Mikroprostessorlar va integral sxemalar rivojlanishining asosiy bosqichlari
Download 1.04 Mb.
|
1 ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch suz va iboralar
- Qushimcha adabiyotlar
- 1.1. Mikroprostessorli texnologiyalarning foydalanish muxitlari
1- MA'RUZA MIKROPROSTESSORLAR VA INTEGRAL SXEMALAR RIVOJLANISHINING ASOSIY BOSQICHLARI REJA 1. Mikroprostessorli texnologiyalarning foydalanish muxitlari. 2.Mikroprotsessorlar va shaxsiy kompyuterlar. Asosiy ta’rifi. Turkumlanishi. Xisoblash texnikasining rivojlanish boskichlari. 3. Bir platali va bir kristalli mikroprotsessorlar.Mikroprotsessorlarning asosiy turlari. 4.Shaxsiy kompyuter ning tuzilishi (arxitekturasi). Tayanch suz va iboralar: Mikroprotsessorlar, shaxsiy kompyuter, katta integralli sxema, central processing unit, CISC, RISC, MISC. Foydalanilgan adabiyotlar Asosiy adabiyotlar 1. David Money Harris. Sarah L. Harris Digital Design and Computer Architecture. Second Edition. ISBN: 978-0-12-394424-5. Morgan Kaufmann.2013. – 675 p. 2. Muhammad Ali Mazidi,Janice Gillispie Mazidi,Rolin D. McKinlay The 8051 Microcontroller and Embedded Systems.Using Assembly and C Second Edition.2014. – page – 617. ISBN-13: 978-0131194021,ISBN-10: 013119402X 3.Алиев М.М. Цифровая вычислительная техника и микропроцессоры. Учебное пособие. Т.: ALOKACHI. – 2010. – 87 стр. 4.Моисейкин Е.В. Микроконтроллеры семейства MCS – 51 .Теория и практика: учебно-методическое пособие / Е.В. Моисейкин. – Екатеринбург : Изд-во Урал.ун-та, 2017. – 144 с. Qushimcha adabiyotlar 1. Aliуev M.M.,Tulyaganova Z.X. Raqamli hisoblash texnikasi va mikroprotsessorlar. T. 2006. 2. Антошина И.В., Kotov Yu.T. Микропроцессоры, микропроцессорные системы. – M.: MGIL, 2005. – 432 s. 3. Бойко В.И. и др. Схемотехника электронных систем. Микропроцессоры и микроконтроллеры /Авторы: В.И. Бойко, А.Н. Гуржий,В.Я. Жуйков и др. – СПб.: БХВ-Петербург, 2004. – 464 с.: ISBN 5-94157-467-3 (Б72) 1.1. Mikroprostessorli texnologiyalarning foydalanish muxitlari Xo’jalik faoliyatining turli sohalariga va avvalo, loyihalashga, asbob-uskunalarni va texnologiya jarayonlarini boshqarishga avtomatlashtirilgan tizimlarni joriy qilish. Ishlab chiqarishni avtomatlashtirish darajasini taxminan ikki baravar oshirish. Tez va tejamli qayta quriladigan kompleks avtomatlashtirilgan ishlab chiqarishni barpo etish ko’zda tutilgan. Xalq xo’jaligi sohalarida hisoblash texnikasi birinchi navbatda katta integrally sxema asosida qurilgan mikroprotsessor texnikasini qo’llash bilan bunday masalalar echiladi. Mikroprotsessor (MP) lar va shaxsiy kompyuterlar (ShK)larda foydalaniladigan dastur vositasida boshqarish universal qurilmalar xususiyatiga ega bo’lgani uchun ulardan ma’lumotlarni raqamli qayta ishlash va raqamli boshqarish usullaridan ilgari foydalanish iqtisodiy jihatdan o’zini oqlamagan texnika va xalq xo’jaligi sohalariga qo’llash imkonini beradi. MP va shaxsiy kompyuter larni keng ko’lamda ishlab chiqarish, ularning texnik ko’rsatkichlarini yaxshilanishini hamda arzonlashishi tufayli yaqin yillarda MP va shaxsiy kompyuter lar avtomatika, telemexanika va aloqa tizimlari qurilmalarida foydalaniladi. MP va shaxsiy kompyuter larni avtomatika local qurilmalari va texnologik jarayonlar hamda ob’ektlarni boshqarish tizimlarida qo’llash tajribasi MP lardan foydalanish sifat jihatdan yangi intellectual xususiyatlarga ega bo’lgan avtomatika tizimlarini yaratish va bu qurilma hamda tizimlarning nihoyatda yuqori texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlarini ta’minlash va funktsional imkoniyatlarini kengaytirishdan dalolat beradi. Hozirgi vaqtda MP dan foydalanish nafaqat maqsadga muvofiq, balki undan foydalanish zarur degan javob100% olingan bo’lar edi. Ya’ni kichik electron boshqariluvchi mashinalar, mikroprotsessor sanoat robotlarining temir yo’l avtomatikasi hamda telemexanika tizimlarida qo’llanilishi cheklanmagan imkoniyatlar yaratadi. Download 1.04 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling