Mikroorganizmlarni suyuq ozuqa muhitida o’stirish jihozlari
Download 191.87 Kb.
|
Botanika kurs ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati K i r i sh.
Mikroorganizmlarni suyuq ozuqa muhitida o’stirish jihozlari MUNDARIJA Kirish Asosiy qism Mikroorganizmlarni o‘stirish jarayonida biologik faol moddalar hosil qilishiga ta'sir qiluvchi omillar Mikroorganizmlarni sanoat miqyosida o‘stirish Mikroorganizmlarni suyuq ozuqa muhitida o‘stirish jihozlari Mikroorganizmlarni o‘stirish jihozlari ishlash prinsiplari Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati K i r i sh. Fermentlarning produtsentlarini o‘stirish ularni qattiq va suyuq ozuqa muhitlariga ekish usullari bilan olib boriladi. Qattiq ozuqa mu³itlarining yuza qismida faqat aerob mikroorganizmlarni o‘stirish mumkin. Biotexnologiyaning keyingi vaqtlarda ko’p olimlarning diqqatini o’ziga jalb qilayotgan yana bir bo’limi – gen muhandisligi juda tez rivojlanib, qisqa muddat ichida tabiatning ajoyib sirlarini ochib berdi. Hozirgacha olingan ma’lumotlar DNK xromosomalardagi genlarni saqlovchi, irsiyatni tashuvchi modda ekanligi to’la tasdiqlandi. Avvalo, mikroorganizmlarning bir tipi ikkinchi tipidan olingan DNK bilan ishlanganda uning xususiyatlari birinchi tip mikroorganizmlarga o’tishining kuzatilishiga asoslangan DNKning genetik roli haqidagi tushuncha to’xtovsiz rivojlanmoqda. Ekperimental tekshirishlar irsiy belgilarning bir avloddan ikkinchi avlodga o’tishini belgilaydigan genlar DNK molekulasining alohida sigmentlaridan (chegaralangan qismlardan) iborat ekanligini tasdiqladi. Ana shu sigmentlar maxsus DNK sintez qilish orqali hujayra sitoplazmasida spetsifik oqsilni vujudga keltirish bilan DNK molekulasidagi informatsiyani amalga oshiradi.Hujayra va organizmning o’ziga xos xususiyatlari esa ma’lum vaqtda, tegishli o’rinda, hamda kerakli miqdorda spetsifik oqsilning paydo bo’lishi bilan belgilanadi. Endilikda oqsil molekulasining spetsifik sintezi mexanizmi va bu jarayonning xromosomalarda joylashgan DNK molekulalari tomonidan idora qilinishi yo’llari kashf etilib, irsiy belgilarning bir avloddan ikkinchisiga o’tishi va uning yuzaga chiqish mexanizmi aniqlandi. Oqsillar va nuklein kislota molekulalarining strukturasi bilan ularning biologik funksiyasi orasidagi bog‘lanishning aniqlanishi, birinchi navbatda biotexnologiya fanining ma’lumotlariga asoslangan eng yosh soha – gen muhandisligining dastlabki, ammo eng muhim yutuqlaridandir. Download 191.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling