Mikroprosessorlar


Download 345.19 Kb.
bet5/5
Sana18.06.2023
Hajmi345.19 Kb.
#1563783
1   2   3   4   5
Bog'liq
3 Mikroprosessorlar-fayllar.org

Pentium Pro protsessori
Pentium MMX ning davomchisi Pentium Pro protsessori bo‘ldi. 1995 yil sentuabrida taqdim etilib, 1996 yili keng sotila boshladi. Protsessor Socket 8 tipli uyaga o‘rnatiladigan 387 –kontaktli korpusning ichiga joylashtiriladi, shuning uchun, u oldingi Pentium protsessorlari bilan moslashuvchan emas. Dual Cavity PGA (PGA ikkilangan korpusi) deb ataluvchi Intel texnologiyasi asosida bajarilgan bir nechta mikrosxemalar MCM (Multi-Chip Module) modulga biriktirilgan. 387-kontaktli korpus ichida ikkita mikrosxema joylashgan bo‘lib, ulardan biri Pentium Pro protsessorini, ikkinchisi esa256 Кbayt, 512 Кbayt yoki 1 Мbayt sig‘imdagi ikki bosqichdagi kesh xotirani o‘z ichiga oladi. Protsessorning o‘zida 5,5 mln tranzistorlar, birinchi bosqichdagi kesh –xotirada 256 Кbayt — 15,5 mln sig‘imli tranzistorlar,ikkinchi kesh- xotirada 512 Кbayt— 31 mln sig‘imdagi, 512 Кбай sig‘imli kesh –xotirali modulda 36,5 mln tranzistorlar mavjud bo‘lib,1Mbayt sig‘imda ularning soni 68 mln ga borib qoldi! 1 Мbayt sig‘imga ega bo‘lgan Pentium Pro uchta mikrosxemadan iborat: protsessor va 512 Kbayt sig‘imli ikkita kesh-xotira. 4.3-jadvalda Pentium Pro protsessorining texnik xarakteristikalari keltirilgan
Pentium Pro protsessori xarakteristikalari

Vujudga kelish sanasi


1995 yil ,noyabr


Maksimal takt chastotasi


150, 166,180,200 MGts


Chastotaning ko‘payish chastotasi


2,5x,3x

Registrlarning razryadliligi

32

Malumotlarning tashqi shinasining razryadliligi

64

Ichki kesh shinasining razryadliligi

64

Manzil shinasining razryadliligi

36

Maksimal manzillanuvchi xotira sig‘imi

64Gbayt

Virtuyal xotiraning maksimal sig‘imi

64 Gbayt


Ichki kesh hotiraning o‘lchami


8 Kbayt (kod uchun), 8 Kbayt (ma’lu motlar uchun)


Uyaning tipi


Socket 8


Korpus

387-kontaktli DUAL Cavity PGA

O‘lchamlari


6,25x 6,76 sm


Soprotsessor


Ichki o‘rnatilgan


Energiya ta’minotining pasayishi


SMM tizim(System Management Mode)


Ta’minot kuchlanishi


3,1 yoki 3,3 V


AMD K-6 protsessori P5 (Pentium) ning protsessorlar uchun tizimli platasida o‘rnatiladigan yo‘qori unumdorli oltinchi avlod protsessoridir. Unumdorligi jixatidan u, Pentium va Pentium II orasidagi o‘ringa joylashgan. Bu protsessor 5-avlod protsessorlari va tizimli platalari uchun mo‘ljallangan Socket 7 tipli uya uchun ishlanganligi uchun, u xaqiqiy oltinchi avlod protsessoridek ishlay olmaydi, chunki Socket 7 xotira va keshning imkoniyatini jiddiy chegaralaydi. Biroq AMD-K6 Pentium ning jiddiy raqobatchisi hisoblanadi. AMD-K6 protsessorida sanoat standarti bo‘yicha, multimediya buyruqlarining yangi tizimi (MMX) amalga oshirilgan, u esa AMD K6-2 protsessorlarida yangilandi va 3Dnow atala boshladi. AMD firmasi Socket 7 tip uyali protsessorni ishlab chiqdi. Bu esa kompyuter ishlab chiqaruvchilar uchun, modernizatsiyalash oson bo‘lgan tizimlarni yaratishga imkon beradi. AMD-K6 protsessori texnik xarakteristikalari:


oltinchi avlod ichki arxitekturasi, 5-avlod tashqi interfeysi;x86 buiruqlarni RISC buiruqlarga translyatsiya qiluvchi ichki RISC-yadro;
buyruqlarning bajarilishida superskalyar modullari (yetti);
dinamik bajarilishi;
o‘tishlarni oldindan aytish;Oldindan bajarilishi;
64 Kbaytli katta kesh (32 Kbayt sig‘imdagi buyruqlar uchun, qo‘shimcha ma’lumotlar uchun 32 Kbayt sig‘imdagi teskari

yozuvli ikki portli kesh);


siljuvchi vergulli sonlar ustida amallarni bajarish uchun ichki modul (FPU);
MMX buiruqlarini qo‘llashga sanoat standarti;
SMM rejimi;
Ceramic Pin Grid Array (CPGA) konstruksiyasining Socket 7 tipli uyasi;
5 qavat 0,35- va 0,25-mikronli texnologiyani tayorlshda foydalanish K6-2 protsessoriga quyidagilar qo‘shilgan:
Ancha yuqori takt chastotalari;
100 MGts (Super 7 uyali tizimli platalar uchun) tizimli shinani qo‘llash;
3DNow deb nomlangan, grafika va multimediya bilan ishlash uchun yangi 21-tuzilma;
K6-3 protsessoriga, uning chastotasida ishlovchi, 256 Kbayt sig‘imdagi ikki bosqichli kesh –xotira qo‘shilgan. K6-3 ni bunday mukammallashtirish Celeron va Pentium II.darajasida turuvchi uning unumdorligini oshirdi.
AMD-K6 protsessori arxitekturasiga ko‘ra x86 bilan ikkilik kod bo‘yicha mutanosib, ya’ni MMX buyruqlari bilan birgalikda, u Intelning barcha dasturiy ta’minotini bajaradi, Socket 7 tipli uyalar tuzilmasi bilan shartlashilgan, etarli darajada quyi bo‘lgan,ikkinchi bosqichli kesh-xotiranining unumdorligini oshirish uchun, AMD birinchi bosqichli ichki kesh –xotiraning umumiy si’g‘imini 64 Kbaytgacha orttirdi (ya’ni uning sig‘imi Pentium II ga qaraganda ikki marta katta ). Bunga dinamik bajarilish imkoniyatini qo‘shadigan bo‘lsak K6 protsessorini tezligi bo‘yicha Pentium bilan, unumdorligi bo‘yicha Pentium II ning berilgan takt chastotasi bilan qiyoslasa bo‘ladi. AMD-K5 va K6 protsessorlari Socket 7 tipli uyaga o‘rnatiladi.Biroq, zarur kuchlanishni o‘rnatish va BIOS parametrlarini o‘zgartirish uchun ba’zi bir tuzatishlar kiritish talab qilinadi. Agar tizimli plata mos kuchlanishda tursa AMD-K6 ning ishonchli ishi ta’minlanadi.
Download 345.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling