“Mikroprotsessor texnikasi asoslari” fanidan mustaqil ish
Download 0.7 Mb. Pdf ko'rish
|
jasur mikroprotssesor (tayyor) 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu: Mikrоprotsessorli sistеmаlаrdа qo‟llаnilаdigаn xоtirа qurilmаlаri. Gurux: 61-20
- Mavzu: Mikrоprotsessorli sistеmаlаrdа qo‟llаnilаdigаn xоtirа qurilmаlаri Reja
- Mikrоprotsessorlаr xаqidа аsоsiy tushunchаlаr. Mikroprotsessor
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA‟LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI FARG`ONA POLITEXNIKA INSTITUTI « KOMPYUTERLASHGAN LOYIHALASH TIZIMLARI» fakulteti «E va A» kafedrasi “Mikroprotsessor texnikasi asoslari” fanidan MUSTAQIL ISH Mavzu: Mikrоprotsessorli sistеmаlаrdа qo‟llаnilаdigаn xоtirа qurilmаlаri. Gurux: 61-20 Tayyorladi: Turdimatov J. Qabul qildi: Mirzayev S. A. Mavzu: Mikrоprotsessorli sistеmаlаrdа qo‟llаnilаdigаn xоtirа qurilmаlаri Reja: 1. Mikrоprotsessorlаr xаqidа аsоsiy tushunchаlаr. 2. Mikrоprotsessorli sistеmаlаrdа qo‟llаnilаdigаn xоtirа qurilmаlаri. 3. Zаmоnаviy mikrоprotsessorlаr. Mikrоprotsessorlаr xаqidа аsоsiy tushunchаlаr. Mikroprotsessor Kichkinagina hajmga ega bo‘lsa-da (5x5 sm.), aytish mumkinki, u eng asosiy «yuk»ni o‘z zimmasiga oladi. Demak, tanishing – markaziy protsessor! Xo‘sh, protsessorning o‘zi nima? Avvalo shuni aytib o‘tamizki, nafaqat kompyuterlar, balki deyarli barcha elektron qurilmalar: telefonlar, zamonaviy konditsionerlardan tortib kir yuvish mashinalarigacha protsessor qurilmasiga ega. Protsessor sanab o‘tilgan elektron qurilmalarning, xususan, kompyuterning «miyasi» hisoblanadi. Protsessor shunday qurilmaki, u kompyuterdagi dastur kodlarini «o‘qiydi», kompyuterning asosiy funksiyalarini aniqlab beradi va axborotlarni qayta ishlaydi. Protsessor elektron mikrosxema ko‘rinishida tayyorlanadi. U yaxlit bitta qismli yoki bo‘lak–bo‘lak qismlardan tashkil topgan bo‘lishi mumkin. «Protsessor» atamasi ba'zan «mikroprotsessor» deb ham ataladi. Protsessorlar tarkibiga ko‘ra tranzistorlardan iborat bo‘ladi. Bugungi kunda ishlab chiqarilayotgan protsessorlar o‘z ichiga millionlab tranzistorlarni o‘z ichiga oladi. Bu tranzistorlardan elektron mantiq qurilmalari va yuqori texnologiyali boshqa elektron qurilmalar hosil qilinadi. Shaxsiy kompyuterning ichida turli xil vazifalarni bajaradigan ko‘pgina protsessorlar mavjud. Har bir qurilma – xoh videokarta bo‘lsin, tizim shinasi bo‘lsin yoki boshqasi bo‘lsin, ularning har biri o‘zining protsessoriga ega. Protsessorlar o‘zi joylashgan qurilmaning ishlashini, unga kelayotgan va u uzatayotgan axborotlarning ketma-ketligini, kelayotgan buyruqlarni nazorat qiladi. Shuningdek barcha arifmetik va mantiqiy amallarni, ya'ni hisoblashlarni amaga oshiradi. Protsessor ishlash prinsipi shunday: u tezkor xotiradan ma'lumotlarni qabul qilib oladi, qayta ishlaydi va mazkur ma'lumotlarni yana tezkor xotiraga joylaydi. Protsessor bajarayotgan amallar aslida juda kichik ketma-ketliklardan iborat bo‘ladi. Hattoki, biz bilgan «2+2=4» ni protsessor bira to‘la hisoblamaydi. Oldin o‘zaro qo‘shilayotgan ikkita sonni «elab oladi», so‘ngra ushbu ikkita sonni qo‘shadi, keyin natijani chiqaradi. Demak, o‘rtacha to‘rtta amal bajariladi. Bu juda «mayda» ish, lekin uni protsessor juda katta – sekundiga bir necha ming, million amal tezligida bajaradi. E'tibor bergan bo‘lsangiz, kompyuterda protsessor nomi oldida MGs yoki GGsda berilgan o‘lchamlar yozilgan. Ular protsessorning ishlash tezligini anglatadi. Protsessor 1 sekundda bajaradigan amallarning soni protsessorning takt chastotasi deyiladi. Takt – bajariladigan bitta amal. Protsessorning ishlash chastotasi megagers va gegagerslarda o‘lchanadi, takt chastotasi qancha yuqori bo‘lsa, markaziy prsessor ham shuncha tez ishlaydi. 1 gers – 1 sekundda bitta amal bajarilishini bildiradi, 1 megagers – 1 sekundda 1 millionta amal, 1 gegagers esa – 1 sekundda 1 milliard amal bajarilishini anglatadi. Hozirga kelib yuqori samaradorlikda ishlay oladigan, takt chastotasi 3 gegagers (3 GGs – 1 sekundda 3 milliard amal) bo‘lgan markaziy protsessorlar mavjud. Bu – juda yaxshi ko‘rsatkich. Ammo unga erishish protsessor ancha katta energiya talab etadi va, ushbu energiya tufayli, yaxshigina «ter to‘kish»iga to‘g‘ri keladi. Ha-ha, hayron bo‘lmang, xuddi tirik jon kabi, protsessor ham ishlash jarayonida qizib ketadi. Shunday ekan, aytilgan samaradorlikka erishish uchun protsessorni doimiy ravishda sovitib turish kerak bo‘ladi. Doimiy sovitish ikki xil usulda amalda oshiriladi. Birinchisi radiatorlar yordamida bo‘lib, bu passiv usul hisoblanadi. Ikkinchisi ventilyatorlar (kuler) yordamida bo‘lib, bu aktiv usul sanaladi. Download 0.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling