Mikroorganizmlar ekologiyasi


Download 93 Kb.
bet8/10
Sana02.01.2022
Hajmi93 Kb.
#191283
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
MIKROORGANIZMLAR EKOLOGIYASI

Tion bakteriyalari oltingugurt va sulfatlarning har xil tiklangan birikmalarini oksidlaydi. Ular tufayli murakkab metall inshootlari, tosh va temirbeton qurilmalar, rezinali asbob-uskuna va jihozlar (shina, shlang) korroziyaga uchraydi. Tiobatsillalar oksidlashi mumkin bo‘lgan oltingugurtning tiklangan birikmalari ma’lum; bular – oltingugurt (S–), vodorod sulfid, tiosulfat (S2O3–), tritionat (S3O6–), tiotsianat (CНS–) va b. Oltingugurt birikmalarini oksidlashda ajraladigan energiyani tiobatsillalar o‘sish va biosintez uchun qo‘llaydi. Ularning asosiy turlari Thiobacillus turkumiga mansub va spora hosil qilmaydigan tayoqcha shaklli, gramsalbiy, kichikroq xajmda (1-4x0,5 mkm). Ko‘pchilik turlari aksariyati polyar tomonlarida xivchinchali va harakatchan. Binar bo‘linish orqali ko‘payadi. Ba’zi turlari hujayra ichi membranalarining rivojlangan tarmoqlariga ega.

Tiobatsillalar aerob bo‘lib, ular odatda faqat molekulyar kislorod mavjudligida o‘sadi; ba’zi shtammlari uning miqdori kam bo‘lganida ham o‘sishi mumkin. Ular orasida fakultativ anaeroblari (T. denitrificans) mavjud. Muhit kislotaligi darajasiga nisbatan tiobatsillalar neytral muhitda o‘sadiganlarga va atsidofillarga bo‘linadi. Atsidofillar uchun optimum рh 2,5-3,5, ammo ular hatto рh 0,5-1,5 bo‘lganida ham o‘sishi mumkin. Neytral sharoitda o‘sadiganlar qatoriga T. thioparus, T. denitrificans va b. kiradi. Atsidofillarga T. thiooxidans, T. ferrooxidans, T. acidophilus va b. mansubdir. Tiobatsillalarning aksariyati uchun optimal harorat 25-30 С0, ammo ba’zi shtammlari 8-10 С0 da, boshqalari esa 60-75 С0 da ham o‘sa oladi.




Download 93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling