MIKROPROTSESSORLARNING TUZILISHI, ISHLASH VA FAOLIYAT KO`RSATISH IMKONIYATLARI - Reja:
- 1. Mikroprotsessorlarning tuzilishi
- 2. Mikroprotsessorlarning ishlash va
- faoliyat ko`rsatish imkoniyatlari.
1971 yilning 15-noyabrida Intel korporatsiyasi o‘zining uch nafar muhandisi tomonidan ishlab chiqilgan va tijorat maqsadlarida tarqatish uchun mo‘ljallangan dunyoda eng birinchi i4004 rusumli mikroprotsessor yaratganini e’lon qildi. Bugungi standartlarga ko‘ra juda sodda sanaladigan ushbu mikroprotsessor tarkibida atigi 2300 ta tranzistor bo‘lib, soniyada bor-yo‘g‘i 60000 ta hisoblash operatsiyalarini bajargan xolos. - 1971 yilning 15-noyabrida Intel korporatsiyasi o‘zining uch nafar muhandisi tomonidan ishlab chiqilgan va tijorat maqsadlarida tarqatish uchun mo‘ljallangan dunyoda eng birinchi i4004 rusumli mikroprotsessor yaratganini e’lon qildi. Bugungi standartlarga ko‘ra juda sodda sanaladigan ushbu mikroprotsessor tarkibida atigi 2300 ta tranzistor bo‘lib, soniyada bor-yo‘g‘i 60000 ta hisoblash operatsiyalarini bajargan xolos.
- Birinchi mikroprotsessor 200 dollar qiymatida bitta kristallda katta kompyuter protsessorining funksiyalarini amalga oshirdi. Kristallning o'lchamlari 12 mm2 (3×4 mm) edi.
- Bugungi mikroprotsessorlar o‘z ichiga 5,5 milliondan ortiq tranzistorni mujassam etadi, soniyada yuzlab million operatsiyalar bajaradi. Intel firmasining asosiy yutuqlaridan biri Pentium rusumli protsessor yaratilishi bo‘ldi. Bu ish 1989 yil iyun oyida boshlandi. Pentiumni ishlab chiqish va sinab ko‘rish ishlarida shaxsiy kompyuterlarni ishlab chiqadigan va dasturiy ta’minot tuzadigan asosiy mutaxassislar faol ishtirok etishdi. Bu esa, o‘z navbatida, loyihaning umumiy muvaffaqiyatiga sezilarli omil bo‘ldi.
- 1991 yil yakunida protsessor maketi tayyor bo‘lib, unda muhandislar dasturiy ta’minotni ishga tushirishga muvaffaq bo‘ldilar. Loyiha ishlari asosan 1992 yilning fevral oyida nihoyasiga yetkazilib, protsessorlarning tajriba uchun yaratilgan partiyasi keng qamrovli sinovdan o‘tkazila boshlandi. Pentium sanoatini o‘zlashtirish yuzasidan qaror 1992 yilning aprel oyida qabul qilinib, 1993 yil 22 mart kuni Pentium protsessorining keng qamrovli taqdimoti o‘tkazildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |