Mikroprotsesorlarning asosiy buyruqlari. Bazali buyruqlar tizimi
Download 287.5 Kb.
|
6-ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- NAZORAT SAVOLLARI
6.9. ADRESATSIYALASH USULLARI
Bizning namunaviy MP adresatsiyalash usullari quyidagilardan iborat: 1) yaqqol bo‘lmagan; 2) registrli; 3) bevosita; 4) to‘g‘ridan-to‘g‘ri; 5) bilvosita registrli. Dastlabki ikkitasi (registrli va yaqqol bo‘lmagan) MPning o‘zida joylashgan operandlarga tegishli. MPdan tashqarida, ya’ni xotira yacheykalari yoki UVV portlarida joylashgan uchta so‘nggi operand (bevosita, to‘g‘ridan-to‘g‘ri va bilvosita registrli). Bu adresatsiyalash usullari MP Intel 8080/8085 uchun xos. YAqqol bo‘lmagan adresatsiyali komandalar – bular operandlar talab qilmaydigan komandalar. Masalan, STC komandasi (ko‘chirishindikatorini tiklash) boshqa registrlar yoki indikatorlarga ta’sir qilmaydi. Registrli adresatsiyalash holatida operand MP ichki registrlaridan biridan izlab topiladi.Komandalar bu har ikki tipi ham doim bir baytli bo‘ladi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri adresatsiyalash holida operand dastur xotirasiga KOP ortidagi quyidagi baytdan (ikki navbatdagi baytdan) kelib tushadi. bunday komandalar 2 yoki 3 bayt egallaydilar4. To‘g‘ridan-to‘g‘ri adresatsiyalashdakomandaning 2 va 3-baytlari operand adresiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatadilar. Ular to‘g‘ridan-to‘g‘ri adresatsiyalash usulida adres bo‘lib keladilar, bevosita adresatsiyalaganda esa xuddi shu baytlarning o‘zi operand bo‘lganlar. Bu kabi komandalar 2 yoki 3 baytni egallaydilar. Bilvosita registrli adresatsiyalangan holatda HL registrlari juftligi xotiradagi operand adresini ko‘rsatib beradi. Quyidagi misolni ko‘rib chiqaylik: LOC (N va L ) A ga MOV A, M mnemonika bilan yuklansin. Komandalarning bu tipi doim bir baytli bo‘lib keladi. Boshqa MPlar ba’zida to‘g‘ridan-to‘g‘ri adresatsiyalashning boshqacha usullari bilan ham ta’minlangan, ya’ni: nolinchi yoki asosiy sahifa; mutlaq; amaldagi sahifani yoki mos ravishda kutilayotgan sahifani adresatsiyalash. NAZORAT SAVOLLARI 1. Mashina kodi nima? 2. Assemblerning imkoniyatlari. 3. Operand nima? 4. Mnemokod nima? 5. Operator nima? 6. Komandalar rergistrining vazifasi nimadan iborat? 7. Namunaviy mikroprotsessorning arifmetik komandalar to’plamiga kiruvchi komandalarga misollar keltiring. 8. Namunaviy mikroprotsessorning mantiqiy komandalar to’plamiga kiruvchi komandalarga misollar keltiring. 9. Namunaviy mikroprotsessorning ma’lumotlar uzatish operatsiyalari komandalari to’plamiga kiruvchi komandalarga misollar keltiring. 10. Namunaviy mikroprotsessorning tarmoqlanish operatsiyalari komandalari to’plamiga kiruvchi komandalarga misollar keltiring. 1 Anil K. Maini, Digital Electronics: Principles, Devices and Applications. John Wiley & Sons Ltd, England, 2011. 123-124pp. 2Anil K. Maini, Digital Electronics: Principles, Devices and Applications. John Wiley & Sons Ltd, England, 2011. 126-127pp. 3Anil K. Maini, Digital Electronics: Principles, Devices and Applications. John Wiley & Sons Ltd, England, 2011. 129-133pp. 4S.G.Trafestas., Microprocessors in Signal Processing, Measurement and Control.,D.Raidel publishing company., Greece, 2003. 99-102pp. Download 287.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling