Mikroorganzmlarning kimyoviy tarkibi va oziqlanishi. Mikroorganizmlarning fermentlari. Mikroorganizmlarning nafas olishi. Tayanch iboralar
Download 19.23 Kb.
|
4mikro
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mikroorganizmlarning kimyoviy tarkibi.
Mikroorganizmlar oziqlanishi Reja: 1. Mikroorganzmlarning kimyoviy tarkibi va oziqlanishi. 2. Mikroorganizmlarning fermentlari. 3.Mikroorganizmlarning nafas olishi. Tayanch iboralar: Erkin, birikkan suv, oddiy va murakkab oqsillar, proteid, lipidlar, nuklein kislotasi, quruq modda, ribonuklein kislotasi, dezoksiribonuklein kislotasi, polisaharid, mineral moddalar, mikroelementlar, fermentlar, biologik katalizatorlar, hujayra metobolizmi. Mikroorganizmlarning kimyoviy tarkibi. Suv mikrob hujayrasi hayot faoliyati bog’liq bo’lgan asosiy komponentlardan biridir. Uning miqdori o’rtacha 75- 85 % ni tashkil etib, birikkan va erkin holatda bo’ladi. Hujayra sporasida suv birikkan, vegetativ shaklida esa erkin holatda bo’ladi. Sitoplazma tarkibiy qismi sifatida suv- oqsil, uglevod, yog’ molekulalari va boshqa birikmalari bilan birikkan bo’ladi. Shuning uchun erituvchi bo’lolmaydi. Erkin suv kristall moddalar uchun erituvchi, ionlar va elektr zaryadlarini harakatlantiruvchi muhit sifatida xizmat qiladi. Suv ishtirokida hujayrada fiziologik va biokimyoviy jarayonlar kechadi. Mikroblarning 15- 25 % ni quruq moddalar tashkil etadi: 8-15 % azot, 45- 55 % uglerod, 25-30 % kislorod, 6-8 % vodorod, 2-15 % mineral moddalar(makroelementlar – oltingugurt, fosfor, kaliy, kalsiy, magniy, temir, sisiliy, xlor va mikroelementlar – margenes, molibden,sink, mis, kobalt, nikel, vanadiy, bo’r) Ana shu organogenlar va ularning birikmalaridan mikroorganizmlar oqsil, uglevod, lipid, nuklein kislotalari, fermentlar, vitaminlar va h.k larni sintezlaydi. Organik moddalar ichida oqsil hujayraning eng muhim hayotiy moddasi hisoblanadi. Patogen mikroblar tanasida oqsil quruq moddalarning yarmidan ko’pini, boshqalarida esa 80 % gacha miqdorini tashkil qiladi. Antigen, toksin, fermentlar – oqsil bo’lib, mikrob hujayrasi hayotida ularning ahamiyati katta. Uglevodlar mikrob hujayrasida polisaxaridlar bilan ifodalanadi. Sitoplazmada uglevodlar kraxmal va glikogen donachalari ko’rinishda bo’ladi. Ular asosan energetik material sifatida xizmat qilib, mikrob hujayra sida 12 dan 18 % cha bo’ladi. Azotabakteriyalar, kuydirgi qo’zg’atuvchisi va h.k. lar kabi kapsulali mikroblar uglevodlarga boy. Har bir mikroorganizmda ma’lum polisaharid bo’lib, mikrobni farqlash ga imkon beradi. Uglevodlardan tarkib topgan patogen mikrob kapsulasi ularning virulentligini oshirib, himoya vazifasini bajaradi. Lipidlar. Ularning miqdori 3,8 dan 40 % cha bo’ladi. Lipidlar sitoplazmaning ma’lum tuzilishini qo’llab turadi va sitoplazmatik membrana tarkibiga kiradi. Lipidlar mikrob hujayrasida bir xilda taqsimlanmagan. Sitoplazmaning yuza qavati va hujayra qobig’ida ko’proq uchraydi. Lipid va lipoidlar mikroblarning kislota va boshqa moddalarga chidamliligini oshiradi. Tuberkulyoz, cho’chqa saramasining qo’zg’atuvchilarini spora va kapsulasi bo’lmasa-da, lipidlar yordamida ular tashqi muhitning noqulay sharoitlarida uzoq vaqt saqlanishi mumkin. Download 19.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling