Mikroiqtisodiyoti


-rasm. Ishlab chiqarish samaradorligiga ta’sir etuvchi omillar


Download 300.45 Kb.
bet8/11
Sana10.10.2023
Hajmi300.45 Kb.
#1696736
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
resurs tejamkorligini taminlashning asosiy yonalishlari

2-rasm. Ishlab chiqarish samaradorligiga ta’sir etuvchi omillar.
2-rasmda ko’rsatilganidek, ishlab chiqarish samaradorligiga ta’sir etuvchi omillar ichida xo’jalik aloqalari ham muhim o’rin tutadi. Har bir sanoat korxonasi o’z faoliyatini amalga oshirish uchun xo’jalik aloqalariga kirishadi. Ular o’zlarining ta’minotchilari va iste’molchilari bilan muntazam ravishda aloqaga kirishadilar, ular bidan shartnoma tuzadilar va bu shartnomalarni bajarish yo’lida harakat qiladilar. Korxonani xom ashyo, materiallar, energiya, butlovchi qismlar, instrumentlar, asbob-uskunalar va ba’zi bir xizmatlar bilan ta’minlovchi korxona va tashkilotlar bilan aloqalari ayniqsa muhimdir.
7. Yuqorida qayd qilib o’tilgan barcha omillar fan-texnika taraqqiyotiga bog’liq. Fan-texnika taraqqiyoti korxonalarning ishlab chiqarish samardorligini oshirish juda muhim omil bo’lib hisoblanadi. Undan quyidagicha yo’llar bilan foydalanish mumkin:

  1. ishlab chiqarish jarayonlari va mehnat jarayonini yengillashtirish maqsadida mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish;

  2. asosiy ishlab chiqarish jarayonlarida kompьyuterlashtirish va

robotlashtirishni amalga oshirish;
V) progressiv mehnat hamda resurslarni tejashga yo’naltirilgan texnologik jarayonlarni amaliyotga kiritish va ulardan keng miqyosda foydalanish;
G) ishlab chiqarishni tashkil etish, rejalashtirish va boshqa jarayonlarda zamonaviy axborot texnologiyasidan hamda hisoblash texnologiyasidan keng foydalanish;
D) ishlab chiqarish va mehnatni ilmiy tashkil etish.
Korxonada ishlab chiqarish samaradorligini oshirish uchun fan texnika taraqqiyotining hozirgi vaqtdagi zarur bo’lgan yo’nalishlarini izlash va aniqlash, ishlab chiqarishda zarur bo’lgan yo’nalishlardan samarali tarzda foydalanish, korxonani rivoji uchun zarur bo’lgan pul mabag’larini va boshqa zarur bo’lgan resurslarni izlab topish va ularni jalb qilish, hamkorlar bilan ilmiy texnikaviy yo’llarda mustaxkam aloqalarni yo’lga qo’yish, har bir belgilangan tartiblarning aniq samarasini hisoblash va samaraga erishish maqsadida tinimsiz izlanishlar olib borish lozim.
8. Bozor iqtisodiyoti qonunlari xayotimizga asta-sekin kirib kelayotgan hozirgi davrda sanoat korxonalaridagi mavjud ishlab chiqarish salohiyatidan samarali va to’la foydalanish talab etiladi. Asosiy va aylanma fondlardan imkoni boricha unumliroq foydalanish ham katta ahamiyatga ega, buning uchun ishlab chiqarishning barcha bo’g’inlarida tejamkorlikka qat’iy ravishda rioya qilish, iqtisodiy resurslarning sarfi ustida qattiq nazoratni yo’lga qo’yish lozim.
Ushbu tadbirlar va yo’nalishlardan amalda foydalanish orqali sanoat korxonalari samaradorligini oshirishga va u orqali sanoat korxonalarining iqtisodiyot rivojidagi rolini oshirishga erishish mumkin. Biz tomonimizdan amalga oshirilgan tadqiqotlar O’zbekiston Respublikasidagi sanoat korxonalarining bugungi kundagi xolati ularning yalpi ichki mahsulotlarning o’sish sur’tidagi salmog’i va taraqqiyot sur’atlari barqaqror iqtisodiy rivojlanish nuqtai nazaridan talab darajasida emasligini ko’rsatdi.

Download 300.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling