Микроиқтисодиёт фани нимани ўргатади?
Talabning narxlar kesishgandagi elastikligi
Download 1.23 Mb.
|
1 мавзу
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qanday qilib taklifning narx elastikligi farq qilishi mumkin
- 4 Мавзу: Ишлаб чиқариш харажатлари 1.Тестларни ечинг. 1 .
- 4 . Ishl а b chiq а rish r е sursi his о bl а nm а ydig а n q а t о rni b
- 5 . FC=400, VC=100, TC= TC=500 TC=300 TC=100 TC=3 6 .
- 2.Қиска муддатли давр харажатлари ва уларнинг ўртачаларини графикларини чизинг. Oddiy bir firma uchun xarajatlar egri chizigʻi
- Ishlab chiqarish hajmi Xarajatlar
- 5 мавзу: Номукаммал бозорларда фирмалар харакати
- Mehnat bozorida monopsoniya boʻlgan hol.
Talabning narxlar kesishgandagi elastikligi. Talabning narxlar kesishgandagi elastikligi bir tovarga boʻlgan talab miqdori boshqa bir tovarning narxidagi oʻzgarishiga munosabati qanday boʻlishini ifodalaydi. Bu 1-tovarga boʻlgan talabning foizdagi oʻzgarishi 2-tovar narxining foizdagi oʻzgarishi nisbati shaklida hisoblanadi.Qanday qilib taklifning narx elastikligi farq qilishi mumkin Firmalarda mahsulot uchun maksimum miqdorda qiymat mavjud boʻlganligi uchun, taklif elastikligi taklif qilingan miqdorning eng past darajasida juda baland va eng yuqori darajasida juda past boʻlishi mumkin. Bu yerda, narxning 3$ dan 4$ga oʻsishi taklif qilinadigan miqdorni 100 dan 200 ga oshiradi.Taklif qilinadigan miqdorda 67% oʻsish (oʻrta nuqta metodidan foydalanib hisoblangan) narxdagi 29 foiz oʻsishdan kattaroq, taklif chizigʻi bu holatda elastik. Ammo, narx 12$ dan 15$ ga oʻsganda taklif qilinadigan miqdor 500 dan 525ga oshadi. Chunki taklif qilinadigan miqdorning 5% oʻsishi narxdagi 22 foiz oʻsishdan kichikroq va taklif chizigʻi bu holatda noelastik. 4 Мавзу: Ишлаб чиқариш харажатлари 1.Тестларни ечинг. 1.Ishlab chiqaruvchining o`zgarmas harajatlarini aniqlash formulasi qaysi bandda to’g’ri keltirilgan? TC-VC AVC+ATC FC : Q ∆TC:Q 2.Ishlab chiqaruvchining umumiy harajatlarini aniqlash formulasi qaysi bandda to’g’ri keltirilgan? FC+VC AVC+ATC TC-FC MC+VC 3.Ishlаb chiqаrish hаjmigа bоg’liq bo’lmаgаn harаjаtlаr bu… firmаning dоimiy harаjаtlаri firmаning o`zgaruvchan harаjаtlаri firmаning chekli harаjаtlаri firmаning qaytarilmaydigan harаjаtlаri 4.Ishlаb chiqаrish rеsursi hisоblаnmаydigаn qаtоrni bеlgilаng bozor fоydаli qаzilmаlаr mаlаkаli ishchi kuchi bino, inshoatlar 5.FC=400, VC=100, TC=? TC=500 TC=300 TC=100 TC=3 6.FC=50, VC=150, TC=? TC=200 TC=300 TC=100 TC=3 7.FC=60, VC=150, TC=? TС=210 TС=300 TС=100 д) TС=3 2.Қиска муддатли давр харажатлари ва уларнинг ўртачаларини графикларини чизинг. Oddiy bir firma uchun xarajatlar egri chizigʻi Koʻp firmalar chekli mahsulotni qisqartirishdan oldin uning oshishini tajriba qiladilar. Natijada ular quyidagicha xarajat chizmasiga ega boʻladilar. Chekli xarajatlar shuni bildiradiki, oʻrtacha umumiy xarajat koʻtarilishni boshlashdan oldin tushadi. Ishlab chiqarish hajmi Xarajatlar Koʻpgina firmalar uchun oʻzgarmas va oʻzgaruvchan xarajatlar oʻrtasidagi umumiy xarajatlar taqsimoti vaqtga bogʻliqdir. Masalan, FORD mashina kompaniyasi kabi mashina zavodi qisqa vaqt ichida FORD uning mashina zavodlari hajmi yoki sonini oʻzgartira olmaydi. Faqatgina u oʻzining oldindan mavjud boʻlgan zavodlariga qoʻshimcha ishchi xodimlar olish yoʻli bilangina u ishlab chiqarayotgan mashinalar sonini koʻpaytirishi mumkin. Bu zavodlarning xarajatlari qisqa muddat ichida oʻzgarmaydi, biroq bir necha yil davomida FORD yangi zavodlar qurib yoki eskilarini yopib zavodlar hajmini koʻpaytirishi mumkin. Shuning uchun uzoq muddat ichida uning zavodlari xarajatlari oʻzgaruvchandir. Koʻpgina loyihalar qisqa muddat ichida oʻzgarmas, uzoq muddat ichida oʻzgaruvchanligi sababli, firmaning qisqa muddatdagi xarajat egri chizigʻi darajasi uzoq muddatdagidan farq qiladi. 11.6-chizmada bunga bir misol berilgan. Chizmada kichik, oʻrta va katta zavodlar uchun 3 ta qisqa muddatli oʻrtacha umumiy xarajat darajasi berilgan. Unda shuningdek, uzoq muddatli xarajat darajasi berilgan, zavod xarajatlari ishlab chiqarish xarajatlariga moslashtirilgan. 5 мавзу: Номукаммал бозорларда фирмалар харакати Саволларга жавоб беринг. Соф монополия, монопсония, монопол ракобат ва олигопол бозорлар хақида тушунча беринг. Олигополик бозор ва унинг хусусиятлари. Монопол бозор ва соф рақобатлашган бозорларнинг талаб чизиқларини изохлаб беринг. Соф монополия, монопсония, монопол ракобат ва олигопол бозорлар хақида тушунча беринг. Biz Monopolistik korxonalar qanday qilib narxlarni chekli xarajatdan yuqori ushlab turishi va bu pozitiv musbat iqtisodiy foydaga olib keladi va jamiyatda yoʻqotishlarga olib keladi. Mukammal va Monopolistik raqobat bozor tuzilmasining eng oxirgi shakllaridir. Raqobat bozorda koʻplab korxonalar deyarli bir xil mahsulotlarni taklif qilayotganda yuzaga keladi. Monopoliya esa bozorda faqat bitta firma boʻlsa paydo boʻladi. Mukammal raqobat va monopoliya bozorlar holatlari qanday ishlashi haqida bir necha kerakli fikrlarni tasvirlasada, iqtisoddagi koʻplab bozorlar ikkala holat elementlariga ham ega. Shunga koʻra, har biri ham toʻla tasvirlanmagan. Tipik firma iqtisodiyotda raqobatga yuz tutadi, biroq raqobat korxonani narx oluvchiga aylantiradigandek qattiqqoʻl emas. Tipik korxona, shuningdek, ma’lum darajada bozor kuchiga ega, lekin uning bozor kuchi Monopoliya modelida aniq koʻrsatilgan korxona kabi unchalik qudratli emas. Boshqacha qilib aytganda, koʻplab tarmoqlar mukammal raqobatning markaziy holati va monopoliya oʻrtasida turadi. Iqtisodchilar bu hodisani nomukammal raqobat deb atashadi. Mehnat bozorida monopsoniya boʻlgan hol. Bunday hol koʻproq kichik shaharlarda uchraydi. Shaharda yagona ishlab chiqarish korxonasi boʻlib, u shahar aholisining asosiy qismini ish bilan ta’minlaydi. Shaharda boshqa ish joylari kam boʻlgani uchun, ushbu vaziyat monopsonik bozor vaziyatiga yaqin boʻladi. Monopol korxona mahalliy mehnat bozorida ishchi kuchini sotib oluvchi yagona korxona boʻlgani uchun ham u ish haqiga ta’sir qila oladi. Korxona ishga yollaydigan ishchilar sonini qisqartirsa, ishga kiruvchilar oʻrtasida raqobat kuchayadi va bu ish haqini muvozanat darajasidan pastga tushiradi. Monopolistik raqobat bozori oʻzining ba’zi bir xususiyatlari bilan mukammal raqobatlashgan bozorga oʻxshaydi. Bu yerda ham harakat qiluvchi firmalar koʻp, yangi firmalarni bozorga kirib kelishi yoki unda harakat qiluvchi firmalarning undan chiqib ketishi cheklanmagan. Lekin bu mukammal raqobatlashgan bozordan farq qiladi. Farq shundan iboratki, monopol raqobatlashgan bozordagi mahsulot differensiallashgan, ya’ni bir xil ehtiyojni qondiruvchi tovarni har bir firma oʻziga xos ravishda ishlab chiqarib sotadi va uning mahsuloti boshqa firmalarning mahsulotidan sifati, bezagi, tarkibi va sotuv markasi obroʻyi bilan farq qilishi mumkin. Tovarning differensiallashuvi deganda bozorda sotiladigan tovarni standartlashtirilmaganligi tushuniladi. Har bir firma oʻzining tovar markasini ishlab chiqarish boʻyicha monopol hisoblanadi va u bozorda ma’lum darajada monopol hokimiyatga ega boʻladi. Firmaning monopol hokimiyati uning mahsulotining boshqa firmalar mahsulotidan qanchalik farq qilishga bogʻliq. Masalan, tish yuvish pastalari monopol raqobat bozorida sotiladigan «Kolgeyt», «Pepsodend» va «Lesnoy balzam» pastalari bir-biridan qadoqlanishi, bezagi, davolash xususiyatlari bilan bir-biridan ajralib turadi. Monopol raqobat bozorga misol sifatida tish yuvish pastasi, kir yuvish paroshogi, xar-xil chanqov bosdi ichimliklari bozorlarini, kiyim-kechak bozorini keltirish mumkin. 2.Олигополик бозор ва унинг хусусиятлари. Oligopolistik bozorlarda sotuvchilarning faqat kichik guruhi boʻlganligi sababli, oligopoliyaning asosiy xususiyati hamkorlik va oʻz manfaatlarini yuqori qoʻyish oʻrtasidagi keskinlikdir. Oligopolistlar guruhi Monopolist yoqtiradigan – kam miqdorda ishlab chiqarish va chekli xarajatdan yuqori narxni belgilash-hamkorlik va ishlashning eng yaxshisidir. Chunki har bir oligopolist faqat oʻzining foydasi haqida oʻylaydi va bu yerda monopoliyadan chiqish yoʻlini davom ettirishdan firmaning bir guruhida kuchli ragʻbatlantiruvchi omil bor. Download 1.23 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling