Mikroprotsesorlarning asosiy buyruqlari. Bazali buyruqlar tizimi
TARMOQLANISH OPERATSIYALARI KOMANDALARI TARKIBI
Download 287.5 Kb.
|
6-ma\'ruza
6.6. TARMOQLANISH OPERATSIYALARI KOMANDALARI TARKIBI
Tarmoqlanish komandalarinamunaviy MP ta’minlangan komandalarning to‘rtinchi guruhini tashkil etadilar. Ular 6-jadvalda keltirilgan. Ushbu holda tarmoqlanish va o‘tish atamalari sinonim (bir ma’noli) bo‘lib keladilar. Ba’zi ishlab chiquvchilar ular orasida farq mavjud deb aytadilar. Bu komandalarni boshqarishni uzatish komandalari deb ham nomlaydilar. Odatda mikro-EHM komandalarni muayyan izchillikda bajarib boradi.Namunaviymikroprotsessorning o‘n olti razryadlikomandalar hisoblagichi xotirasidan uning bajarilishiga qadar navbatdagi chaqirib olinadigan komandaadresini saylaydi. Uning ichidagi qiymatlar odatda har bir hisobda o‘sib boradi. Tarmoqlanish va o‘tish komandalari komandalar hisoblagichi ichidagi qiymatlarni, bundan kelib chiqib, dastur bajarilishining normal ketma-ketligini o‘zgartirish vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Bu komandalar ikki guruhga ajratilgan: shartsiz o‘tish va shartli o‘tish guruhlari. Birinchi komanda 6.6-jadvaldashartsiz o‘tish komandasi bo‘lib keladi. Bevosita adresatsiyalanadigan PEREYTI (O‘TISH) komandasi uch baytli bo‘lib, u MP komandalar hisoblagichida o‘ziga xos adresni o‘zgartirish uchun ishlatiladi. Tarmoqlanish yoki shartsiz o‘tish komandasini adres to‘g‘risidagi yangi axborotni komandalar hisoblagichiga yuklash usuli sifatida ko‘rib chiqish mumkin3. 6.6-jadval.Namunaviymikroprotsessorningtarmoqlanish va o‘tish komandalaritarkibi To‘rtta so‘nggi tarmoqlanish komandasi 6-jadvalda shartlio‘tish komandalaridir.Bu komandalar faqat maxsus shartlar bajarilganidagina o‘z ortidan bevosita adres yuklanishini keltirib chiqaradilar. Aks holda komandalar hisoblagichi normal tarzda inkrementlanadi. O‘tish yoki tarmoqlanish komandalari deyarli barcha MP dasturlarida mavjud. Ular qaror qabul qilish vositalari sifatida juda samarali bo‘lib, dastur sikllarini shakllantirish uchun ancha qulay. Mikroprotsessorlarayniqsa takrorlanadigan vazifalar bajarilgan hollarda juda yaxshi samara beradilar.Dasturdagi sikllar uni qisqartirishda juda samarali uslub hisoblanadilar. Assemblerdagi sikllarniqo‘llash bilan dasturni yozishda «metka» maydonidagi ramziy adreslar ishlatiladilar.Ular dasturni mashina kodiga aylantirishda fiziu adreslar bilan almashtiriladilar. Download 287.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling