Mikroorganizmlardan nuklein kislotalar ajratish usullari
Download 1.02 Mb.
|
5-BIOLOGIYA AMALIY (3)
Shunga qaramasdan, nuklein kislotalar shu organizmda sintezlanadigan oqsillarning aminokislota tarkibi va strukturasini belgiluvchi informatsiyani saqlaydi, hamda uning sintezini ta’minlaydi.Nuklein kislotalar mononukleotidlardan tashkil topgan. Nukleotidlar esa gidrolizlanganda (kislota, ishqor yoki ferment ta’sirida) bir molekula fosfat kislota ajratib nukleozidlarga aylanadi, nukleozid esa bir molekula pentoza (dnkda dezoksiriboza, rnkda riboza) va bir molekula azotli asosning birikmasidir. Nuklein kislotalar tarkibiga kiruvchi azotli asoslar ikki xil bo‘ladi: purinli va pirimidinli asoslar. Azotli asoslar esa pentozalar qoldiqlariga birikkan. DNK va RNK bir-biridan faqat pentozalari bilangina farq kilmay azotli asoslari bilan ham fakr qiladi. DNK tarkibiga adenin, guanin, sitozin va timin kirsa, rnkga adenin, guanin, sitozin va urotsil kiradi. DNK va RNK molekulalari zanjirlari bir-biridan spirallarining soni bilan farq qiladi. DNK tarkibida adenin va timinning soni hamda guanin va sitozinning soni bir-biriga teng.
Nuklein kislotalarning monomeri hisoblangan nukleotidlar tirik hujayra modda almashinishida alohida funksiyalarni ham bajarib muhim ferment- lar tarkibiga kirsa, ayrimlari shunday moddalarki, ularda energiya to‘planib hayot faoliyati jarayonlarini ta’minlaydi. Masalan, bir molekula fosfat kislotasi riboza va adenindan hosil bo‘lgan nukleotid adenozin-5- monofosfat yoki adenil kislotasi deyiladi. Download 1.02 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling