Mikrokreditbank Boshqaruvi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot
Download 13.92 Kb.
|
0722 dastur
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.253-bandida
- 2.254-bandida
- 2.310-bandida
- Akmal Hamidov “Mikrokreditbank” ATB Boshqaruv Raisi birinchi o‘rinbosari
Mikrokreditbank Boshqaruvi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-sonli Farmoni hamda Strategiyaning “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi ijrosini taʼminlash yuzasidan ma’lumot Farmonning 2.253-bandida xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlarni yanada jadallashtirish yuzasidan bir qator topshiriqlar belgilab berilgan. Bank tomonidan xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlash, jumladan, ayollar tadbirkorligini rivojlantirish borasida muayyan ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Jumladan, 2022-yil boshidan bugungi kunga qadar 18 672 nafar xotin-qizlarning tadbirkorlikning turli yo‘nalishdagi loyihalarini moliyalashtirish bo‘yicha bank tomonidan zaruriy choralar ko‘rilgan holda ijtimoiy dasturlar doirasida 415,6 mlrd.so‘m imtiyozli kreditlar ajratish hisobiga 19 019 nafar ayollar bandligi taʼminlandi. Mazkur ajratilgan imtiyozli kreditlar hisobiga hududlarda ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish, tikuvchilik, parrandachilik, issiqxona, non va qandolat mahsulotlari ishlab chiqarish, asalarichilik, quyonchilik, hunarmandchilik, o‘zini-o‘zi band qilish hamda boshqa sohalarni yanada rivojlantirishga puxta zamin yaratildi. Ijtimoiy dasturlar doirasida aholi bandligini taʼminlash, jumladan, xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirish bo‘yicha loyihalarni moliyalashtirishda bank tomonidan zaruriy choralar ko‘rib boriladi. Shuningdek, 2.254-bandida “Аyollar daftari”ni yuritish orqali xotin-qizlar muammolarini hal etish tizimini yanada takomillashtirish belgilangan. Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida imtiyozli kreditlarni, ustuvor ravishda “Аyollar daftari”ga kiritilgan ishsiz xotin-qizlar bandligini taʼminlashga yo‘naltirish, ushbu daftarga kiritilgan xotin-qizlarga tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishdan oldin ularga tadbirkorlik ko‘nikmalarini o‘rgatish va biznes loyihalarini tayyorlashga ko‘maklashish, ularga imtiyozli kreditlar ajratish, xotin-qizlarni ishga jalb qilgan holda kooperatsiya usulida tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish yuzasidan bank tomonidan nazorat o‘rnatilgan. “Mikrokreditbank” АTB tomonidan xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlarni yanada jadallashtirish yo‘nalishida, shuningdek, 2022-yilda “Аyollar daftari” bo‘yicha o‘tkaziladigan xatlov natijalariga ko‘ra navbatdagi bosqichda daftarga kiritilgan, tadbirkorlik istagida bo‘lgan xotin-qizlarga imtiyozli kredit mablag‘lari ajratilishida ko‘maklashiladi. Dasturning 2.310-bandida hunarmandchilik faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha ham vazifalar belgilangan. Аholini hunarmandchilikka jalb qilish va hunarmandchilikni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlarni izchil davom ettirish, jumladan, hunarmandchilik faoliyati subyektlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash ishlarini yanada takomillashtirish va ularga qo‘shimcha qulayliklar yaratish orqali yangi ish o‘rinlarini tashkil etishda bank tomonidan muayyan ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Jumladan, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida joriy yil boshidan bugungi kunga qadar hunarmandchilik loyihalarini moliyalashtirish uchun 367 ta holatda 16,3 mlrd.so‘m miqdorida imtiyozli kredit mablag‘lari ajratilib, shundan 12,3 mlrd.so‘mi “Hunarmand” uyushmasiga aʼzo bo‘lgan 248 nafar hunarmand tadbirkorlarga ajratilgan kreditlar hissasiga to‘g‘ri keladi. Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida Farmonda belgilangan vazifalar ijrosi tizimli ravishda davom ettiriladi. Akmal Hamidov “Mikrokreditbank” ATB Boshqaruv Raisi birinchi o‘rinbosari Download 13.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling