Mikroiqtisodiyoti


Ishning maqsadi va vazifalari


Download 300.45 Kb.
bet3/11
Sana10.10.2023
Hajmi300.45 Kb.
#1696736
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
resurs tejamkorligini taminlashning asosiy yonalishlari

Ishning maqsadi va vazifalari. Kurs ishining maqsadi illiy iqtisodiyotni modernizatsiyalash jarayonida sanoat tarmoqlarida resurs tejamkorligini ta’minlashning bo’yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
Ushbu maqsaddan kelib chiqib, kurs ishida quyidagi vazifalar belgilab olingan:

  • resurs tejamkorligining mohiyati va uning korxona faoliyatidagi ahamiyati asoslarini bayon etish;

  • sanoat korxonalari xarajatlarini tavsiflash va tasniflashning zarurligining nazariy jihatlarini asoslash;

  • Korxona xarajatlari tahlilining vazifalarini keng yoritish;

  • ishlab chiqarish vositalaridan foydalanish samaradorligi tahlili  amalga oshirish;

  • sanoat korxonalarida resurs tejamkorligiga ta’sir etuvchi omillar tahlilini amalga oshirish;

  • korxonada resurs tejamkorligini va faoliyat samaradorligini oshirish yo’llarini tahlil qilish;

  • resurslardan tejamkorlik bilan foydalanishda ishlab chiqarishni mahalliylashtirish imkoniyatlari samaradorligini o’rganish;

  • sanoat korxonalarini modernizatsiyalash, innovatsion strategiyalarni tanlash va amalga oshirish ishlarini takomillashtirish bo’yicha tavsiyalar ishlab chiqish.

Ishning ob’ekti va predmeti. Kurs ishining ob’ekti bo’lib O’zbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan sanoat korxonalari hisoblanadi.










1. Resurs tejamkorligining mohiyati va uning korxona faoliyatidagi

ahamiyati


Sanoat korxonalarida resurs tejamkorligini ta’minlashdagi eng muhim jihatlaridan biri sifatida korxonadagi xarajatlar tarkibini atroflicha o’rganish, uni doimo nazorat qilib borishni keltirishimiz mumkin. Iste’mol bozoriga mahsulot yetkazib berishdagi qobiliyati va intilishini belgilovchi eng muhim omillardan biri bu ishlab chiqarish xarajatlaridir. Har qanday tovarni ishlab chiqarish o’zining nisbatan kamyobligi tufayli ma’lum bahosiga ega bo’lgan iqtisodiy resurslar xarajatini talab etadi. Korxona bozorga chiqarishga intilgan qandaydir tovarning miqdori, bir tomondan, uni ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan bahoga (xarajatlarga) va resurslardan foydalanish samaradorligiga bog’liq bo’lsa, ikkinchi tomondan, bozorda sotiladigan tovarning bahosiga bog’liq bo’ladi. Korxona oldida resurs tejamkorligiga erishish, ya’ni xarajatlarni qanday qilib kamaytirish va rentabellikni oshirish zarurligi vazifasi turadi. Ular, o’z navbatida, iqtisodiy yoki faqat shu turdagi tovarni ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan xarajatlar bilan qiziqadilar. Bunda shu tovar o’rniga boshqa turdagi muqobil tovar ishlab chiqarish mumkin bo’lmaydi va ma’lum turdagi resurslar tanlanadi.
Natijada korxonaning resurslaridan eng yaxshi darajada foydalanish imkoniyatlari saqlab qolinadi. Iqtisodiy xarajatlar – bu korxona to’lashi shart bo’lgan to’lovlardir. Bunday to’lovlar tashqi yoki ichki to’lovlar bo’lishi mumkin. Korxonaning o’z hisobidan mehnat resurslari, xom ashyo, yoqilg’i, transport xizmatlari, energiya va boshqalar bilan ta’minlovchilar foydasiga beradigan pul to’lovlari, ya’ni pul xarajatlar – tashqi xarajatlar deb ataladi. Boshqacha so’z bilan aytsak, tashqi xarajatlar shu korxonaga egalik qilmaydigan ta’minlovchi tashkilotlarning resurslari uchun to’lovlardan iboratdir.
Korxona bulardan tashqari, faqat o’z ixtiyorida bo’lgan resurslardan ham foydalanishi mumkin. Resurslardan foydalanish bo’yicha bo’ladigan xarajatlar ichki xarajatlar, ya’ni haq to’lanmaydigan xarajatlar deb ataladi.
Korxona yoki tarmoqning belgilangan hajmdagi mahsulotni ishlab chiqarish uchun qiladigan xarajatlari ishlab chiqarishda band bo’lgan barcha resurslar miqdorini o’zgartirish imkoniyatlariga bog’liqdir.
Foydalaniladigan ko’pgina resurslar miqdori (ko’pincha jonli mehnat turlari, xom ashyo, yoqilg’i, energiya va boshqalar) osongina, tez o’zgartirilishi mumkin. Boshqa resurslarni o’zlashtirish uchun ko’p vaqt talab qilinadi. Masalan, qayta ishlash sanoati korxonalari asosiy fondlari, ya’ni uning ishlab chiqarish binolari maydonlari, undagi mashina va dastgohlarning miqdori uzoq vaqt mobaynidagina o’zgartirilishi mumkin.
Ishlab chiqarish jarayonida ishlatiladigan resurslar hajmini o’zgartirishga ketgan vaqt - qisqa muddatli va uzoq muddatli davrlarga ajratiladi. Qisqa muddatli davr – bu korxona o’zining o’zgarmas ishlab chiqarish quvvatidan intensiv foydalanish darajasini o’zgartirish uchun yetarli miqdordagi davrdir.


Download 300.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling