Mikroorganzmlarning kimyoviy tarkibi va oziqlanishi. Mikroorganizmlarning fermentlari. Mikroorganizmlarning nafas olishi. Tayanch iboralar


Download 19.23 Kb.
bet5/6
Sana01.03.2023
Hajmi19.23 Kb.
#1240945
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
4mikro

Mikroorganizmlarning toksinlari. Ko’pgina patogen mikroblar – toksin –zaharli moddalar ishlab chiqaradi. Toksinlar mikroblar tashqi muhitga ishlab chiqaradigan ekzotoksinlarga va mikrob hujayrasi tanasi bilan bog’langan endotoksinlarga bo’linadi. Ekzotoksinlarni toksin hosil qiluvchi mikroblarning bulonli kulturalarini filtrlab ajratish mumkin Botulizm, qoqshol, difteriya qo’zg’atuvchilarning toksigenlik xususiyatlari kuchli rivojlangan. Endotoksinlar mikrob hujayrasini parchalagandan keyingina (fizikaviy, kimyoviy, biologik usullarda) ajraladi.
Mikrob ekzotoksinlari oqsil tabiatli bo’lib, aktiv antigen hisoblanadi va ularga organizm antitelo paydo qiladi. Antitoksik zardoblar toksinga qarshi ta’sir qiladi, mikrob hujayrasiga emas. Ba’zi bir bakteriya va zamburug’lar bo’yoq moddalar – pigmentlar hosil qiladi. Bunda mikroblarning zich oziq muhitda hosil qilgan koloniyalari har xil rangda bo’ladi – qizil, ko’k, oq, tilla rang, yashil,qora va h.k.
Tabiatda nurlanuvchi mikroblar ham mavjud. Ular fotobakteriyalar deyilib yog’och, baliq tangachalari, go’sht, dengiz suvi va h.k ning nurlanishini hosil qiladi. Ba’zi bir bakteriyalar, xushbo‟y moddalar hosil qiladi – vino, sut mahsulotlari, pichan va h.k. ni xushbo’y hidli qiladi.
Mikroorganizmlarning ko‟payishi deb ularning o’z-o’zidan ko’payib (bo’linib) mikrob hujayralari miqdorining ortishiga aytiladi. Bakteriyalar jinssiz (bo’linish) va jinsiy kopulyasiya yo’li bilan ko’payadi.
Mikrob kulturasini oziq muhitda o’sishida bir nechta bosqich (faza) larni o’tadi. Ularni ba’zi avtorlar 8 ta, boshqalari 4 ta bosqichga bo’ladilar.

  1. Boshlanish fazasi (lag-faza). Bu fazada kultura oziq muhitga moslashadi.

  2. Eksponensial (logarifmik) faza – kulturada hujayralar maksimal darajada ko’payadi. Geometrik ko’payish bo’ladi (1,2,4,8,16,256 va h.k) Fazaning oxirida kulturaning o’sishi sekinlashadi.

  3. Stasionar faza – yetilgan davr. Yangi hosil bo’lgan va o’lgan hujayralar miqdori tenglashadi.

  4. O’lish fazasi- bunda hujayralar kamayibgina qolmay, o’zgaradi ham. Sporalar hosil bo’ladi. Mikrob hujayrasining ko’payish qonuniyatini bilish kulturallarni oziq muhitlarda o’stirish va saqlashda muhim amaliy ahamiyatga ega.



Download 19.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling