Mikroprostessorlar va integral sxemalar rivojlanishining asosiy bosqichlari
Mikroprotsessorlar va shaxsiy kompyuter. Asosiy ta’rifi. Turkumlanishi
Download 1.04 Mb.
|
1 ma\'ruza
1.2.Mikroprotsessorlar va shaxsiy kompyuter. Asosiy ta’rifi. Turkumlanishi
Elektron hisoblash texnikasining oxirgi yutug’i KIS (katta integralli sxema) va ular asosida yasalgan mikroprotsessorlar bo'lib, bu qurilmalar kristallda 35 million funksional zichlikka ega bo’lgan elementlardan tashkil topgan bir yoki bir nechta juda kichik kremniy bo'lakchalaridan tashkil topadi. Mikroprotsessorlar yordamida programmaviy boshqarish asosida axborotni qayta ishlash, jumladan, axborotni kiritish va chiqarish, qaror qabul qilish, arifmetik va mantiqiy amallarni bajarish mumkin. Elektron hisoblash mashinasi (EHM) hisoblash amallarini bajarishga mo’ljallangan qurilma bo'lib, protsessor (hisoblagich) uning asosiy qurilmasidir. Mikroprotsessor (MP), boshqachasiga central processing unit (CPU), — dasturli boshqariladigan, axborotni qayta ishlaydigan funksional tugallangan qurilma bo’lib, u bitta yoki bir nechta katta (KIS) yoki juda katta (JKIS) integral sxemalar ko’rinishda tayyorlangan. Mikroprotsessor quyidagi vazifalarni bajaradi: •asosiy xotiradan (AX) buyruqlarni o’qish va deshifrlash (ochish); • ma’lumotlarni AX dan va tashqi qurilmalar (TK) adapterlarining registrlaridan o’qish; • so’rovlarni va buyruqlarni adapterlardan TK larga xizmat ko’rsatish uchun qabul qilish va qayta ishlash; • ma’lumotlarni qayta ishlash hamda ularni AX ga va TK adapterlarining registrlariga yozish; • shaxsiy kompyuterning barcha boshqa uzellari va bloklari uchun boshqaruvchi signallarni ishlab chiqish. Mikroprotsessor qiymatlar shinasining razryadliligi SHK ning razryadliligini aniqlaydi; MP adreslar shinasini razryadliligi uning adres kengligini aniqlaydi. Adres kengligi — bu asosiy xotira yacheykalarining maksimal soni bo’lib, u bevosita mikroprotsessor tomonidan adreslanishi mumkin. Birinchi MP 4004 mikroprotsessori Intel firmasi (AQSH) tomonidan 1971 yilda ishlab chiqarilgan. Hozirgi vaqtda bir necha yuzlab turli mikroprotsessorlar chiqarilmoqda, lekin еng ommaviy va keng tarqalgani Intel va Intel ga o’xshash firmalarning mikroprotsessorlaridir. Download 1.04 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling