Protsesorlar bir yadroli, ikkita yadroli, to‘rt yadroli bo‘ladi. Bir yadroli protsessorlar ishlayotganida o‘zining barcha tarkibiy qismlari – ichki elementlari ishga «safarbar» qilinadi. Agar qilinishi kerak bo‘lgan ish kichikroq bo‘lsa ham, protsessor to‘lig‘icha ishlaydi. - Protsesorlar bir yadroli, ikkita yadroli, to‘rt yadroli bo‘ladi. Bir yadroli protsessorlar ishlayotganida o‘zining barcha tarkibiy qismlari – ichki elementlari ishga «safarbar» qilinadi. Agar qilinishi kerak bo‘lgan ish kichikroq bo‘lsa ham, protsessor to‘lig‘icha ishlaydi.
- Ikki yadroli protsessorlarda unday emas. Ular qilinadigan ishga qarab o‘zining bir qismini ishga safarbar qiladi. Qolgan qismi esa boshqa amalni bajarishga tayyor turadi.
- To‘rt yadroli protsessorlar ham shu yo‘sinda ishlaydi. Bitta protsessorning alohida ishlay oladigan yadrolarga bo‘linishi ishlash samaradorligi va tezlikni oshiradi.
MICROPROTSESSORLARNING TURLARI - MICROPROTSESSORLARNING TURLARI
- Bugungi kunda Intel, AMD va IBM kompaniyalari protsessorlari keng tarqalgan. Ulardan Intel yetakchi sanaladi (dunyodagi jami protsessorlarning tahminan 80 foizi).
- Intel quyidagi nomlar ostida protsessorlar ishlab chiqaradi: 8086, i286, i386, i486, Pentium, Pentium II, Pentium III, Pentium 4, Celeron (Pentium ning soddalashtirilgan varianti), Core 2 Quad, Core i7, Core i9, Xeon (serverlar uchun protsessorlar seriyasi), Itanium, Atom (qo‘shimcha o‘rnatiluvchi texnikalar uchun protsessor) va boshqalar. AMD protsessorlari x86 (80386 va 80486, K6 va K7 oilasi — Athlon, Duron, Sempron) hamda x86-64 (Athlon 64, Athlon 64 X2, Phenom, Opteron va boshqalar)dan iborat.
- IBM protsessorlari (POWER6, POWER7, Xenon, PowerPC) superkompyuterlarda, yettinchi avlod videoo‘yinlari, qo‘shimcha o‘rnatiluvchi texnikalarda qo‘llaniladi.
MIKROPROTSESSORNING TUZILISHI - MIKROPROTSESSORNING TUZILISHI
- Ma’lumki, mikroprotsessor EHM-ning markaziy qurilmasi bo‘lib, raqamli axborotlarning berilgan algoritm bo‘yicha avtomatik ishlashini ta’minlaydi.
- Mikroprotsessorning ayrim qurilmalari ishi bilan kengroq tanishamiz. Buyruqlar registri — eslab qoluvchi registr bo’lib, unda buyruq kodi: bajariladigan amal kodi (BAK) va amalda qatnashuvchi operandlar adreslari saqlanadi. Buyruqlar registri MP ning interfeysli qismida, buyruqlar registrlari blokida joylashgan.
- Amallar deshifratori — mantiqiy blok bo’lib, u buyruqlar registridan kelayotgan amalning kodiga (BAK) mos ravishda unda mavjud bo’lgan chiqishlardan bittasini tanlaydi.
- Mikrodasturlarni doimiy eslab qoluvchi qurilma (DEQQ) o’zining yacheykalarida boshqaruvchi signallarni (impulslarni) saqlaydi, ular SHK bloklarida ma’lumotlarni qayta ishlash amallari jarayonini bajarish uchun kerak.
-
Do'stlaringiz bilan baham: |