Milliy arxeologiya markazi


Download 0.62 Mb.
bet8/21
Sana18.06.2023
Hajmi0.62 Mb.
#1585381
TuriReferat
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   21
Bog'liq
4 Автореферат Муҳаммадиев

Tadqiqot aprobatsiyasi. Dissertatsiya natijalari 6 ta ilmiy anjuman va seminarlarda, shu jumladan, 2 ta xalqaro konferensiya va 4 ta Respublika ilmiy-amaliy konferensiyalarida aprobatsiyadan o‘tgan.
Natijalarning e’lon qilinganligi. Dissertatsiya mavzusi bo‘yicha jami 12 ta ilmiy ish, jumladan O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan doktorlik dissertatsiyalarining asosiy natijalarini chop etish uchun tavsiya etilgan ilmiy nashrlarda 7 ta, xorijiy jurnalda 2 ta maqola nashr etilgan.
Dissertatsiyaning tuzilishi va hajmi. Dissertatsiya kirish, 3 ta bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat. Ishning hajmi 131 bet, unga 27 bet illyustrativ albom ilova qilingan.
DISSERTATSIYANING ASOSIY MAZMUNI
Kirish qismda o‘tkazilgan tadqiqotning dolzarbligi va zarurati asoslangan, tadqiqotning maqsadi, vazifalari hamda ob’ekt va predmeti tavsiflangan, respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining ustuvor yo‘nalishlariga mosligi ko‘rsatilgan hamda tadqiqotning ilmiy yangiligi, amaliy natijalari bayon qilingan, olingan natijalarning nazariy va amaliy ahamiyati ochib berilgan, tadqiqot natijalarini amaliyotga joriy qilish, nashr etilgan ishlar va dissertatsiya tuzilishi bo‘yicha ma’lumotlar keltirilgan.
Dissertatsiyaning “Paleolitshunoslikda tosh xomashyosidan foydalanish muammosining o‘rganilishi” deb nomlangan birinchi bobi ikkita paragrafdan iborat. Birinchi paragraf “Jahon paleolitshunosligida tosh xomashyodan foydalanish muammosini o‘rganilishi va metodlar tahlili” deb nomlanib, unda paleolit davrida tosh xomashyosidan foydalanish strategiyasi muammosiga bag‘ishlangan tadqiqotlarning shakllanishi hamda rivojlanish bosqichlari tahlil qilingan. Tadqiqotchilar tomonidan jahon paleolitshunosligida xomashyodan foydalanish muammosining turli mintaqalar, madaniyatlar va yodgorliklarda aniqlangan holatlari yuzasidan xulosalari jamlangan. Xomashyodan foydalanish masalasiga asosan XX-asrning o‘rtalaridan boshlab e’tibor qaratila boshlangan. Lekin muammoni tizimli ravishda o‘rganish 1970-yillardan boshlangan. Mazkur davr mobaynida tadqiqotlar asosan xomashyoni sifati, uni tabiiy fizik xususiyatlari va industriyaga ta’siri masalalarini yoritish bilan cheklangan. 1980-1990 yillardan boshlab esa G‘arbiy Yevropada xomashyo strategiyasini o‘rganishga bo‘lgan qiziqish ortib bordi. Bu borada asosan Fransiya, Yaqin Sharq va Amerika mintaqasida katta tadqiqot ishlari amalga oshirildi. Bugungi kunda xomashyodan foydalanish strategiyasini o‘rganish yuzasidan turli konsepsiyalar asosida bir qator tadqiqot metodlari ishlab chiqilgan. Ushbu tadqiqot metodlari keng doirada qo‘llanilgan va olingan natijalar samaradorligi qayd etilgan. Ushbu paragrifda turli paleolitshunoslik maktablari tomonidan qo‘llanilayotgan tadqiqot metodlari tahlili keltirib o‘tilgan.
Mazkur bobning ikkinchi paragrafi “O‘zbekiston hududida o‘rta paleolit davri tosh xomashyodan foydalanish masalasining o‘rganilish holati” deb nomlanib, unda o‘rta paleolit davriga tegishli yodgorliklarni o‘rganish tarixiga to‘xtalib o‘tilgan. Tahlilda asosiy e’tibor tadqiqotchilarning tosh xomashyosi va undan foydalanish masalalarini o‘rganishiga qaratilgan. O‘zbekiston hududida joylashgan o‘rta paleolit davri yodgorliklarida xomashyodan foydalanish masalasiga paleolitshunoslikda tizimli tadqiqot ishlari boshlangan dastlabki yillardayoq e’tibor qaratila boshlangan. Bu boradagi dastlabki ishlarga A.P. Okladnikov va D.N. Lev ishlarini misol qilish mumkin. Jumladan, 1938-39 yillarda Teshiktosh g‘or-makoni hamda 1947-1957 yillarda Omonquton yodgorligida olib borilgan izlanishlarda xomashyo masalasiga e’tibor qaratilgan. Keyingi davrlarda xomashyoning industriyaga ta’siri masalalari R.X. Suleymanov, N.X. Tashkenbaev, B.Q. Sayfullaev izlanishlarida Kuturbuloq va Zirabuloq yodgorliklari misolida yoritib berildi10. R.X. Suleymanovning xomashyodan foydalanish masalasidagi fikrlari Angillak yodgorligi texnokompleksi misolida ham keltirib o‘tilgan.
Xomashyodan foydalanish masalasi manzilgoh yodgorliklardan farqli ravishda paleolit davri ustaxonalari misolida yaxshi yoritilgan. Ularni o‘rganish jarayonini ikki bosqichga ajratish mumkin. Birinchi bosqich XX asrning 60-70 yillarini o‘z ichiga qamrab oladi. Mazkur yillar davomida turli davrlariga tegishli bo‘lgan o‘nga yaqin ustaxonalar topib o‘rganildi. Bu kabi ishlarga G.F. Korobkova, M.R. Qosimov va T.M. Mirsaatovlarning tadqiqot ishlarini misol qilish mumkin11. Ikkinchi bosqichda, mustaqillikdan keyingi yillarda O‘zbekistonda yana bir qator paleolit davri ustaxonalari qayta o‘rganildi, ularning soni yangi topilgan yodgorliklar hisobiga ko‘payib bordi12.
Ushbu paragrifda O‘zbekiston hududida o‘rta paleolit davri yodgorliklarida xomashyodan foydalanishning yutuq va kamchiliklari tahlil qilinib, xomashyodan foydalanish strategiyasini o‘rganish yuzasidan jahon paleolitshunosligida qo‘llanilayotgan tadqiqot hamda tahlil metodlaridan foydalanishning istiqbollari ko‘rsatib berilgan.

Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling