XUROSON POYTAXTI (HIROT)NI OLISH
BOBIDA QILGAN KENGASHIM
Amir Husayn o‘ldirilib, (unga qarashli) Balx, hisori Shodmon
99
va Badaxshon viloyatlari mening tasarrufimga
o‘tgani haqidagi xabar Xuroson hokimi Malik g‘iyosiddinga
100
yetganida, uni qo‘rqinch bosdi, (urush qilish uchun)
lashkaru sipoh to‘plab, mudofaaga aylandi.
Kengashib, xurosonliklar hushyorligini so‘ndirib, g‘aflat uyqusiga cho‘mdirish uchun, men harbiy hiyla ishlatish
fikriga tushdim. Shu maqsadda Samarqandga yurish qilmoqchiday bo‘lib orqaga qaytdim. Shu asnoda Malik
g‘iyosiddinning (mendan ko‘ngli tinchib), jabr-zulm qilmoqqa qo‘l urganligi haqida pirimdan
101
xat oldim. Mening
Samarqand tarafga qaytganim haqida-gi xabarni eshitib g‘iyosiddin xotirjam o‘tirgan edi. Shunda men o‘z-o‘zimga
kengashib: «Ana endi xuroson-liklarning ko‘ngli mendan xotirjam bo‘ldi, ularning ustiga bostirib borishning ayni
payti»,–dedim va Balx chekkasidan qaytib, Balxda qoldirgan askarla-rim bilan hirotga qarab yurdim, Malik
G‘iyosiddinni g‘aflat uyqusida bosdim va u nochor shahardan chikdi, xazina va tamom boyligini menga peshkash
102
kildi. Shunday qilib, Xuroson mulki mening qo‘limga o‘tdi
103
. Xurosonning barcha amirlari menga bo‘ysundilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |