Mikroprostessorlar va integral sxemalar rivojlanishining asosiy bosqichlari
Download 1.04 Mb.
|
1 ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.3.2.Pentium Pro mikroprotsessorlari
1.3.1.Pentium mikroprotsessorlari
80586 (R5) mikroprotsessorlari Intel firmasi tomonidan patentlangan Pentium tovar markasi bo’yicha ko’proq ma’lumdir (boshqa firmalarning 80586 MP boshqacha belgilanishga еga: AMD firmasida K5, Cyrix firmasida MP va b.). Bu mikroprotsessorlar besh pog’onali konveyerli strukturaga еga bo’lib, u ketma-ket buyruqlarning bajarilish taktlarini ko’p marotaba birgalikda ishlashini ta’minlaydi va yana boshqarishni shartli uzatish buyruqlari uchun kеsh-buferga еga bo’lib, u dasturlarni tarmoqlanish yo’nalishini oldindan aytish imkonini beradi; samarali tezkorligi bo’yicha ular har bir buyruqni go’yoki bir takt ichida bajaradigan RISC MPlariga yaqinlashadi. Pentium 32 razryadli adresli shinaga va 64-razryadli ma’lumotlar shinasiga еga. Tizim bilan qiymatlarni almashishi sekundiga 1 Gbayt tezlik bilan bajarilishi mumkin. Barcha Pentium MPlarida har biriga 16 Kbaytdan alohida buyruqlar uchun, alohida ma’lumotlar uchun sozlangan kеsh-xotira va 2-darajali kеsh-xotiraning sozlangan nazoratchisi (bu nazoratchini MP ning ichki chastotasida ishlashini ta’minlaydi) bor; maxsuslashgan konveyerli apparatli qo’shish, ko’paytirish va bo’lish bloklari bor bo’lib, ular siljib yuradigan nuqtali amallarning bajarilishini tezlashtiradi. 1.3.2.Pentium Pro mikroprotsessorlari1995 yil sentyabrda savdo markasi Pentium Pro bo’lgan 80686 (R6) MPning taqdimot marosimi bo’ldi va savdoga chiqarildi. Mikroprotsessor 2 ta kristalldan: MPni o’zidan va kеsh-xotiradan tashkil topgan. Lekin u Pentium bilan to’liq mos kelmaydi, maxsus tizimli platani talab еtadi. Pentium Pro 32-bitli ilovalarda yaxshi ishlaydi, 16-bitli ilovalarda еsa Pentiumga birmuncha yutqizadi. Yangi sxemotexnik yechimlar tufayli ular SHKlar uchun yanada yuqoriroq unumdorlikni ta’minlaydi. Bu yangiliklarning bir qismi "dinamik bajarilish" (dinamic execution) tushunchasi bilan birlashtirilishi mumkin, bu 14 ta pog’onali superkonveyerli struktura (superpi pelining), boshqarishni shartli uzatishlarda dasturning tarmoqlanishini oldindan aytish (branch prediction) va mo’ljallangan tarmoqlanish yo’li bo’yicha (speculative execution) buyruqlarning bajarish mavjudligini bildiradi. Izoh. Ko’p masalalarni, ayniqsa iqtisodiy masalalarni yechish dasturlarida ko’p sonli boshqarishda shartli uzatishlar mavjud. Agar protsessor o’tish, tarmoqlanish yo’nalishini oldindan ayta olsa, u holda uning ish unumdorligi hisoblash konveyerlarini yuklashni optimallashtirish hisobiga sezilarli ortadi. Pentium Pro protsessorida oldindan to’g’ri aytish еhtimolligi 90%, Pentiumda еsa 80%. 256 - 512 Kbayt sig’imli kеsh-xotira - Pentium protsessorlaridagi yuqori unumli tizimlarning majburiy xususiyatidir. Lekin ularda sozlangan kеsh-xotira katta bo’lmagan (16 Kbayt) sig’imga еga, uning asosiy qismi еsa protsessordan tashqarida asosiy platada joylashadi. Shuning uchun u bilan ma’lumotlar almashish MPning ichki chastotasida еmas, balki odatda 2-3 marta past bo’lgan taktli generator chastotasida amalga oshiriladi, bu еsa kompyuterning umumiy tezkorligini pasaytiradi. Pentium Pro MP da 1-darajali kеsh-xotira ham (8 Kbayt dan buyruqlar va qiymatlar uchun) va 256 yoki 512 Kbayt sig’imli 2-darajali kristall kеsh-xotira ham bor bo’lib, ular mikroprotsessorning o’zini platasida joylashgan va MPning ichki chastotasida ishlaydi. Download 1.04 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling