Mil. avv. III asrda – Sirdaryoning o’rta oqimida turkiy va sug’diylar ittifoqi asosida tashkil topgan Qang’ davlati davrida «Qovunchi madaniyati» vujudga keldi
Mil. avv. III asrda – aholi tashqi qiyofalarida hozirgi o’zbek va voha tojiklariga xos antropologik tipi (qiyofasi) to’liq shakllandi
VII asrdan boshlab o’lkamiz «Turkiston» nomi bilan atala boshlagan.
IX asrda – Movarounnahr mintaqasida yaxlit turkiy etnik qatlam, jonli turkiy til muhiti vujudga kela boshladi va turkiylashish jarayoni jadallashdi.
IX-XII asrlarda – o’zbek xalqi shakllandi
IV BOB. VATANIMIZ XALQLARINING CHINGIZXON ISTILOSI VA ZULMIGA QARSHI OZODLIK KURASHI
1206-yilda – Onon daryosi bo’yida chaqirilgan mo’g’ul urug’ va qabila boshliqlarining qurultoyida Temuchin (1155-1224) ulug’ xon (qoon) deb e’lon qilinadi va Mo’g’ullar davlatiga asos solinadi
1216–yilda – Chingizxon huzuriga Xorazmshoh Bahouddin Roziy boshchiligida o’z elchilarini yubordi
1218-yilning bahorida – Sulton Muhammad Chingizxon elchisini Buxoro shahrida qabul qildi
1218-yil – Chingizxon Sulton Muhammadga o’z minnatdorchiligini izhor etish va ikki buyuk qo’shni davlatlar o’rtasida shartnoma tuzish uchun Xorazmga juda katta savdo va elchilar karvonini jonatadi, O’tror hokimi Inalchiq karvonni talaydi
CHINGIZXONNING HARBIY YURISHLARI:
1219-yilning kuzida – Chingizxon Xorazmshohga qarshi yurish boshladi.
1220-yilning 16-fevralida – mo’gullar Buxoroni, martda – Samarqand shahrlarini egalladi
1221-yilning boshlariida –mo’g’ul askarlari hujum boshlab, Urganchni qamal qiladi
1221-yilning 25–noyabrida – Jaloliddin Manguberdi va Chingizxon o’rtasida Sind bo’yida jang
Do'stlaringiz bilan baham: |