Mikroprosessorlar


Download 345.19 Kb.
bet3/5
Sana18.06.2023
Hajmi345.19 Kb.
#1563783
1   2   3   4   5
Bog'liq
3 Mikroprosessorlar-fayllar.org

To`rtinchi avlod (1970-1980 yillar) EХMlarida bir kremniy kristallida o’n minglab o’tkazgich elementlar bo’lgan katta integral sxemalar (BIS-Bolshaya integralnaya sxema ) kullaniladi.Bir kremniy kristallida butunlay joylashadigan EХM protsessorning yaratilishi ХХ asrning ajoyib yutug’i bo’ldi. Bunday bir kristalli protsessorlar mikroprotsessorlar degan nomni oldi. Natijada bitta platada EХMning hamma qurilmalarning elektron sxemalarini joylashtirish mumkin bo’lib, o’ttiz yil ilgari katta zalni egallagan EХMning o’zi esa hajmi va narxi buyicha foydalanuvchining ish joyida yakka tartibda ko’llashga imkon yaratib berdi. Natijada shaxsiy EХMlar, chuntak va stol mikrokalkulyatori paydo buldi.
Hozirgi paytda ishlash tezligi, xotira sig’imi va boshqa xususiyatlari bo’yicha eng yuqori bo’lgan "Super EХM" mashinalari tayyorlash imkoniyati paydo bo’ldi .Bunday EХMlar eng zamonaviy elementlar bazasida tayyorlanib, juda qimmatbaho, lekin bu mashinalar fan va texnikaning turli soxalarida tengi yo’qdir. Ularning tezligi sekundiga 100 mingdan bir necha million arifmetik amalgacha bo’lib, bunday EХMlar jumlasiga hozirgi paytda ishlab chiqarishda keng qo’llanilayotgan 486 DX2-66,Power Macintosh,VIST 2000 Pentium va x.k. kiradi.
Beshinchi avlod kompyuterlari optik elementlar asosida yaratilgan bo’lib, ular kelajak mahsuli hisoblanadi. Bunda elektr toki lazer nurlari bilan almashtiriladi. Natijada kompyuterning tuzilishi ham tubdan o’zgaradi. Uning asosiy xususiyatlaridan biri faqat sonli hisoblashlarni emas, balki axborotni kiritishda analiz qilish usuli bilan fikrlanadigan axborotlarni ham bajarish imkoniyatiga ega, yani kompyuter bilan muloqot tabiiy maxsus bilimga ham ega bo’lmogi kerak. Хulosa qilib aytganda, beshinchi avlod kompyuterlarning ishlash prinsipi inson tafakkurining faoliyatiga iloji boricha yaqinlashuvi lozim. Demak, ushbu avlod kompyuterlarning operativ xotirasi suniy intellekda tasvirlanishi kerak. Bundan ko’rinadiki, beshinchi avlod EХMlarini faqatgina bizga malum bo’lgan hisoblash jarayonlari uchun emas, balki inson faoliyatining turli soxalarida keng ko’lamda qo’llash mumkin bo’ladi. Ularning tezligi yorug’lik tezligiga yaqin bo’lib, bunday kompyuterlar loyixasi ichida yapon loyixalari birinchi o’rinni egallaydi.
1897 yil. Angliyalik fizik J. Tomson elektron nurli trubka ishlab chiqdi.
1904-1906 yillar. Elektron diod va triod ishlab chiqildi.
1944 yil. Amerikalik matematik Govard Ayken rahbarligida dastur yordamida boshqariladigan avtomatik hisoblash mashinasi – “Mark – 1” bunyod etildi. U elektro-mexanik relelar asosida qurilgan bo'lib, ma’lumotlarni qayta ishlash dasturi perfolenta orqali kiritilar edi.
1945 yil. Jon fon Neyman “Edvak” mashinasi haqidagi dastlabki hisobotida zamonaviy kompyuterlarning asosiy tashkil etuvchilari va ishlash prinsiplarini tavsiflab berdi
1946 yil. Amerikalik J. Ekkert va J. Mouchli “Eniak” (Electronic Numerical Integrator and Computer) nomli birinch elektron raqamli kompyuter yasadilar. Unga 20 ming elektron lampa va 1,5 mingta rele ishlatildi. U “Mark – 1” dan ming barobar tezroq ishlab, sekundiga 300 ta ko'paytirish va 5000 ta qo'shish amallarini bajarar edi.
1948 yil. Amerikaning Bell Laboratories firmasida fiziklar – Uilyam Shokli, Uolter Bratteyn va Jon Bardin tranzistor yaratishdi. Buning uchun ular Nobel mukofotiga sazovor bo'lishdi.
1957 yil. Amerikaning NCR firmasi tomonidan birinchi tranzistorli kompyuter yaratildi.
1958 yil. Jek Kilbi (Texas Instruments firmasi) birinchi integral sxemani yaratdi.
1967 yil. S.A.Lebedyev rahbarligida sekundiga bir million amal bajara oladigan, dunyodagi eng tezkor EHM – BESM-6 ning ommaviy ishlab chiqarilishi tashkil etildi. Uning ketidan “Elbrus” – sekundiga 10 million amal bajara oladigan, yangi turdagi EHM ishlab chiqarildi.
1968 yil. Intel firmasi tashkil etildi. Xozirda u mikroprotsessorlar hamda kompyuterning boshqa integral sxemalarini ishlab chiqarish sohasida dunyoda yetakchi o'rin tutadi.
1971 yil. Intel firmasi oddiy mix qalpoqchasidan katta bo'lmagan kristalga joylashgan 2250 ta tranzistordan iborat 4004 mikroprotsessorini ishlab chiqardi.
1974 yil. Intel firmasi 4500 ta tranzistordan iborat 8080 – birinchi universal sakkiz razryadli mikroprotsessor ishlab chiqardi.
1979 yil. Intel firmasi 8088 mikroprotsessorini ishlab chiqdi.
1981 yil. IBM firmasi 8088 mikroprotsessori asosida tashkil qilingan IBM PC nomli birinchi shaxsiy kompyuterini ishlab chiqdi.
1982 yil. Intel firmasi 80286 mikroprotsessorini ishlab chiqdi.
1985 yil. Intel firmasi 80386 mikroprotsessorini ishlab chiqdi.
1993 yil. Intel firmasi Pentium mikroprotsessorini ishlab chiqardi.


Download 345.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling