Mikroorganzmlarning kimyoviy tarkibi va oziqlanishi. Mikroorganizmlarning fermentlari. Mikroorganizmlarning nafas olishi. Tayanch iboralar
Mikroorganizmlarning nafas olishi
Download 19.23 Kb.
|
4mikro
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mikroorganizmlarning fermentlari
Mikroorganizmlarning nafas olishi. Mikrob hujayrasida bo’ladigan modda almashish jarayonlari ma’lum energiya talab qiladi. Boikimyoviy jarayonlar davrida mikrob hujayralari uchun zarur bo’lgan energiya ajralib chiqadi va ularning nafas olishi deyiladi. Mikroorganizmlar molekulyar kislorodga bo’lgan munosabatlariga qarab farqlanadi: 1) aerob mikroblar- ular atmosferadagi kislorodni o’zlashtirib organik va anorganik moddalarni biologik oksidlab, ma’lum miqdorda energiya ajratadi; 2) anaerob mikroblar- kislorodsiz, azotsiz organik birikmalarni parchalash yo’li bilan bajariladi. Bunda shakarlarni parchalovchi fermentlar uglevodorodlarga ta’sir etib, kislorod va energiya hosil qiladi. Fakultativ anaerob – nafas olish aralash turda boradi. Mikroaerofillar (qoramol brusellyozi, leptospiroz qo’zg’atuv chisi) – ko’payishining birinchi bosqichida molekulyar kislorodni (1% cha) kam miqdorda talab qiladi. Obligat aerob mikroblar (kuydirgi, sil tayoqchalar)faqat molekulyar kislorod yetarli bo’lganda,obligat anaeroblar faqat anaerob sharoitda rivojlanadi. Mikroorganizmlarning nafas olish jarayonlari fermentlar ishtirokida elektronlarni manfiy potensialli sistemadan musbat potensialli sistemaga o’tkazish yo’li bilan ketma – ket ulangan oksidlanish – qaytarilish reaksiyalari bo’lib hisoblanadi. Ba’zi hollarda mikroblar nafas olish davrida hosil bo’lgan barcha issiqlik energiyani o’zlashtira olmaydilar. Energiya tashqi muhitga ajralib chiqadi – ekzotermik reaksiya sodir bo’ladi Ekzotermik reaksiya davrida harorat 60- 70° S ga ko’tarilib, muhit biologik dezinfeksiyanadi.
Mikroorganizmlarning fermentlari – mikrob hujayralari tomonidan sintezlanib, endo va ekzofermentlarga bo’linadi. Metobolizmda ishtirok etuvchi fermentlar organizm hujayrasida bo’lib, ular – endo fermentlar (hujayra ichidagi fermentlar) deyiladi. Mikroorganizm hujayrasi ba’zi fermentlarni tashqi muhitga ajratadi, ular - ekzofermentlar deyiladi. Ekzofermentlar oziq moddalarni oddiy birikmaga aylantiradi, ular mikrob hujayrasi qobig’idan o’tadi va plastik material sifatida xizmat qiladi. Fermentlar ular ta’sir etadigan moddalar nomiga «aza» qo’shimchasini qo’shib nomlanadi. Masalan kraxmalga ta’sir etuvchi ferment – amilaza, yog’larga – lipaza, oqsillarga- proteinaza. Download 19.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling