan mahsulotlarni narxini belgilash paxta xomashyosini kayta ishlash sohasida yuzaga kelgan noqulay iqtisodiy vaziyatni bartaraf etishga xizmat qilishi mumkin. Uychi paxta tolasi» AJ ning iqtisodiy xo’jalik faoliyatini o’rganganimizda uni kuchli va kuchsiz tomonlarini aniqlashga alohida e’tibor berdik. CHunki, korxonadagi ishlab chiqarish-xo’jalik faoliyatini samarali xolda amalga oshirish uchun faoliyati nisbatan samarasiz bo’lgan tomonlarni o’rganib, taxlil qilib, ularni samarali faoliyatini ta’minlashga erishish lozim. quyidagi - jadvalda korxonadagi turli bo’limlar xolatini aniqlash bo’yicha amalga oshirilgan tadqiqotlar natijalari keltirilgan. 3-jadval «Uychi paxta tolasi»AJning kuchli va kuchsiz tomonlari
Download 300.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling