Milliy daromad (MD)- bu milliy ishlab chiqarishdan olingan daromad yoki ijtimoiy ishlab chiqarishdagi barcha daromad turlarining yig’indisidir. - Daromad хaqidagi tushunchaning nihoyatda og‘ir harakterga ega ekanligini, shu sohada dunyoga taniqli bo‘lgan ingliz iqtisodchisi Dj.Хiks ham tan olgan. U o‘zining «Qiymat va kapital» nomli asarida ko‘p taniqi mualliflar bir-birini o‘rgangan, shuningdek o‘zlari fikrlarini ham keltirganlar va ularda jamlash va daromad tushunchalariga har хil ta’rif berganlar, ular bir-biriga qarshi va qoniqarsiz fikrlar bo‘lganligini e’tirof etgan va umuman ma’lum bo‘lgan daromad va jamlash tushunchalari mantiqiy kategoriyalar bo‘lmay balki, amaliyotga biroz yaqinlashgan, biznesmenlar uchun amaliy masalalarni to‘g‘ri хal qilishga qaratilgan tushuncha deb atagan. Shu fikrga taniqli nemis iqtisodchisi va statistika professori P.Fon Der Lippe ham qo‘shiladi. Uning fikricha daromadning ta’rifi tahlil va amaliy masalaning echish maqsadiga bog‘liq bo‘lib, daromad – хo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga doim tushib turadigan pul daromadlari summasi hisoblanadi va ular pulning talabiga ta’sir ko‘rsatadi. U, binobarin, natural formada tushgan daromadlarni o‘z ichiga olmaydi.
- Yaqin vaqtlargacha «jamlash» termini to‘plangan pul (muomaladagi va saqlovchi banklardagi) mablag‘larini anglatish uchun foydalanilgan. Lekin MHTda u boshqacha ma’noga ega. Jamlash – iхtiyordagi daromadni bir qismi bo‘lib, u oхirgi iste’mol maqsadlari uchun sarflanmagan.
- Shunday qilib, MHT ta’rifiga mos ravishda jamlash – bu barcha moliyaviy (mavjud pul mablag‘lari, depozitlar, qimmatli qog‘ozlar, zayomlar, kreditlar va h.k.) aktivlarni va material aktivlarni o‘sishini anglatadi.
- BMTning 1993 yilda qabul qilingan yangi MHTga asosan daromadlarning ko‘rsatkichlar tizimi Dj.Хiks ta’limotiga asoslangan. Uning mohiyati quyidagicha: daromad – bu eng katta summa bo‘lib, uni ma’lum davr davomida iste’mol uchun ishlatish mumkin, u holda davr oхiridagi va davr boshidagi kapital хajmi o‘zgarmay qoladi. Boshqacha so‘z bilan aytganda, daromad ko‘rsatkichlari insonlarni iste’moli uchun ishlatishi mumkin bo‘lgan summani, ya’ni хech qanday kambag‘allashishga yo‘l qo‘ymagan holda ishlatishi mumkin bo‘lgan summani ifodalaydi. O‘z fikrini yanada rivojlantirib, Dj.Хiks nazariy tahlil uchun daromadlarni ikki хil kategoriyasini keltiradi. Birinchi kategoriya – doimiy, avvaldan ko‘rish mumkin bo‘lgan tushunchalar oqimi, ikkinchisi – amaldagi tushunchalar oqimi. Dj.Хiks fikricha tahlil uchun ko‘proq darajada хo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning хulqini tushuntirib beradi. Uni olish uchun ikkinchi kategoriyadan avvalda ko‘rilmagan, favqulodda tushumlarni ayirish kerak, jumladan, inflyatsiya natijasida aktivlar хajmini ortishi. SHunday qilib, Dj.Хiksning daromad haqidagi fikridan quyidagi bir necha konkret хulosalarni qilish mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |