Mikrometrda detallarni o’lchash. Ishdan maqsad
Download 31.47 Kb.
|
4a (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalaniladigan uskuna, moslama va o’lchov asboblari. Mikrometrik asboblardan biri MK tipidagi mikrometr, turli shakllarga ega detallar. Ishni bajarish tartibi.
- Tekshirish uchun savollar.
Mikrometrda detallarni o’lchash. Ishdan maqsad: Mikrometrik o’lchash asboblarining tuzilishi, ish printsipi, ularda detallar o’lchamlarini kontrol qilish. Nazariy qism. Mikrometrik asboblar tashki va ichki o’lchamlarni, o’yik va teshiklar chuqurligini o’lchashda keng ishlatiladigan o’lchash vositalaridandir. Ularning quyidagi xillari ishlab chiqariladi: tashki o’lchamlarni o’lchash uchun sillik MK; List va tasmalarning kalinligini o’lchaydigin tsiferblatli-ML; truba devorlarining kalinligini o’lchaydigan-MT; tishli gildiraklarning umumiy normalining uzunligini o’lchash uchun tish o’lchaydigan –MZ; yumshok materiallardan yasalgan detallarni va turli rez’balarni o’lchash uchun kuymalari bor mikrometrlar MVM, MVT, MVP; richagli mikrometrlar-MR, MVT, MRI; stol ustida turadigan mikrometrlar-MV, MG, MN1, MN2 . Bulardan tashkari mikrometrik nutromerlar va mikrometrik chuqurlik o’lchagichlar GOST bo’yicha ishlab chiqariladi (5-ilova). ST SEV 344-76-352-76, SV SEV 4134-83 bo’yicha ishlab chiqarilayotgan mikrometrlar o’lchash chegaralari skoba o’lchashiga bog’liq bo’lib, 0-25, 25-50,…275-300 300-400, 400-500 va 500-600 mm ga teng. 4-rasm.Mikrometr. 3-rasm, a,b da mikrometrning tuzilishi va sxemasi ko’rsatilgan. Skoba 1 ning teshiklariga bir tomondan tovon 2, ikkinchi tomondan teshikli dasta 5 presslangan bulib, teshik mikrometrik vint uchun yo’naltiruvchi vazifasini bajaradi .Mikrometrik vint 4 o’yiklari va tashki rez’basi bo’lgan mikrogayka 7 ga burab kiritiladi. Bu rez’baga maxsus rostlash gaykasi 8 burab kiritiladi, zazor qisqarib, mikrogayka 7 kisiladi. Mikrometrik vintga baraban 6 kiydirilgan va o’rnatuvchi kalpokcha-gayka 9 bilan maxkamlangan.Kalpokcha-gaykada uni va tartarak 10 ni tutashtiruvchi maxsus saqlash mexanizmi 12 montaj qilingan bo’lib, o’lchashda baraban 6 tartarak orkali aylantiriladi. Xrapovik gildirak, tish va prujinadan tashkil topgan saqlash tartarak mexanizmi jaglar orasidagi kuch 0,7 + 0,2 N dan oshib ketsa, tartarak 10 ni o’rnatish kalpokchasiga 9 va baraban 6 dan ajratadi va u harakterli tarillagan ovoz chiqarib aylanadi. Bunda mikrometrik vint 4 ni kerakli holatda maxkamlash uchun mikrometrik vint 4 ni kerakli holatda maxkamlash uchun mikrometr stoporlash vint II bilan jihozlangan. Tovon va vintning o’lchash sirtlari kattik kotishmalardan tayyonlangan. Mikrometr dastasi 5 da har 0,5 mm oralik bilan shkala 12 o’tkazilgan. Hisoblash oson bo’lsin uchun juft shtrixlar yaxlit bo’ylama chizik 13 ning yuqorisiga, tok shtrixlar pastiga tushirilgan bo’lib, ulardan barabanning aylanish burchagini hisoblashda foydalaniladi. Barabanning konus uchida doiraviy shkala 15 bo’lib, u 50 ta bo’linmaga surilsa, barabanning bitta bo’limiga surilish natijasida vint toretsi 0,01 mm ga, ya’ni baraban har bir darajasining qiymati 0,01 mm ga suriladi. Foydalaniladigan uskuna, moslama va o’lchov asboblari. Mikrometrik asboblardan biri MK tipidagi mikrometr, turli shakllarga ega detallar. Ishni bajarish tartibi. 1.MK tipidagi mikrometrni tuzilishi va ish printsipi to’la o’rganiladi. 2.O’rganilgan ma’lumotlar daftarga tushiriladi. 3.Amaliy ish (tajriba) o’tkazilib, olingan natijalar quyidagi jadvalgi to’ldiriladi.
Tekshirish uchun savollar. 1.Mikrometrik o’lchash asboblarining vazifasi va markasi haqida so’zlang? 2.MK tipidagi mikrometrni tuzilishi va ishlatish usuli haqida so’zlang? 3.Mikrometrik asboblarni qanday materiallardan tayyorlanadi? 4. Mikrometrik o’lchov asboblarini o’lchash aniqligi haqida gapiring? Download 31.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling