98
Amir Husaynni Xuttalon hokimi amir Kayxusrav xun talabi bilan o‘ldirgan, chunki amir Husayn 1360 yili uning inisi Kayqubodni qatl
etdirgan edi.
99
Hisori Shodmon–Hisor viloyati (qadimgi Chag‘oniyon)ning bosh shahri; mustahkam qal’asi bo‘lgan, qadimgi nomi Shumon. Xarobalari
Dushanba shahrining g‘arbiy tarafida hozir ham mavjud.
100
Malik G‘iyosiddin–1245–1389 yillari G‘ur (hozirgi markaziy Afg‘oniston) va hirot viloyatlarini tasarruf etgan kurtlar sulolasi vakili.
haqiqiy ismi –Malik G‘iyosiddin II Pir Ali. 1370–1381 yillarda hukmronlik qilgan.
101
Bu yerda Zayniddin Abubakr Tayobodiy nazarda tutilgan.
102
Peshkash–hadya, tortiq.
103
Amir Temur tomonidan Xurosonning uzil-kesil bo‘ysundirilishi 1381–1383 yillari amalga oshgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |