Milliy davlatchiligimiz tarixining mumtoz namunasi
Download 0.82 Mb. Pdf ko'rish
|
Temur tuzuklar
GILON
109 , JURJON, MOZANDARON, OZARBAYJON, SHIRVON 110 , FORS VA IROQ MAMLAKATLARINI ZABT ETISH BOBIDA QILGAN KENGASHIM
Iroq aholisining Muzaffariylar 111 va turli toifadagi hukmdorlar 112 zulmidan shikoyat qilib yozgan arizalari qo‘limga tushgach, Iroqqa yurish tadorigini ko‘rishga jazm qildim 113
. 104
Bu yerda Afg‘oniston atamasining mavjudligi mantiqqa zid, chunki bu nom bilan ataluvchi davlat Sohibqironning davrida hali xaritada yo‘q edi. Bu atama 1756 yili Ahmadshoh Durroniy mustaqil Afg‘oniston davlatini e’lon qilganidan keyin muomalaga kirgan. Biroq, ma’lumki, «Tuzuklar» Hindistonda, Boburiylar davrida bir yo ikki marta «tahrirlangan», ya’ni matnga noo‘rin o‘zgartishlar kiritilgan. Bizga ma’lumki, shunday «tahrirlar»dan biri imperator Shoh Jahon I (1628–1657) davrida bajarilgan. Lekin u davrda ham hali Afg‘oniston davlati bo‘lmaganligi uchun u «tahrirda» bu atama matnga kiritilgan bo‘lishi mumkin emas. Demak, hozircha bizga noma’lum bo‘lib qolayotgan ikkinchi «tahrir» Afg‘oniston davlati tashkil topgan 1756 yildan keyin bajarilgan va bu bilan asarga tuzatish kiritish o‘rniga chalkashlikka yo‘l qo‘yilgan. «Muqarrir»lar tomonidan asarga kiritilgan bu va boshqa chalkashliklar hozirgi ba’zi tadqiqotchilarda unga nisbatan shubha uyg‘onishiga sabab bo‘ldi. ( – АА.) 105
Bu voqea 1383 yili ro‘y bergan. 106
O‘rusxon–Jo‘chi avlodi, Oq O‘rda xoni (1361–1376). Uning Oq O‘rda va Ko‘k O‘rda davlatlarini bitta Oltin O‘rdaga birlashtirish uchun va o‘z raqibi, Amir Temur tomonidan qo‘llab-quvvatlangan To‘xtamishxon bilan kurashlari muvaffaqiyatli bo‘lmadi. 107 To‘xtamishxon–Jo‘chi avlodi, Oltin o‘rda xoni (1376–1395). 1378 yili Amir Temurning yordami bilan Jo‘chi ulusining har ikkala qismini, Oq O‘rda bilan Oltin O‘rdani bir-biriga qo‘shib, 1395 yilga qadar Dashti qipchoqad Jo‘chi ulusi ustidan hukmronlik qiladi. 1405 yildan keyin Sibir o‘rmonlarida kasallikdan vafot etgan. 108 Bu voqea 1376 yilda bo‘lgan. 109 Gilon (Jilon)–Kaspiy dengizining janubi-g‘arbidagi viloyat; ipak matolari bilan mashhur bo‘lgan. 110 Shirvon–Ozarbayjondagi tarixiy viloyat. Kura daryosining quyi havzasida. Uni Anushirvon bunyod qilgan degan rivoyatga bois shu nom bilan atalgan. 111
Muzaffariylar–1314–1393 yillarda Janubiy Eronni idora qilgan sulola. 112
..hukmdorlar–bu yerda mo‘g‘ullardan keyin hukumat tepasiga kelgan Sarbadorlar, Cho‘poniylar, Jaloiriylar davlatlari ko‘zda tutilgan.
Shu payt xotiramga: «Bu mamlakatlarning podshohlari ittifoq bo‘lib, menga qarshi urushga ko‘tarilsalarchi? Demak, jangga shay bo‘lish lozim!» – degan fikr keldi. Amirlarim ham jangdan avval tegishli tayyorgarlikni ko‘rish kerak, deb maslahat berdilar. O‘zim esa bularni birma-bir rom etgan holda bo‘ysundirish, itoatga kelmaganlarini esa jazolash darkor, degan fikrda edim. Mening panohimga kelgan birinchi odam Mozandaron hokimi amir Ali bo‘ldi. U menga peshkash jo‘natib, maktubida: «Biz hazrati Ali avlodidan bo‘lgan bir jamoamiz. Shu yerda qanoat qilib kun kechirayotibmiz. Bu yerni olsangiz, quvvatu kuchingiz ortar, ammo kechib yuborishingiz taqvoga yaqinroq ishdir 114
»,–degan gaplar bitilgan edi. Men Mozandaron hokimining itoat bildirib kdlgan bu murojaatini yaxshilikka yo‘ydim. Keyin Gilon va Jurjonga qarab yo‘l oldim. U o‘lkaning hokimlari menga bo‘ysunmagach, qaxrli lashkarim favjlarini ularning ustiga jo‘natdim, o‘zim esa Iroq sari lashkar tortdim. Isfahonni zabt etdim. Shahar aholisiga ishonch bildirib, qal’asini o‘zlarining qo‘liga topshirdim. Ular esa isyon ko‘tarib, men tayinlagan darug‘ani 115 hamda uch ming askarimni tig‘dan o‘tkazdilar. Men Isfahon aholisini qatli om qilish haqida buyruq berdim 116
.
Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling