Mikroprotsessorlarni va mikroehm ni programma bilan ta’minlash
Download 43.35 Kb.
|
3-Amaliyot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mikroprotsessorlarni va mikroEHM ni programma bilan ta’minlash.
- Mikroprotsessorlarni programmalash tillari.
Mavzu:Boshqarish ob’ektlari va jarayonlarini tahlil qilish, hamda MP li boshqarish sistemasining ishlash jarayoni uchun boshqarish algoritmlarini tuzish. MPli boshqarish vositasi va sistemasining boshqarish algoritmlarini amalga oshiruvchi boshqarish programmalarini tuzish. (2 soat)Mikroprotsessorlarni va mikroEHM ni programma bilan ta’minlash. Programma bilan ta’minlash (PBT) deganda – bu EHM da masalalarni yechishni, programmalarni sozlashni avtomatlashtirishga imkon beruvchi, hamda ko’rsatmalar (yo’llanma) beruvchi programmalar yig’indisi tushiniladi. (3.1-rasm). 3.1- rasm. Programmalarning turlari. Apparatli va mikroprogrammali vositalar orqali EHM MP ga ichki programma, hamda foydalanuvchiga tavsiya etiladigan tashqi (kirish) programmalar joriy qilinadi. Universal EHM da kirish tili bo’lib operatsion sistemaning (OS) direktivalar yig’indisi va programma tili xizmat qiladi. Sistemali programma bilan ta’minlashga hisoblash jarayonini tashkil etish uchun va programmalashtirishni avtomatlashtirish uchun kerak bo’lgan programmalar kiradi. Maxsus programma bilan ta’minlashga anik sohaga mo’ljallangan: masalan, MP negizida mikroprotsessorlarni va sistemalarni avtomatik ravishda loyiha etish uchun programma vositalari, ilmiy va injenerlik hisoblarini bajarish uchun programmalar, texnologik jarayonlarni boshqaruvchi algoritmlarni joriy qiluvchi yoki ilmiy tadqiqotlarni avtomatlashtirish sistemalarida eksperimentlar natijasini qayta ishlash uchun programmalar kiradi. Mikroprotsessorlarni programmalash tillari. MP larni ishlatish uchun quyidagi programmalash tillaridan foydalanish mumkin. 1. Mashina tili. 2. Assembler tili. 3. Yuqori darajadagi til. Amaliyotda yaxshi, xatosiz ishlaydigan programmani olish uchun quyidagi programmalashtrish vositalari mavjud, ya’ni 5 ta programmalashtirish vositalari bor. 1. Redaktorlovchi programmalar. 2. Translyatsiyalovchi (assembler va kompilyatorlar) programmalar. 3. Yuklovchi programmalar. 4. Modellovchi programmalar. 5. Sozlovchi programmalar. Download 43.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling