FORS POYTAXTI (SHEROZ)NI VA IROQNING
QOLGAN QISMINI ZABT ETISH
BOBIDAGI KENGASHIM
Sherozni Muzaffariylarga qoldirib, Isfahonda esa uch ming odamimni tayinlab, o‘zim To‘xtamishxonni daf etish uchun
Dashti K.ipchoqqa lashkar tortib borganimda, Isfahon aholisi darug‘ani o‘ldirdi. Shu vaqtning o‘zida Sheroz aholisi ham
menga bo‘ysunmay qo‘ygan edi. Shu sababdan, ularni jazolash maqsadida yana Iroqqa yurish qilishga tayyorlana
boshladim. Sakson ming otliq askar to‘pladim. Lekin bu katta lashkar bilan bir yo‘la Iroq o‘lkasiga kirsam, u yerga sig‘may
qolishi mumkinligini e’tiborga olib, lashkarimni favjlarga bo‘lib, ularni Iroq mamlakatini zabt qilishga birin-ketin yuborish
kerak, degan qarorga keldim.
Shundan so‘ng, lashkarimni uch favjga bo‘ldim va o‘zimdan oldinda borishni buyurdim. Iroqning har yer-har
yerida to‘plangan g‘anim askarlarining hammasi tarqalib ketdi. So‘ng Sheroz ustiga lashkar tortdim. Shoh Mansur
117
jang maydonida men bilan to‘qnashib, jazosini topdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |