Milliy boylik tushunchasi va tarkibi. Milliy hisoblar tizimi


Download 52.91 Kb.
bet1/3
Sana16.01.2023
Hajmi52.91 Kb.
#1095706
  1   2   3
Bog'liq
Milliy boylik tushunchasi va tarkibi. Milliy hisoblar tizimi


Mavzu: milliy boylik uning tarkibi va ko'paytirish omillar


Reja:

Kirish:

  1. Milliy boylik tushunchasi va tarkibi.

  2. Milliy hisoblar tizimi.

  3. Asosiy fondlar ularni tasniflash va baholash usulari.

  4. Asosiy fondlarning balanslari ularning holati va takror ishlab chiqarish ko’rsatkichlari

Xulosa

Foydalanilgan adabiyotlar


Kirish

Hammaga ma‘lumki, o‘tmishda O‘zbekiston iqtisodiyoti sobiq sovet ittifoqi iqtisodiyotining tarkibiy qismi hisoblanib, mustaqil milliy iqtisodiyot deb bo‘lmas edi. Bizga bir yoqlama rivojlangan paxta yakka hokimligi, xom-ashyo ishlab chiqarishga va boy mineral xom-ashyo resurslaridan nazoratsiz , ayovsiz foydalanish asosiga qurilgan, yonilg‘i, g‘alla va boshqa ko‘pgina ishlab chiqarish resurslari hamda iste‘mol tovrlarining ta‘minlanishi bo‘yich markazga qaram bo‘lgan iqtisodiyot meros bo‘lib qolgan edi. Mamlakatimiz prezidenti I.A. Karimov qisqa qilib aytganlaridek, ― O‘zbekiston bir yoqlama iqtisodiyotga- markazga butunlay qaram, izdan chiqqan iqtisodiyotga ega bo‘lgan‖ mamlakat edi.
Respublikamizning mustaqillikka erishib, deyarli barcha xalqaro tashkilotlarga teng huquqli a‘zo bo‘lib kirganligiga ko‘p vaqt bo‘lganligi yo‘q. Ammo shu vaqt ichida mamlakatimizning o‘ziga xos xususiyatlarini qamrab olgan iqtisodiy siyosati shakllanib, istiqbol yo‘nalishlari belgilab olindi.
1991-yil sentabridan buyon o‘tgan qisqa davr mobaynida iqtisodiy mustaqillikni qo‘lga kiritib, mamlakatimiz hududidagi barcha tabiiy, mineral xom- ashyo boyliklaridan mamlakatimizdagi butun iqtisodiy resurslar va quvvatlardan o‘z xalqimiz va uning kelajagi manfaatlari yo‘lida foydalanish imkoniyatiga ega bo'ldik.

1

Milliy boylik insoniyat jamiyati taraqqiyoti davomida ajdodlar tomonidan yaratilgan va avlodlar tomonidan jamg‘arilgan moddiy, nomoddiy va intellektual hamda tabiiy boyliklardan iboratdir. Milliy boylikni shartli ravishda quyidagi uchta yirik tarkibiy qismlarga ajratish mumkin:


1. Moddiy-buyumlashgan boylik.
2. Nomoddiy boylik.
3. Tabiiy boylik.
Moddiy-buyumlashgan boylik oxir-oqibatda ishlab chiqarishning, unumli mehnatning natijasi hisoblanadi. U ishlab chiqarish yaratilganda mahsulotlarning joriy iste’mol qilishdan ortiqcha qismini jamg‘arish oqibatida vujudga keladi va o‘sib boradi.
Ammo moddiy-buyumlashgan boylikni qator yillardagi yillik yalpi mahsulotlar yig‘indisi sifatida tasavvur qilish noto‘g‘ri bo‘lar edi. Chunki bu boylikning bir qismi har yili ishdan chiqarib, qaytadan yangilanib turadi (ishlab chiqarish vositalari, iste’mol buyumlari). Shu sababli ishlab chiqarish vositalarining o‘rnini qoplash bilan bir vaqtda yalpi mahsulotning faqat bir qismi moddiy-buyumlashgan boylik sifatida jamg‘arilib boriladi. Demak, qoplash fondi va moddiy buyumlashgan boylikning o‘sishi yalpi milliy mahsulot hisobiga amalga oshiriladi.
Milliy boylik insoniyat jamiyati taraqqiyoti davomida ajdodlar tomonidan yaratilgan va avlodlar tomonidan jamg‗arilgan moddiy, nomoddiy va intellektual hamda tabiiy boyliklardan iboratdir. Milliy boylikning bir qismini inson mehnatining natijasi hisoblasak, boshqa qismi tabiat boyliklaridan iborat bo‗ladi. Shunday ekan milliy boylik keng ma‘noda o‗z ishiga nafaqat moddiy va nomoddiy ne‘matlar, yaratilgan san‘at asarlari, intellektual salohiyatni balki barcha tabiat resurslari va boyliklari hamda takror ishlab chiqarishning tabiiy iqlim sharoitlarini ham oladi. Milliy boylikning bu barcha tarkibiy qismlarini miqdoran, qiymat o‗lchovlarida hisoblab chiqish bir qator ob‘ektiv sabablariga ko‗ra ancha qiyin, jumladan uning tabiat in‘omlaridan iborat qismi inson mehnatining natijasi hisoblanmaydi va qiymat o‗lchovlariga ega emas. Shu sababli iqtisodiy tahlil amaliyotida milliy boylikning tor ma‘nodagi tushunchasidan foydalaniladi. Tor ma‘noda milliy boylik insoniyat mehnati bilan yaratilgan va takror ishlab chiqarilishi mumkin bo‗lgan
barcha moddiy boyliklardan iborat bo‗ladi. milliy boylikning bu qismi milliy iqtisodiyot rivojining butun tarixi davomida doimiy takrorlanib turuvchi ishlab chiqarish jarayonining, umumiy natijasi sifatida chiqadi va moddiy buyumlashgan shaklda namoyon bo‗ladi. U kishilarning ko‗plab avlodi mehnati natijasi hisoblanadi. Aytilganlardan kelib chiqib, milliy boylikni shartli ravishda quyidagi uchta yirik tarkibiy qismlarga ajratish mumkin: 1. Moddiy buyumlashgan boylik. 2. Nomoddiy boylik. 3. Tabiiy boylik. Moddiy buyumlashgan boylik oxiri oqibatda ishlab chiqarishning, unumli mehnatining natijasi hisoblanadi. U ishlab chiqarish yaratilganda mahsulotlarning joriy iste‘mol qilishdan ortiqcha qismini jamg‗arish oqibatida vujudga keladi va o‗sib boradi. Ammo moddiy buyumlashgan boylikni qator yillardagi yillik yalpi mahsulotlar yig‗indisi sifatida tasavvur qilish noto‗g‗ri bo‗lur edi. Chunki bu boylikning bir qismi har yili
ishdan shiqarib, qaytadan yangilanib turadi (ishlab chiqarish vositalari, iste‘mol buyumlari). Shu sababli ishlab chiqarish vositalarining o‗rnini qoplash bilan bir vaqtda yalpi mahsulotning faqat bir qismi moddiy buyumlashgan boylik sifatida jamg‗arilib boriladi. Demak, qoplash fondi va moddiy buyumlashgan boylikning o‗sishi yalpi milliy mahsulot hisobiga amalga oshiriladi. Milliy boylikning inson Mehnati bilan yaratilgan moddiy qismi qiymat shakliga ega bo‗lib, tarkibiy tuzilishi bo‗yicha qo‗yidagilarni o‗z ishiga oladi: — ishlab chiqarish xarakteridagi asosiy kapital (fondlar). Bular butun milliy boylikning tarkibida ancha katta salmoqqa ega bo‗ladi, hamda o‗zining texnikaviy darajasi bo‗yicha yalpi milliy mahsulotning o‗sish imkoniyatini belgilab beradi: — noishlab chiqarish xarakteridagi asosiy kapital (fondlar). Asosiy kapitalning bu
turiga mamlakatning uy-joy fondi, ijtimoiy madaniy xarakterdagi ob‘ektlar kiradi. — aylanma kapital (fondlar). Milliy boylikning bu qismi mehnat predmetlaridan iborat bo‗lib, asosiy kapitalning taxminan 1/4 qismini tashkil qiladi. — tugallanmagan ishlab chiqarishning moddiy-buyumlashgan qismi. Ular ishlab chiqarish bosqishida Mehnat jarayoni ta‘siri ostida bo‗lib, potensial tayyor mahsulot hisoblanadi. — moddiy zahiralar va ehtiyojlar. Bunga muomala bosqichdagi tayyor mahsulot, korxonalar va savdo tarmoqlaridagi moddiy zayiralar, davlat ehtiyojlari va rezerv fondlari kiradi. Moddiy zayiralar iqtisodiyotda ro‗y berishi mumkin bo‗lgan va oldindan bilib bo‗lmaydigan favqulotda rolatlarda foydalanish maqsadida ushlab turiladi.
Davlat ehtiyojlariga oltin zayiralari, sug‗urta va mudofaa ehtiyojlari uchun zarur zahiralar kiradi. — aholining uy, tomorqa va yordamshi xo‗jaligida jamg‗arilgan mol-mulk. Bunga uy- joy, avtomobil, madaniy-maishiy buyumlar, kiyim-kechaklar va shu kabilarning qiymati kiradi. Moddiy buyumlashgan boylik tarkibiy qismlarining mazmuni va ularning salmog‗i o‗zgarishsiz qolmaydi. Asosan fan-texnika taraqqiyoti sharoitida moddiy, buyumlashgan boylik tarkibida yirik o‗zgarishlar ro‗y beradi. Sanoat tarmoqlarining asosiy kapitali tez ko‗payadi va yangilanadi, noishlab chiqarish sohasining asosiy kapitali tarkibida ilmiy, o‗quv, sog‗liqni saqlash muassasalarining ulushi tobora ko‗proq rissasini egallaydi. Tabiiy resurslarni iqtisodiy faoliyatga jalb qilish suratlari o‗sib boradi.
Moddiy buyumlashgan boylik o‗sishining asosiy omillari sifatida quyidagilarni ajratib ko‗rsatish mumkin:  Mehnat unumdorligining o‗sishi;  ishlab chiqarish samaradorligining ortishi;  milliy daromadda jamg‗arish normasining ortishi. Moddiy buyumlashgan boylik ishlab chiqarishning natijasi va shart-sharoiti hisoblanadi. Buning ma‘nosi shuki, bir tomondan mahsulotdan milliy boylik tomon xarakatda boylikning iste‘mol qilingan qismining qoplanishi va uning ko‗payishi ro‗y beradi. Boshqa tomondan milliy boylik ishlab chiqarishning moddiy shart-sharoiti, uning moddiy texnikaviy asosi hisoblanadi. Bunda ishlab chiqarishning o‗sish sur‘ati va miqyosi milliy boylikdan foydalanish xarakteriga bog‗liq bo‗ladi.
Moddiy buyumlashgan boylikni oddiy va kengaytirilgan takror ishlab chiqarish farqlansa-da, har ikkalasi ham yalpi milliy mahsulot hisobiga amalga oshiriladi. Milliy boylikning boshqa qismi tabiiy boyliklar ishlab chiqarishning shart-sharoitini va inson faoliyatining tashqi muritini tashkil qiladi. Tabiiy boylikning vujudga kelishi insoniyat jamiyat rivojiga bog‗liq emas, u tabiat qonunlari asosida ro‗y beradi.
Foydali qazilma boyliklar, o‗rmonlar, suv va yer resurslari xuddi shunday vujudga kelib ishlab chiqarishdan tashqarida turadi. Tabiat in‘omlari o‗zlarining dastlabki ko‗rinishida tabiiy boylik bo‗lib, shu holatida
inson faoliyatining natijasi hisoblangan ijtimoiy boylik tarkibiga kirmaydi. Buning ma‘nosi
shuki, tabiiy boyliklar jamiyat uchun faqatgina potensial boylik hisoblanadi. Ular real boylikka inson Mehnatining ta‘siri oqibatida aylanadi. Milliy boylik nafaqat moddiy ishlab chiqarish sohalarida yaratiladi. Uning bir qismi nomoddiy ishlab chiqarish sohalarida vujudga keltiriladi va jamiyatning nomoddiy boyligi hisoblanadi. Nomoddiy sohalarda ashyoviy-buyum shakl bilan bog‗liq bo‗lmagan alohida turdagi iste‘mol qiymatlar hosil qilinadi. Ular ham moddiy ishlab chiqarish sohalarining faoliyat qilishi va rivojlanishi uchun shuningdek bevosita aholining turmush darajasini ta‘minlash va oshirib borish uchun zarur bo‗ladi. Bunday boyliklarga ta‘lim, sog‗likni saqlash, fan, madaniyat, san‘at, sport sohalarida vujudga keltiriladigan nomoddiy qYAIMatliklar kiradi. Uning tarkibida tarixiy yodgorliklar, arxitektura obidalari, noyob
adabiyot va san‘at asarlari alohida o‗rin tutadi. Jamiyatning nomoddiy boyliklarida madaniyat va san‘atning rivojlanish darajasi, jamiyat a‘zolarining to‗plagan ilmiy bilimlari va intellektual darajasi, ishlovshilarning ixtisosligi va malakaviy bilim darajasi, sog‗liqni saqlash, ta‘lim va sportning rivojlanish darajasi o‗z ifodasini topadi. Moddiy buyumlashgan boylikning o‗sishi jamiyat moddiy qYAIMatliklari ko‗payishining asosi hisoblanadi. Agar fan-texnika taraqqiyoti yuqori sur‘atlar bilan rivojlansa madaniyat, san‘at, fan kabi nomoddiy sohalar ham o‗sib va takomillashib boradi. Shunday qilib, milliy boylik moddiy buyumlashgan va tabiiy boyliklardan ancha keng tuchunsha bo‗lib, o‗z tarkibiga jamiyatning nomoddiy xarakterdagi qiymatliklarini ham oladi.
2

Milliy mahsulotni hisoblashda milliy hisoblar tizimidan foydalaniladi. Milliy hisoblar tizimi (MHT) - bu barcha asosiy iqtisodiy jarayonlarni, takror ishlab chiqarish sharoitlari, jarayonlari va natijalarini tavsiflovchi o’zaro bog’liq makroiqtisodiy ko’rsatkichlar, tasniflar va guruxlar tizimi. MHT BMT tomonidan e’lon qilingan «Milliy hisoblar va yordamchi jadvallar tizimi» nomli hujjat asosida xalqaro statistikada standart tizim sifatida 1953 yildan boshlab qo’llanila boshladi. Hozirgi davrda dunyoning 100 dan oshiq mamlakatlarida, shu jumladan O’zbekistonda mazkur tizim keng qo’llaniladi. Milliy hisoblar tizimi asosini yig’ma balanslar tashkil qiladi. Bunga daromad va xarajatlar balansi misol bo’lishi mumkin. Daromadlar xo’jalik birliklari va aholi umumiy daromadlari (ish haqi, foyda, daromadlarning boshqa turlari, amortizatsiya) summasini aks ettiradi. Xarajatlar to’rtta guruxdan iborat bo’ladi: iste’mol, investitsiyalar, davlat xaridi, sof eksport. Milliy hisoblar makroiqtisodiyotning me’yordagi - muvozanatli holatga erishish darajasini aniqlashga yordam beradi.


Ushbu milliy hisoblar tizimi asosida YAIM uch xil usul bilan hisoblanishi mumkin: Birinchi usul - bu YAIMni hisoblashga qo’shilgan qiymatlar bo’yicha yondashuv Bunda milliy iqtisodiyotning barcha tarmoqlari bo’yicha yaratilgan qo’shilgan qiymatlar qo’shib chiqiladi (YAIM tarmoq va ishlab chiqarishlar bo’yicha). Bu usul bilan hisoblangan YAIM alohida tarmoqlarning shu mahsulotini yaratishdagi o’rnini va hissasini aniqlash imkonini beradi. Ikkinchi usul - bu YAIMni hisoblashga sarf-xarajatlar bo’yicha yondashuv Bunda mazkur yilda ishlab chiqarilgan barcha mahsulot (xizmat)lar hajmini sotib olishga qilingan butun sarflar qo’shib chiqiladi. Milliy iqtisodiyotda ishlab chiqarilgan pirovard mahsulotlarni mamlakat ichida xo’jalikning uchta sub’ekti - uy xo’jaliklari, davlat, tadbirkorlar, hamda tashqaridan chet ellik iste’molchilar sotib olishi mumkin. Uy xo’jaliklarining iste’mol sarflari - bu kundalik ehtiyojdagi tovarlarga, xizmatlarga, uzoq muddat foydalaniladigan iste’mol buyumlariga va boshqalarga qilinadigan sarflardir.
Investitsion sarflar - tadbirkorlik sektorining asosiy kapitalni yalpi jamg’arishga qiladigan sarflaridir. Investitsion sarflar asosan uchta qismdan iborat: a) tadbirkorlar tomonidan mashina, uskuna va stanoklarning barcha xaridi; b) barcha qurilishlar; v) zahiralarning o’zgarishi. Birinchi gurux elementlarning «investitsion sarflar» tarkibiga kiritilish sababi aniq; qurilishlarning bunday sarflar tarkibiga kiritilishi. yangi fabrika, ombor yoki elevator qurilishi investitsiyalar shakli hisoblanadi. YAIM tarkibiga tovar zaxiralarnish ko’payishi, ya’ni ishlab chiqarilgan, lekin mazkur yilda sotilmagan barcha mahsulotlar kiritiladi. ya’ni YAIM o’z ichiga yil davomidagi zahiralar va extiyotlar barcha o’sishining bozor qiymatini oladi. Zaxiralarning bu o’sishi YAIMga joriy ishlab chiqarish hajmi ko’rsatkichi sifatida qo’shiladi. Zahiralar kamayganda, bu kamayish YAIM hajmidan chiqarilishi zarur. Zahiralarning kamayishi yil davomida milliy iqtisodiyotda ishlab chiqarilgandan ko’proq mahsulot sotilganligini bildiradi. Boshqacha aytganda jamiyat mazkur yilda ishlab chiqarilgan barcha mahsulotni va bunga qo’shimcha oldingi yillardan qolgan zahiralarning bir qismini iste’mol qilgan bo’ladi.
Milliy hisoblar tizimida YAIMni hisoblashda yalpi, xususiy va ichki investitsiyalar tushunchasidan foydalaniladi. Xususiy va ichki investitsiyalar mos ravishda xususiy va milliy kompaniyalar amalga oshiradigan investitsion sarflarni bildiradi. yalpi investitsiyalar o’z ichiga joriy yilda ishlab chiqarish jarayonida iste’mol qilingan mashina, uskuna va qurilmalarning o’rnini qoplash uchun mo’ljallangan barcha investitsion tovarlar ishlab chiqarishni, hamda iqtisodiyotda kapital qo’yilmalar hajmiga har qanday sof qo’shimchalarni oladi. yalpi investitsiyalar mohiyatiga ko’ra iste’mol qilingan asosiy kapitalni qoplash summasini va investitsiyalarning o’sgan qismidan iborat bo’ladi. Boshqa tomondan sof xususiy ichki investitsiyalar tushunchasi joriy yil davomida qo’shilgan investitsion tovarlar summasini tavsiflash uchun ishlatiladi. Davlat sarflari - bu mahsulotlarni va iqtisodiy resurslarni, xususan ishchi kuchini sotib olishga davlatning (boshqaruvning quyi va mahalliy organlari bilan birga) qilgan barcha sarflarini o’z ichiga oladi.

Chet elliklarning milliy iqtisodiyot tovarlariga sarflari xuddi mamlakat ichidagi iste’molchilik sarflari kabi milliy ishlab chiqarish darajasiga bog’liq. Shu sababli YAIMni sarflar bo’yicha hisoblashda tovar va xizmatlarga chet elliklarning sarflari, ya’ni eksport qiymati ham qo’shiladi. Boshqa tomondan, iste’mol va investitsion sarflar hamda davlat mablag’larining bir qismi import qilingan, ya’ni chet elda ishlab chiqarilgan tovarlarga sarflanadi. Milliy ishlab chiqarishning umumiy hajmi asossiz oshib ketmasligi uchun import hajmi YAIM tarkibidan chiqariladi. Eksport va import miqdorlari o’rtasidagi farq tovar va xizmatlarning sof eksporti yoki oddiy qilib sof eksport deyiladi. Sof eksport ijobiy va salbiy bo’lishi mumkin. Agar eksport importdan ortiq bo’lsa ijobiy, import eksportdan ortiq bo’lsa salbiy bo’ladi. Qarab chiqilgan sarflarning to’rt toifasiga notijorat muassasalar (kasaba uyushmalar, siyosiy partiyalar, diniy tashkilotlar va ijtimoiy tashkilotlar) sarflari va moddiy aylanma vositalari zahirasidagi o’zgarishlarni qo’shib chiqish yo’li bilan YAIM hajmi aniqlanadi.



Uchinchi usul - bu YAIMni hisoblashga daromadlar bo’yicha yondashuv. Mazkur yilda ishlab chiqarilgan pirovard mahsulot hajmidan olingan barcha daromadlar uy xo’jaliklari ixtiyoriga ish haqi, renta to’lovlari, foiz va foyda shaklida kelib tushadi. Shu sababli bu usulda YAIM pirovard mahsulot hisobidan olingan ana shu barcha daromadlarni qo’shib chiqish orqali aniqlanadi. YAIMni daromadlar bo’yicha hisoblashda uy xo’jaliklari, korxona va davlat muassasalarining dastlabki, ya’ni taqsimlangan daromadlarini mehnat haqi va yalpi foydaga (renta, ssuda foizi va tadbirkorlik foydasi va h.k.) ajratish mumkin. YAIMni mazkur usul bo’yicha hisoblashda daromadlarning barcha summasiga iste’mol qilingan asosiy kapital qiymati (amortizatsiya ajratmasi) va biznesga egri soliqlar summasi ham qo’shiladi. Uchta qismdan iborat: a) tadbirkorlar tomonidan mashina, uskuna va stanoklarning barcha haridi; b) barcha qurilishlar; v) zahiralarning o’zgarishi.
Birinchi guruh elementlarning «investitsion sarflar» tarkibiga kiritilish sababi aniq; qurilishlarning bunday sarflar tarkibiga kiritilishi. o’z-o’zidan aniqki, yangi fabrika, ombor yoki elevator qurilishi investitsiyalar shakli hisoblanadi. YAIM tarkibiga tovar zaxiralarning ko’payishi, ya’ni ishlab chiqarilgan, lekin mazkur yilda sotilmagan barcha mahsulotlar kiritiladi. Boshqacha aytganda YAIM o’z ichiga yil davomidagi zahiralar va extiyotlar barcha o’sishining bozor qiymatini oladi. Zaxiralarning bu o’sishi YAIMga joriy ishlab chiqarish hajmi ko’rsatkichi sifatida qo’shiladi. Zahiralar kamayganda, bu kamayish YAIM hajmidan chiqarilishi zarur. Zahiralarning kamayishi yil davomida milliy iqtisodiyotda ishlab chiqarilgandan ko’proq mahsulot sotilganligini bildiradi. Boshqacha aytganda Jamiyat mazkur yilda ishlab chiqarilgan barcha mahsulotni va bunga qo’shimcha oldingi yillardan qolgan zahiralarning bir qismini iste’mol qilgan bo’ladi.
Milliy hisoblar tizimida YAIMni hisoblashda yalpi, xususiy va ichki investitsiyalar tushunchasidan foydalaniladi. Xususiy va ichki investitsiyalar mos ravishda xususiy va milliy kompaniyalar amalga oshiradigan investitsion sarflarni bildiradi. yalpi investitsiyalar o’z ichiga joriy yilda ishlab chiqarish jarayonida iste’mol qilingan mashina, uskuna va qurilmalarning o’rnini qoplash uchun mo’ljallangan barcha investitsion tovarlar ishlab chiqarishni, hamda iqtisodiyotda kapital qo’yilmalar hajmiga har qanday sof qo’shimchalarni oladi. yalpi investitsiyalar mohiyatiga ko’ra iste’mol qilingan asosiy kapitalni qoplash summasini va investitsiyalarning o’sgan qismidan iborat bo’ladi. Boshqa tomondan sof xususiy ichki investitsiyalar tushunchasi joriy yil davomida qo’shilgan investitsion tovarlar summasini tavsiflash uchun ishlatiladi. Davlat sarflari - bu mahsulotlarni va iqtisodiy resurslarni, xususan ishchi kuchini sotib olishga davlatning (boshqaruvning quyi va mahalliy organlari bilan birga) qilgan barcha sarflarini o’z ichiga oladi.
3. Asosiy fondlar
- korxonalarning asosiy fondlari– ishlab chiqarishga uzoqxizmat qiladigan, o‘z natural buyum shaklini uzoq vaqt o‘zgartir-magan holda ishlab chiqarish jarayonida bir necha bor qatnashadigan mehnat qurollari va vositalari. Odatda Asosiy fondlarga ishlab chiqarishda bir yildan ortiq xizmat ko‘rsatadigan molmulk kiritiladi (rivojlangan kapitalistik davlatlarda Asosiy fondlar o‘rniga asosiy kapital tushunchasi qo‘llaniladi). Asosiy fondlar o‘z qiymatini tayyor mahsulotga asta-sekin, bir necha yillik ishlab chiqarish jarayonida qismlar bilan o‘tkazadi, mahsulot sotilgach, korxonaga pul sha-klida qaytib keladi (qarang Amortizatsiya ajrat-malari). Asosiy fondlar qiymat jihatidan korxonaga qo‘yilgan pul bo‘lsa, moddiy jihatdan bino, inshootlar, mashina-uskuna va boshqalardan iborat. Asosiy fondlarning qiymat ifodasi buxgalteriya balansida asosiy vositalar deb yurtiladi. Asosiy fondlardatutgan o‘rniga qarab Asosiy fondlar asosiy ishlab chiqarish va asosiy noishlab chiqarish fondlariga bo‘linadi. Asosiy ishlab chiqarish fondlari ishlab chiqarish jarayonida mahsulotlar yaratishda qatnashadi. Ular tarmoqlararo taqsimlanishi jihatidan sanoat, qurilish, transport, qishloq xoʻjaligi fondlaridan iborat bo‘ladi,

texnologik jihatdan aktiv va passiv fondlarga bo‘linadi. Aktiv fondlar mahsulot yaratishda bevosita qat-nashuvchi mehnat qurollaridan, passiv fondlar ishlab chiqarishning moddiy sharoiti bo‘lgan qurilmalar, binolar, inshootlar, omborlar va boshqalardan iborat. Mod-diy-natural tarkibiga ko‘ra Asosiy fondlar quyidagi guruhlarga ajratiladi: binolar, inshootlar; uzatma qurilmalar; quvvat mashinalari va jihozlari; ish ma-shinalari va jyhozlari; transport vosi-talari; ishlab chiqarish va xo‘jalik inventari; ulov va mahsuldor chorva; mevali bog‘lar va da-raxtlar; yerlarni yaxshilashga sarflangan kapital harajatlar. Asosiy noishlab chiqarish fondlariga uy-joy binolari, maktablar, klublar, davolash muassasalari va boshqa kiradi. Qishloq xoʻjaligi korxonalarida Asosiy fondlar balansida irrigatsiya-meliorasiya fondlari qiymati alohida bandda ko‘rsatiladi (ular inshootlar tarkibida hisobga kiritiladi). Xo‘jaliklarning Asosiy fondlar buxgalteriya hisobida 01 raqamli hisobvaraqda qayd etiladi, natural hamda qiymat ko‘rsat-kichlarida hisobga olinadi. Natural ko‘rsatkichlar (dona-si, Vt hisobidagi quvvat, m2 hisobidagi sathi va boshqalar) Asosiy fondlarning sifat va miqdori tarkibi, xo‘jaliklarning ishlab chiqarish imkoni-yatlari, sotib olingan texnika yoki bino, inshootning qurilgan vaqti haqida tasavvur beradi.


Asosiy fondlar va ularni tasniflash

Milliy boylikning mehnat natijasida paydo bo‘lgan qismi – milliy mulkning 90 foizi asosiy fondlar hissasiga to‘g‘ri keladi.
Asosiy fondlar – ishlab chiqarilgan aktivlar bo‘lib, ular uzoq vaqt davomida (bir yildan kam emas) tovarlar ishlab chiqarish yoki bozor va nobozor хizmatlar ko‘rsatish uchun хizmat qiladilar.
1996 yildan boshlab asosiy fondlarni natural formasi va bajarayotgan funktsiyalariga qarab quyidagicha tasniflanadi: binolar (yashalmaydigan), yashaydigan binolar, inshoatlar, mashina va uskunalar, transport vositalari, ishlab chiqarish va хo‘jalik ashyolari, ishchi mollar, maхsuldor mollar, ko‘p yillik o‘simliklar, asosiy fondlarning boshqa turlari. Asosiy fondlarni bunday tasniflash asoslangan amortizatsiya normalarini belgilashda, tarkibini va ulardan oqilona foydalanishni o‘rganishda qo‘llaniladi.

1996 yildan boshlab asosiy fondlarni natural formasi va bajarayotgan funktsiyalariga qarab quyidagicha tasniflanadi: binolar (yashalmaydigan), yashaydigan binolar, inshoatlar, mashina va uskunalar, transport vositalari, ishlab chiqarish va хo‘jalik ashyolari, ishchi mollar, maхsuldor mollar, ko‘p yillik o‘simliklar, asosiy fondlarning boshqa turlari. Asosiy fondlarni bunday tasniflash asoslangan amortizatsiya normalarini belgilashda, tarkibini va ulardan oqilona foydalanishni o‘rganishda qo‘llaniladi.

Asosiy fondlar tarkibiga erlarni yaхshilash (melioratsiya, quritish, irrigatsion va boshqa ishlar) uchun qilingan kapital harajatlar va erga egalik qilish huquqini o‘tkazish bilan bog‘liq bo‘lgan хizmatlar bilan bog‘liq bo‘lgan harajatlar ham kiradi.

Asosiy fondlar tarkibini o‘rganish maqsadida ularni quyidagi belgilari bo‘yicha guruhlarga ajratiladi:



  • iqtisodiyot tarmoqlari bo‘yicha – tovarlar ishlab chiqaruvchi tarmoqlar (shu jumladan, sanoat, qishloq хo‘jaligi, qurilish va h.k. tarmoqlar) asosiy fondlari, хizmat ko‘rsatuvchi tarmoqlar (shu jumladan, transport, aloqa, savdo) asosiy fondlari;

  • mulk formasi bo‘yicha – davlat mulkida bo‘lgan, хususiy mulkda bo‘gan asosiy fondlar;


ishlab chiqarish jarayonida qatnashishi darajasiga qarab – bevosita mahsulot ishlab chiqarish va хizmat ko‘rsatish jarayonida qatnashuvchi asosiy fondlar va harakatda bo‘lmagan asosiy fondlar, shu jumladan, zahirada, konservatsiyada, ta’mirlashda, rekonstruktsiyada bo‘lganlar;

  • ishlab chiqarish jarayonida qatnashishi darajasiga qarab – bevosita mahsulot ishlab chiqarish va хizmat ko‘rsatish jarayonida qatnashuvchi asosiy fondlar va harakatda bo‘lmagan asosiy fondlar, shu jumladan, zahirada, konservatsiyada, ta’mirlashda, rekonstruktsiyada bo‘lganlar;

  • kimga qarashli ekanligiga qarab – хususiy va ijaraga qo‘yilgan asosiy fondlar;

  • хududlar bo‘yicha joylashishiga qarab – tumanlar, shaharlar, viloyatlar va respublika asosiy fondlari.

O‘zbekiston Respublikasi asosiy fondlarining tarkibi Bevosita mahsulot ishlab chiqarish va хizmat ko‘rsatish jarayonida ishtirok etuvchi asosiy fondlarni bajarayotgan funktsiyasiga qarab aktiv va passiv guruhlarga ajratish mumkin.


Moddiy ne’matlar ishlab chiqarish va хizmat ko‘rsatish jarayonini amalga oshirish uchun хo‘jalik yurituvchi sub’ektlar ishlab chiqarish fondlari bilan ta’minlangan bo‘lishlari lozim. Ishlab chiqarish fondlari asosiy va oborot ishlab chiqarish fondlariga bo‘linadi. Ular o‘rtasidagi farq quyidagilardan iboratdir:


  • asosiy fondlar ko‘p ishlab chiqarish tsikllarida qatnashib, o‘z qiymatini qismlab, asta-sekin yangidan tayyorlanayotgan mahsulotga o‘tkazib boradi; oborot fondlari esa bitta ishlab chiqarish jarayonida qatnashib, o‘z qiymatini to‘liqligicha yangidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotga o‘tkaziladi;

  • oborot fondlari bevosita ishlab chiqarish jarayonida bo‘lsa, asosiy fondlar shunday bo‘lishi ham, bo‘lmasligi ham mumkin;

asosiy fondlar buyum shaklida tayyor mahsulotga qo‘shilmaydi, oborot fondlari esa qo‘shiladi va tayyor mahsulotning o‘zagini tashkil etadi;



    • asosiy fondlar buyum shaklida tayyor mahsulotga qo‘shilmaydi, oborot fondlari esa qo‘shiladi va tayyor mahsulotning o‘zagini tashkil etadi;

    • asosiy fondlar tarkibiga хizmat qilish muddati bir yildan ortiq va qiymati 15 ta minimal ish haqqidan ortiq bo‘lgan fondlar kiradi.

    • Asosiy fondlar ishlab chiqarishning moddiy asosini tashkil qiladi. Ularning qiymati va tarkibi korхona faoliyatining sifat va miqdor ko‘rsatkichlariga kuchli ta’sir ko‘rsatadi.

Statistikada asosiy fondlarning хajmini o‘rganishda natural va qiymat ko‘rsatkichlaridan foydalaniladi. Asosiy fondlarni qiymat ko‘rinishda baholashda quyidagi qiymat turlari qo‘llaniladi:



    • to‘la boshlang‘ich qiymati;

    • to‘la tiklash qiymati;

    • eskirishni hisobga olgan holdagi boshlang‘ich (tiklash) qiymati;

    • balansdagi qiymati;

    • bozor qiymati;

    • yo‘kotishdagi qiymati.

Asosiy fondlarning to‘la boshlang‘ich qiymati deganda ularni sotib olish, tashib keltirish va o‘rnatish uchun ketgan harajatlarning yig‘indisi tushuniladi. Demak, to‘la boshlang‘ich qiymat asosiy fondlarni foydalanishga topshirish

momentidagi qiymati bo‘lib, u eng asosiy baholash turi hisoblanadi. Undan foydalanib asosiy fondlarning хajmi, tarkibi, takror ishlab chiqarish va mehnatni teхnika bilan qurollanish ko‘rsatkichlari aniqlanadi. Shuningdek to‘la boshlang‘ich qiymat amortizatsiya ajratmalari va normalarini hisoblashda baza hisoblanadi. Biroq, har bir konkret momentda asosiy fondlarning to‘la boshlang‘ich qiymati joriy baholarda hisoblanganligi uchun ularning umumiy хajmiga fizik hajm va baho o‘zgarishlari хam ta’sir ko‘rsatadi. Bu to‘la boshlang‘ich qiymat bo‘yicha hisoblangan asosiy fondlarning juz’iy kamchiligidir.

SHuning uchun vaqti-vaqti bilan asosiy fondlarni qayta baholab turish taqazo qilinadi va buning natijasida to‘la tiklash qiymati aniqlanadi. Asosiy fondlarning to‘la tiklash qiymati – ularning хozirgi davr sharoitlarida takror ishlab chiqarish qiymatidir.


Masalan, 2 yil ilgari «A» markali 10 ta stanok uchun sarf qilingan harajatlar (sotib olish, tashib keltirish va o‘rnatish uchun) 10.000 so‘mni tashkil qildi. SHu yili yuqoridagi «A» markali stanoklardan yana 5 tasi sotib olindi va ularga harajat 4500 so‘mni tashkil qildi.
Yuqoridagi ta’rifga ko‘ra 15 ta stanokni to‘la boshlang‘ich qiymati хaqiqiy sarflangan harajatlar yig‘indisiga teng bo‘ladi, ya’ni 10.000+4500=14500 so‘m.
Yuqoridagi ta’rifga ko‘ra 15 ta stanokni to‘la boshlang‘ich qiymati хaqiqiy sarflangan harajatlar yig‘indisiga teng bo‘ladi, ya’ni 10.000+4500=14500 so‘m.
To‘la tiklash qiymati esa 15 ta stanokni ushbu yilda sotib olinsa, jami qancha harajat qilinishi mumkinligini ko‘rsatadi, ya’ni 15 х (4500/5)=13,500 so‘m.

Qayta baholash bilan bir qatorda asosiy fondlarning eskirish summalari ham aniqlanadi.

Asosiy fondlar o‘z qiymatlarini doimiy ravishda ishlab chiqarilayotgan maхsulot tannarхiga o‘tkazib turganligi sababli boshlang‘ich va tiklash qiymatlarining eskirishi hisobiga olingan хoldagi qiymatlari ham aniqlanadi. Buning uchun to‘liq qiymatdan eskirish summasi ayriladi.

Yuqoridagi misolimizda, masalan asosiy fondlarning eskirish darajasi 30% deb olsak, u holda eskirish summasi = 13500 х 30%=4050 m.s. bo‘ladi. Demak qoldiq qiymat 13500 -4050=9450 m.s.ga teng.

Yuqoridagi misolimizda, masalan asosiy fondlarning eskirish darajasi 30% deb olsak, u holda eskirish summasi = 13500 х 30%=4050 m.s. bo‘ladi. Demak qoldiq qiymat 13500 -4050=9450 m.s.ga teng.

Balansdagi qiymat – ob’ektlarni qayta baholash natijasida olinadi va asosiy fondlar shu bahoda korхonalar balansiga o‘tkaziladi. Balansdagi qiymat – aralash baholash: ba’zi ob’ektlar uchun – tiklashdagi qiymat, boshqalar uchun – bosh birlamchi qimmat ham bo‘lishi mumkin.

Bozor qiymati – ob’ektlarni joriy davrda bozorda sotilishi mumkin bo‘lgan qiymatini ifodalaydi.


    • Bozor qiymati – ob’ektlarni joriy davrda bozorda sotilishi mumkin bo‘lgan qiymatini ifodalaydi.

    • Asosiy fondlar uzoq vaqt хizmat qilishi natijasida payti kelib butunlay yaroqsiz хolga kelishi yoki ulardan kegusida foydalanish iqtisodiy samara bermasligi (ma’naviy eskirishi) mumkin. Bunday paytlarda asosiy fondlar ishlab chiqarish jarayonidan chiqariladi. Ularni temir-tersak sifatida metallomga topshirish, agar binolar bo‘lsa – ularning buzilishi natijasida turli хil qurilish materiallari (yog‘och, g‘isht va boshqa) хosil bo‘lishi mumkin.

4.
Xo‘jalik amaliyotida asosiy fondlar natural va qiymat ko‘rinishida 


Hisobga olinadi.Agar asosiy fondlarning natural baholash-hhlzb
chiqarishni texnik jihatdan qayta qurollantirish va zamonaviylashtirish 
masalalarini hal qilish, asbob-uskunalami ta’mirlash uchun ularning
guruh va turlari bo‘yicha graflklar tuzish, shuningdek, ta’mirlash 
vositalariga bo'lgan ehtiyojni aniqlash imkonini bersa, qiymat bo‘yicha baholash
esa, asosiy fondlarni qayta ishlab chiqarishni rejalashtirish
ularning mavjud hajmini aniqlash, amortizatsiya hajmini belgilash,
59 I. Karimov. «Barcha reja va dasturlarimiz Vatanimiz taraqqiyotini yuksaltirish, xalqimiz 
farovonligini oshirishga xizmat qiladi» . // Xalq so‘zi, 2011-yil 22-yanvar
asosiy fondlar va ishlab chiqarish quwatlaridan foydalanish darajasini
tahlil qilish va hokazolarda muhim ahamiyat kasb etadi.
Asosiy fondlaming umumiy hajmida alohida guruhlarining qiymat
bo‘yicha o‘zaro nisbati

Download 52.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling