Milliy arxeologiya markazi
Tadqiqotning respublika fan va texnologiyalar rivojlanishining ustuvor yo‘nalishlariga bog‘liqligi
Download 0.62 Mb.
|
4 Автореферат Муҳаммадиев
- Bu sahifa navigatsiya:
- Muammoning o‘rganilganlik darajasi.
Tadqiqotning respublika fan va texnologiyalar rivojlanishining ustuvor yo‘nalishlariga bog‘liqligi. Mazkur tadqiqot respublika fan va texnologiyalar rivojlanishining I. “Axborotlashgan jamiyat va demokratik davlatni ijtimoiy, huquqiy, iqtisodiy innovatsion g‘oyalar tizimini shakllantirish va ularni amalga oshirish yo‘llari” nomli ustuvor yo‘nalishiga muvofiq bajarilgan.
Muammoning o‘rganilganlik darajasi. Paleolit davrida xomashyodan foydalanish strategiyasi masalasi jahon paleolitshunosligida yaxshi o‘rganilgan. Masalan birgina Fransiya paleolitshunosligida 1970-1990 yillarda xomashyodan foydalanish masalalari Akvitaniya xavzasi yodgorliklari asosida olib borildi. Tadqiqotchilar xomashyodan foydalanish masalasida ko‘plab muammolarni ko‘tarishdi va turli ilmiy xulosalarni qo‘lga kiritishdi. Bu kabi tadqiqotlar P.-I. Demars, J.-M. Jenest, A. Tyurk4 va boshqa tadqiqotchilar izlanishlarining asosini tashkil etdi. Mazkur ilmiy tadqiqot ishlari transportirovka usullari, mobillik5, geografik hududlarni o‘zlashtirish va ekologik muhitga moslashish6, texnologik jarayonlar7, ijtimoiy-madaniy aloqalar8 va boshqalar haqida yetarlicha ma’lumot olish imkonini beradi. Markaziy va Sharqiy Yevropa mintaqasida xomashyodan foydalanish, uning ijtimoiy-iqtisodiy omillari, industriyaga ta’siri masalalari V.I. Belyaeva, Ye.V. Doronicheva, A.V. Kolesnik, P.V. Moroz, V.N. Stepanchuk, V.P. Chabay va boshqa tadqiqotchilar tomonidan o‘rganilgan. O‘zbekistonda o‘rta paleolit davri tosh davrining boshqa bosqichlariga nisbatan yaxshi o‘rganilgan. Lekin, paleolit davrida tosh xomashyosidan foydalanish strategiyasi alohida ilmiy tadqiqot ishi sifatida o‘rganilmagan. Faqatgina industriyalar tahlilida xomashyoning texnika-tipologiyaga ta’siri masalalariga ko‘proq urg‘u berilgan. Bu kabi tadqiqot ishlariga A.P. Okladnikov, D.N. Lev, R.X. Suleymanov, N.X. Tashkenbaev, M. R. Qosimov, T. M. Mirsaatov, B.Q. Sayfullaev va boshqalarning ishlarini misol qilish mumkin9. Lekin xomashyo manbalari va paleolit davri manzilgohlari o‘rtasidagi bog‘liqlik masalalarini o‘rganish yuzasidan alohida petrografik tadqiqot ishlari olib borilmagan. Ko‘p hollarda manzilgohlar uchun yaqin hududlarda joylashgan ehtimoliy xomashyo manbai ko‘rsatib o‘tilgan. Shuningdek, yodgorlik yoki topilmajoylarda foydalanilgan xomashyo turi, kamdan-kam hollarda ularning statistik tahlili berilgan. Manzilgohda foydalanilgan xomashyoni transportirovka qilish usullari yoritilmagan. Xomashyoning paleolit davri iqtisodiy-ijtimoiy, madaniy va xo‘jalik turmush tarziga ta’siri masalasi borasida ham ma’lumotlar yetarli emas. Tosh xomashyosidan foydalanish masalasiga asosan paleolit davri ustaxonalarini o‘rganish jarayonida to‘xtalib o‘tilgan. Paleolit davri ustaxonalarini o‘rganish tosh buyumlarni texnik-tipologik tahlil qilish orqali madaniy-xronologik jihatdan tasniflashga qaratilgan. Lekin xomashyo qazib olish va unga ishlov berish ustaxonalari xronologik jihatdan tasniflangan bo‘lsa-da, ijtimoiy-madaniy mansublik muammolariga aniqlik kiritilmagan. Xomashyodan foydalanishda ixtisoslashuv va transportirovka masalalariga esa neolit davri doirasida qisman to‘xtalib o‘tilgan. Bu kabi ishlarga G. F. Korobkova, M. R. Qosimov va T. M. Mirsaatovning tadqiqot ishlarini misol qilish mumkin. Mavzuni yoritishda 2001-2004 yillarda R. X. Suleymanov rahbarligida amalga oshirilgan arxeologik tadqiqotlar vaqtida qo‘lga kiritilgan Angillak g‘or-makoni kolleksiyasidan foydalanilgan bo‘lib, dissertant bevosita ushbu ekspeditsiyalarda qatnashgan. Muzbel va Xatak yodgorliklari esa R. X. Suleymanov ilmiy rahbarligida dissertant tomonidan 2020-2022 yillar davomida o‘rganilgan. Download 0.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling